46. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan lavozimlarni vazifasi bilan moslashtiring.
1. Uning martabasi shu darajada yuqori bo‘lganki, hatto bo’lajak hukmdor ham uning roziligisiz taxtga o‘tira olmagan.
2. U mamlakatda shariat talablarining aniq bajarilishi ustidan nazorat olib borgan.
3. Masjidlarga borib namoz o‘quvchilar ro‘yxatini tekshirgan.
4. Taqiqlangan ichimliklar iste’mol qilinishiga hamda sudxo‘rlikka qarshi choralar ko‘rgan
5. Bu lavozim mavqeyiga ko‘ra shayxulislomdan keyingi ikkinchi lavozim edi.
A) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Qozikalon
B) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muftiy, 5-Qozikalon
C) 1,2-Shayxulislom, 3,4-Muhtasib, 5-Qozikalon
D) 1,2,3-Shayxulislom, 4-Muhtasib, 5-Muftiy
47. Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o‘lchash uchun qo'llaniladigan yuza birligi. 1 tanob yer maydoni necha sotix? 1 gektar yer esa mecha tanobni tashkil etgan?
A) 1 tanob-6,66 sotix, 1 gektar-18 tanob
B) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-12 tanob
C) 1 tanob-8,33 sotix, 1 gektar-14 tanob
D) 1 tanob-10 sotix, 1 gektar-10 tanob
Dostları ilə paylaş: |