46. Dishan qal`a qachon devor bilan o`rab olingan?
A) 1840-yil B) 1842-yil C) 1843-yil D) 1844-yil
47. Dishan qal`ada nechta darvoza bo`lgan?
A) 8 ta B) 10 ta C) 12 ta D) 14 ta
48. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to’g’rilarini aniqlang.
1. Xorazmshoh ma’muniylar tashkil etgan ilm-fan markazi (Ma’mun akademiyasi)da zamonasining Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi o!nlab allomalari shu ilm maskanida faoliyat yuritdilar.
2. Amudaryo o‘z o‘zanini o'zgartirib Kaspiy dengiziga emas, Orol dengiziga quyila boshlashi tufayli Gurganj shahri suvsiz qoldi. Natijada, odamlar har tomonga ko‘chib keta boshlagan
3. Xivaning mashhurligi bunyod etilgan davrlardanoq u orqali Sharq bilan G‘arbni bog’lovchi savdo yo‘li o’tganligi bilan izohlanadi.
4. Ichan qal’ani bunyod etishda Xiva me’morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana - inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul ,,qo‘sh“ deb ataladi.
5. Bbinolarni alohida ansambl holida qurish an’analariga ham amal qilingan. Masalan, Bog’cha darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi.
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4,5 D) 1,2,4,5
49. Xonlikdan, asosan, qorako‘l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari qaysi davlatlarga eksport qilingan?
A) Eron, Hindiston, Xitoy va Rossiya davlatlariga
B) Afg’oniston, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
C) Eron, Afg’oniston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
D) Eron, Hindiston, Xitoy va Usmonli davlatlariga
50. Xiva xonligining qaysi davlatlar bilan savdo qiluvchi savdogarlari „buxorochi“ deb atalgan?
A) Buxoro
B) Buxoro, Eron
C) Buxoro, Eron va Afg‘oniston
D) Buxoro, Eron va Hindiston
Dostları ilə paylaş: |