1760-yili Motsart o‘zining birinchi konsertini yozgan.
1768-yili Motsartning yozgan opera premyerasi Milan teatrida qo‘yilgan.
1768-yili Usmoniylar sultoni Mustafo III Rossiyaga qarshi urush boshlagan.
1770-1827-yillari Lyudig van Betxoven yashab o‘tgan.
1770-yili Motsart Italiyadagi eng obro‘li musiqa akademiyasining akademigi bo‘lgan.
1774-yil sentabrda Filadelfiyada Birinchi Qit’a Kongressi yig‘ilgan.
1774-yiliRossiya–Turkiya o‘rtasida Kuchukqaynarji shartnomasi tuzilgan.
1775-yil mayda boshlangan Ikkinchi Qit’a Kongressi mustaqillik uchun urush boshlashga qaror qilgan.
1776-yil 4-iyulda AQSHda Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan.
1776-yil mayda Buyuk Britaniyadan ajralib chiqishga da’vat etuvchi qaror qabul qilingan.
1781-1791-yillariMotsart Venada yashagan.
1782-yili Buyuk Britaniya hukumati AQSH bilan Parijda tinchlik muzokaralari o‘tkazishga qaror qilgan.
1782-yili ingliz qo‘shinlarining asosiy qismi taslim bo‘lgan.
1783-yili Britaniya va uning Amerikadagi sobiq mustamlakalari o‘rtasida Parij sulhi imzolangan.
1783-yili Buyuk Britaniya AQSH mustaqilligini tan olgan.
1785-yili Koreyada «Qonunlarning buyuk to‘plami» tuzilgan.
1787-yil 17-sentabrdaAQSH Konstitutsiyasi qabul qilingan.
1787-yilning mayda Filadelfiyada Federal Konvent ish boshlagan.
1789-yil 5-mayda Fransiya qiroli Lyudovik XVI General shtatlar majlisini ochgan.
1789-yili 14-iyulda o‘zgarishlardan norozi bo‘lgan olomon Bastiliya qal’asiga bostirib kir.
1789-yili Jorj Vashington AQSHning birinchi prezidenti etib saylangan.
1791-yil sentabrdaFransiyada yirik burjuaziyaning hokimiyati o‘rnatildi va inqilobning birinchi bosqichi yakunlangan.
1791-yil sentabrda Тa’sis majlisi Fransiya tarixida ilk konstitutsiyani qabul qilgan.
1791-yili Fransiyada yangi Qonun chiqaruvchi majlis o‘z ishini boshlagan.