29-30-Qadimgi Yunoniston madaniyati (32)
Savollar va javobi
1. Yunon maktablarida bolalar ikki yillik harbiy ta’limning birinchi yilida nimani o’rganishgan?
safda yurish,
qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo’lishni
2. Yunon maktablarida o’g’il bolalar harbiy ta’limning ikkinchi yilida nima o’rganishgan?
Attikaning chegara qal’alarida harbiy xizmatni o’tagan va Pirey portida dengizchilik san’ati
o’rganishgan
3. Olimpiya o’yinlari qachon ilk bora o’tkazilgan?
mil.avv.776-yilda
4. Yunonistonda Olimpiya o’yinlari qaysi xudo sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan?
Zevs
5. Afsonalarga ko’ra Olimpiada o’yinlarining asoschisi kim bo’lganligini aniqlang.
Gerakl
6. Yunonistonda Olimpia o’yinlarida kimlar ishtirok etishga haqli bo’lgan?
jinoyat sodir etmagan ozod yunonlar
7. Yunonistonda sportchilar Olimp tog’ida o’z haykalini o’rnatish
uchun nima qilishi kerak
bo’lgan?
musobaqalarda 3 karra g’alaba qozongan sportchi bo’lishi kerak
8. Yunonistonda alohida yugurish bo’yicha musobaqalar kimlar uchun o’tkazilar edi?
ayollar
uchun
9. Qachondan boshlab Olimpia o’yinlari o’tkazilmasdan qolgan?
394-yildan
10. Zamonaviy Olimpia o’yinlari qachon qayta tiklangan edi?
1896-yil
11. Yunonlar qachon Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan?
mil.avv.1200-yil
12. Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelenani kim Troyaga o’g’irlab ketgan edi?
Troya podshosining o’g’li Paris
13. Yunonlar Troyani necha yil natijasiz qamal qilganlar?
9 yil
14. Troya urushining oxirgi o’ninchi yili haqida hikoya qiluvchi dostonni aniqlang.
«Iliada» dostoni
15. Kimning maslahati bilan yunonlar Troya urushida «Troya oti»ni yordamida g’alaba qozongan
edilar?
Odissey
16. «Iliada» dostonining bosh qahramoni kim bo’lganligini aniqlang.
Axilles
17. «Iliada» va «Odissey» poemalarining muallifini aniqlang.
Gomer
18. Yunonistonda qaysi yozuvchi so’qir bo’lib yurtma-yurt kezib cholg’u asbobi jo’rligida o’z
she’rlarini kuylab yurardi?
Gomer
19. Qaysi olim XIX asrning oxirida Gomer hikoyalarini tadqiq qilib
Troya joylashgan yerni
aniqlagan?
G.Shlimann
20. Troya xarobalarini Genrix Shlimann qachon va qayerdan topgan edi?
1870-yil Turkiyada Hisorlik tepaligidan
21. Yunonistonda teatr qachon dunyoga vujudga kelgan edi?
bundan ikki yarim
ming yil muqaddam
22. «Teatr» so’zi yunonchadan tarjima qilinganda qanday ma’noni bildiradi?
«tomoshalar uchun joy»
23. Yunoniston teatrlarida qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan pyesalar nima deb
atalgan?
tragediya
24. «Shoh Edip», «Antigona» singari mashhur tragediyalarni muallifini aniqlang.
Sofokl
25. Qadimgi Yunonistonda kim komediyalar ustasi bo’lgan?
Aristofan
26. Aristofan yozmagan asarlarni aniqlang.
«Antigona»
27. Qadimgi Yunonistonda qachondan boshlab ibodatxonalar va boshqa jamoat
binolari toshdan
qurilib boshlangan?
mil.avv.VII asrda
28. Tarixchilar qaysi davlat haqida «tirik odamlarga qaraganda jonsiz haykallar ko’proq» deb
yozishgan edilar?
Afina
29. Afinada qaysi haykaltarosh Parfenon barpo etilishi va Akropol qayta qurilishiga boshchilik
qilgan?
Fidiy
30. Yer yuzidagi yetti mo’jizaning biri hisoblangan Olimpiyalik Zevs haykalini qaysi haykaltarosh
yasagan edi?
Fidiy
31. Qaysi haykaltarosh Minos degan podsho uchun mashhur Labirint saroyini barpo etgan edi?
Dedal
32. Afinadagi qaysi bino yorug’lik tushishiga qarab o’z rangini oltin
rangidan havorang yoki
kulranggacha o’zgartirib, tuslanib turgan?
Parfenon ibodatxonasi
Dostları ilə paylaş: