8-sinflar uchun Iqtisodiy bilim asoslari fanidan 1-yarim yillik test savollari



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/2
tarix04.12.2023
ölçüsü45 Kb.
#172428
  1   2
8-iqtisod2


8-sinflar uchun Iqtisodiy bilim asoslari fanidan 1-yarim yillik test savollari
1. Ehtiyojlar – bu ……..?
A) kundalik ehtiyoj mollari do’konida sotiladigan barcha tovarlar
B) kishilarning Tovar va xizmatlarga ega bo’lish xohishi
C) insonning muayyan sharoitda yashashi va kamol topishi uchun zarur bo’lgan narsalarga muhtojligi
D) qondirishning imkoni bo’lmagani inson orzu-istaklari

2. Cheklanganlik muammosi qaysi vaziyatda to’g’riroq ifodalangan?


A) har qanday mamlakat iqtisodiyotida har doim nimadir yetishmaydi
B) hamma vaqt insonning barcha ehtiyojlarini qondirish uchun resurslar yetarli bo’lavermaydi.
C) biror resurs qanchalik kam bo’lsa, u shuncha tanqis bo’ladi.
D) “Ro’zg’or – g’or” deganlaridek, oilada har doim nimadir yetishmaydi.

3. Qaysi guruhda keltirilgan misollar faqat ma’naviy ehtiyojlarga tegishli?


A) daftar, non, kitob, televizor, xat, yozish B) muzqaymoq, kompyuter, ta’lim olish, sport
C) ta’lim olish, musiqa eshitish, kasb-hunar o’rganish D) til o’rganish, kitob o’qish, rasm chizish, musiqa eshitish

4. Qaysi guruhda ko’rsatilgan misollar faqat ijtimoiy ehtiyojlarga tegishli?


A) yo’l, jamoat transporti, maktab, kiyim-kechak, qo’l soati
B) mudofaa, sog’liqni saqlash tizim, telefon tarmog’i, kutubxona, muzey
C) tarixiy yodgorlar, kasalxonalar, xususiy do’konlar, metro, velosiped
D) qo’riqxona, daryo, istirohat bog’i, soliq xizmati, shaxsiy avtomobil

5. Fermer dalasida bug’doy eksa 40 t, sholi eksa 80 t hosil olishi mumkin. Bir tonna bug’doyning muqobil qiymati …..


A) aniqlash mumkin emas, chunkiqancha bug’doy yoki sholi ekilganligi noma’lum
B) 0,5 tonna sholiga teng C) 4 tonna sholiga teng D) 2 tonna sholiga teng

6. Ishlab chiqarish omillari – bu ……


A) mehnat unumdorligi va samaradorligi B) faqat bino inshootlar, asbob uskuna va dastgohlar
C) mehnat taqsimoti va ixtisoslashuv D) tabiiy resurslar, mehnat omili, capital tadbirkor

7. Quyidagi guruhlarning qaysi birida ishlab chiqarish resurslarining har uchalasidan misollar keltiring.


A) dala, traktor, paxta B) ofis, menejer, boshliq C) neft, zavod, ishchi D) kompyuter, dasturchi, printer

8. Har qanday tizim oldida turgan eng asosiy muammo bu nima?


A) ishlab chiqarish B) iste’mol C) cheklanganlik D) taqsimot

9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida …….


A) mulkning asosiy qismi xususiy shaxslar qo’lida bo’ladi B) davlat yagona mulkdor bo’lib qoladi
C) davlat mulkiga ustuvorlik beriladi D) mulk o’z mohiyatini yo’qotadi

10. Qaysi holatda bir kunlik mehnat unumdorligi yuqori?


A) 12 ishchi 120 ta detal tayyorlaydi B) 8 ishchi 95 ta detal tayyorlaydi
C) 11 ishchi 105 ta detal tayyorlaydi D) 20 ishchi 200 ta detal tayyorlaydi

11. Odatda ayirboshlash …….


A) bir tomon uchun manfaatli, ikkinchi tomon uchun manfaatsiz bo’ladi
B) har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’ladi
C) har qanday tovarlar almashinayotganiga qarab har ikkala tomon uchun ham manfaatli bo’ladi
D) qanday tovarlar almashinayotganiga qarab har ikkala tomon uchun ham manfaatsiz bo’ladi.

12. Quyidagi vaziyatlardan qaysi birida pul muomala vazifasini bajaryapdi?


A) ishchilarga maosh belgilanadi B) naqd pulga Tovar sotib olinadi
C) elektr energiyasi narxi oshiriladi D) AQSh dollarining so’mdagi qiymati aniqlanadi

13. Bozor bu - ……….


A) Sotuvchi va xaridor uchrashadigan joy B) Tovar va xizmatlar ayirboshlash joyi
C) ishlab chiqarishni iste’mol bilan bog’laydigan vosita D) barcha javoblar to’g’ri keltirilgan

14. Tovarning narxi bu ……….


A) xaridorning tovar uchun to’lamoqchi bo’lgan pul miqdori
B) tovarni ishlab chiqarish uchun sarflangan jami harajat miqdori
C) tovarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish uchun sarflangan jami pul miqdori
D) bir birlik tovar qiymatining puldagi ifodasi
15. Anvar magnitofonni 200 000 so’mga sotib, uning 150 000 so’mini omonat bankiga va qolgan puliga tufli sotib oldi. Bu vaziyatlarda pul qanday vazifalarni bajarmoqda?
A) o’lchov va jamg’arish vositasi B) muomala va o’lchov vositasi
C) muomala va jamg’arish vositasi D) o’lchov, jamg’arish va muomala vositasi

16. Iste’mol tovarlari qanday maqsadda ishlatiladi?


A) dastgohlar ishlab chiqarish B) boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish va qayta ishlash
C) aholi va uy xo’jaliklari ehtiyojlarini qondirish D) qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish

17. Ishlab chiqarish vositalari nima uchun xizmat qiladi?


A) ishlab chiqarish dastgohlarini ta’mirlash B) korxona xom ashyoga ishlov berib, mahsulot ishlab chiqarish
C) bozorda sotish uchun D) ishlab chiqarishni xom ashyo bilan ta’minlash
18. Bozorda …….
A) hamma vaqt sotuvchining mavqeyi xaridornikiga qaraganda baland bo’ladi
B) hamma vaqt xaridorning mavqeyi sotuvchinikiga qaraganda baland bo’ladi.
C) hamma vaqt sotuvchi va xaridorning mavqeyi baravar bo’ladi
D) sotuvchining xaridorga nisbatan mavqeyini aniqlab bo’lmaydi.
19. Aksiyalar qaysi bozorda sotiladi?
A) ishlab chiqarish vositalari bozorida B) Moliya bozorida
C) Mehnat bozorida D) Intellektual tovarlar bozorida
20. Iqtisodiyotda ………. muntazam aylanib turadi?
A) faqat pul mablag’lari B) faqat pul mablag’lari va tovarlar
C) faqat tovar va xizmatlar D) resurs, tovar, xizmatlar, pul mablag’lari
21. Pul qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kerak?
A) qulay va ixcham B) pishiq va barqaror C) soxtalashtirish qiyin D) barcha variantlar to’g’ri
22. Iste’molchilarning daromad manbalariga nimalar kiradi? Noto’gri keltirilgan variantni aniqlang.
A) stipendiya, nafaqa B) sug’urta, jamg’arma C) ish haqi, dividend D) renta, foiz
23. Quyidagi holatlarning qaysi birida mulk shakli o’zgaryapti?
A) chol o’g’liga hovlisini meros qilib qoldiryapti B) davlat tashkiloti bolalar uyiga kompyuter sovg’a qildi
C) Fermer sigirini bozorga chiqarib sotdi
D) Olg’irovning dang’ilama hovlisi musodara qilinib, o’quvchilar saroyiga aylantirildi
24. Mulkka to’la egalik qilish huquqi deganda nima tushuniladi?
A) Uni sovg’a qilish B) uni sotish yoki ayirboshlash
C) Undan o’z ehtiyojlarini qoondirish uchun foydalanish D) barcha variantlar to’g’ri keltirilgan
25. Qaysi guruhdagi daromadlar faqat moddiy boylikdan foydalanish evaziga ortiriladi?
A) ijara, nafaqa, dividend B) renta, foiz, maosh
C) foyda, nafaqa, dividend D) renta, dividend, foiz



Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin