12-§. Buxoro xonligining tashqi siyosati
1.Buxoro xonligining Rossiya bilan munosabatlari qachondan rivojlana boshladi?
A) XV asrning oxiridan B) XVI asrning boshidan
C) XVI asr ikkinchi yarmidan D) XVII asrdan
2.O`z davlatining siyosiy ahvolini yaxshilash maqsadida Rossiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga harakat qilgan shayboniy Buxoro xonini aniqlang.
A) Ko`chkinchixon B) Abu Said
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon II
3.Qozon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
4.Hojitarxon xonligi qachon Rossiya tomonidan bosib olindi?
A) 1552-yil B) 1555-yil C) 1556-yil D) 1558-yil
5.Qachon Abdullaxon II Moskvaga o`z elchilarini yuborgan?
A) 1555-1556-yillarda B) 1556-1557-yillarda
C) 1557-1558-yillarda D) 1558-1559-yillar
6.Ivan Grozniy tomonidan bosib olingan hududlar to`g`ri berilgan javobni aniqlang.
1.Qozon xonligi 2. Hojitarxon xonligi 3. Qirim yarimoroli 4.Volga bo`ylari 5. G`arbiy Sibir
A) 1,2,4,5 B) 1,3,4,5 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4
Dostları ilə paylaş: |