44-Buyuk Ipak yo'li (25)
Testlar
1. Buyuk Ipak yo’li qachon vujudga kelganligini aniqlang?
A) milodiy I
asrda
B) mil.avv.II asrda
C) mil.avv.I asrda.
D) mil.avv.III asrda
2. Buyuk Ipak yo’li dastlab qanday nomlangan edi?
A) «Shoh yo’li»
B) «Oltin yo’l»
C) «Buyuk meridianal yo’l»
D) «La’l yo’li»
3. «Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomi qachon berilgan edi?
A) 1887-yil
B) 1870-yil
C) 1822-yil
D) 1877-yil
4. «Buyuk meridianal yo’l»ga «Ipak yo’li» nomini kim berganligini aniqlang?
A) A.Okladnikov
B) F.SHompalyon
C) F.Rixtgofen
D) G.SHlimann
5. O’rta Osiyoda «La’l yo’li» qachon vujudga kelgan edi?
A) mil.avv.II asrda
B) mil.avv.1 mingyillikda
C) mil.avv.V asrda
D) mil.avv.3-2 mingyillikda
6. «La’l yo’li» qayerdan o’tganligini aniqlang?
A) Xitoydan boshlanib Eron,
Old Osiyo, O’rtayer dengizi davlatlaridan o’tgan
B) Ahamoniylar dalatidan O’rta Osiyoga o’tgan
C) Pomir tog’laridan boshlab Eron, Old Osiyo, Misr orqali o’tgan
D) Qadimgi SHarq va Yevropadan o’tgan
7. Qadimda yarim nodir la’l toshi(lojuvard) qaysi tog’dan olinar edi?
A) Oloy
B) Tyan-SHan
C) Pomir
D) Himolay
8. Mil.avv.VI-IV asrlarda Kichik Osiyo shaharlarini, O’rtayer dengizi bo’yidagi Efes, Sard
shaharlarini Eron poytaxti - Suza shahri bilan bog’lagan yo’lni aniqlang?
A) «La’l yo’li»
B) «Oltin yo’l»
C) «Shoh yo’li»
D) «Buyuk meridianal yo’l»
9. Buyuk Ipak yo’lining uzunligini aniqlang?
A) 22
ming km
B) 2 ming km
C) 12 ming km
D) 10 ming km
10. Buyuk Ipak yo’li qaysi hududlarni bog’lab turgan yo’l bo’lgan?
A) Sariq dengizdan boshlanib O’rta Osiyo, Eronga borgan
B) Sariq dengizdan boshlanib SHarqiy Turkistonga borgan
C) hamma javoblar to’g’ri
D) Sariq dengizdan boshlanib Misr orqali O’rtayer dengizi
sohillarigacha borgan
11. Buyuk Ipak yo’li orqali So’g’diyonadan Xitoyga qanday mahsulotlar olib borilar edi?
A) jun gazlama, gilam, zeb-ziynat va qimmatbaho toshlar
B) ip-gazlama va paxta chigiti
C) zeb-ziynat va qimmatbaho toshlar, otlar
D) jun gazlam, gilam,
tuyalar
12. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga tuyalar qayerdan olib borilganini aniqlang?
A) Baqtriyadan
B) So’g’diyonadan
C) Badaxshondan
D) Farg’onadan
13. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga Farg’onadan qanday mahsulot olib borilar edi?
A) guruch
B) ip-gazlama
C) zotli otlar
D) zeb-ziynat buyumlari
14. Buyuk Ipak yo’li orqali Xitoyga la’l qayerdan olib borilganini aniqlang?
A) So’g’diyonadan
B) Badaxshondan
C)
Hindistondan
D) Farg’onadan
15. Buyuk Ipak yo’li orqali O’rta Osiyoga ip-gazlama va paxta chigiti qayerdan olib kelingan?
A) O’rtayer dengiz bo’yi shaxarlaridan
B) Hindistondan
C) Misrdan
D) Xitoydan
16. Buyuk Ipak yo’li orqali O’rta Osiyoga Xitoydan qanday mahsulot keltirilganini aniqlang?
A) ip-gazalamalar
B) guruch
C) gilam
D) jun gazlamalar
17. Buyuk Ipak yo’li
orqali Xitoyga uzum, yong’oq, anor va boshqa mahsulotlar qayerdan olib
kelinar edi?
A) O’rta Osiyodan
B) hamma javoblar to’g’ri
C) Hindistondan
D) Badaxshondan
18. Xitoy imperatori U-Di qachon elchi Chjan Syanni ittifoqchi topish uchun jo’natgan edi?
A) mil.avv.138-yil
B) mil.avv.78-yil
C) mil.avv.118-yil
D) mil.avv.128-yil
19. Xitoy elchisi Chjan Syan xunnlar qo’liga asir tushib necha yil hibsda yotgan edi?
A) besh yil
B) o’n besh yil
C) ikki yil
D) o’n yil
20. Xitoy elchisi Chjan Syan qayerda xunn qabilalariga asir tushgan edi?
A) Oloy vodiysida
B) Norin daryosi bo’yida
C) Xitoyda
D) Issiqko’lda
21. Xitoyliklar qayerning otlarini «samoviy» deb nomlaganlar?
A) Xorazm otlarini
B)
Misr otlarini
C) Farg’ona otlarini
D) Hindsiton otlarini
22. Buyuk Ipak yo’liga kimning bosib o’tgan yo’li asos bo’lgan edi?
A) Chjan Syan
B) Makedoniyalki Aleksandr
C) U-Di
D) Che Lin
23. Buyuk Ipak yo’li qaysi hududda ikki tarmoqqa bo’lingan?
A) Eronda
B) Badaxshonda
C) Xitoyda
D) Farg’onada
24. Buyuk Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’lingan joydan yozda Toshkentga kelgan yo’nalishni
aniqlang?
A) hamma javoblar to’g’ri
B) Qamchiq dovoni orqali Iloq vohasiga kelgan
C) O’zgandan
Axsi shahriga kelgan
D) Iloq vohasidan Toshkentga kelgan
25. Buyuk Ipak yo’li ikki tarmoqqa bo’lingan joydan janubiy yo’nalish qayerlardan o’tganligini
aniqlang?
A) O’zgandan Marg’ilonga kelgan
B) Qo’qon orqali Xo’jand, Samarqand, Buxoroga kelgan
C) hamma javoblar to’g’ri
D) O’zgandan O’sh, Quvaga kelgan
Dostları ilə paylaş: