BEAUTIFUL CATALPA (CATALPA SPECIOSA
FEATURES OF LANDSCAPE
ANNOTATION
It is considered one of the main means of landscaping and improvement of residential areas -
cities, districts, villages and towns. The role of decorative green spaces is great in providing recreation
for
the population, improving sanitary conditions in cities and villages, improving microclimate
conditions, and expanding the area of healthy green spaces. It is also important to enrich the range of
ornamental tree species used for landscaping.
Keywords:
plant, beautiful catalpa, ornamental horticulture, Catalpa speciose, leaf, bud,
flowers, ornamental plant, landscape, park, tree, landscaping.
Manzarali oʻsimliklar, dekorativ oʻsimliklar - kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda
foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi.
Manzarali
oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, ishlab chiqarish
binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari,
mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan
tavsiflanadi. Bir qator belgilariga, mos, hayot shakliga koʻra - daraxtlar, butalar, chala butalar, oʻt
oʻsimliklarga, poyasi shakliga koʻra, tik oʻsadigan, ilashib oʻsadigan, pastak, yoyilib oʻsadigan, osilib
oʻsadigan va boshqalarga boʻlinadi. Manzarali oʻsimliklar biologik xususiyatlari hamda agrotexnika
talablariga qarab: daraxt va butalarga, koʻp yillik,
ikki yillik, bir yillik, boshoqsosh (gʻallagulli),
piyozli va boshqa oʻsimlik guruhlariga boʻlinadi. Manzarali daraxt va butalarga yaproqli, igna bargli,
doim yashil va barg toʻkuvchi oʻsimliklar kiradi [5].
Go‘zal katalpa daraxtining ko‘rinishi Shimoliy Amerikada Missisipi va Missuri Ogayo
daryolari bir-biriga qo‘shiladigan hududlarda, Tennesi shtatida va Shimoliy Arkanzasning g‘arbiy
hududlarida tarqalgan. O‘zbekistonga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshdi. Chiroyli daraxt
bo‘lganidan ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi. Go‘zal katalpa urug‘idan ekilganda yani qulay
sharoitlada yiliga 35 sm dan oshadi bazi bir turlari 1 metrgacha bo‘ladi. Go‘zal katalpa quyoshni
yaxshi ko‘radi va termofil turlariga tegishli. Yetarli yorug‘lik, uzoq
vaqt davomida katalpaning
kurtaklari va po‘stlog‘i sovuq ob-havodan oldin pishishiga vaqt topadi, bu esa daraxtni yaxshi
qishlashiga imkon beradi. Issiqlikni yaxshi ko‘radigan daraxtning 30-35°C dan yuqori sovuqlarga
bardosh beradi.
[3
].
Shaharlarda aholini yashash sharoitlarini qulay darajaga ko‘tarish, dam olishini ta’minlash,
shahardagi sanitar holatni yaxshilash, mikroiqlimni yuzaga keltirish va sog‘lomlashtinivchi yashil
hududlar maydonlarini kengaytirishda manzarali yashil daraxtzorlarning roli juda katta hisoblanadi.
Ko‘kalamzorlashtirish uchun qo‘llanilayotgan manzarali daraxt, buta
turlari sonini boyitish ham
muhim ahamiyatga ega.
[
1, B.77-81
].
Go‘zal katalpa ekishni manzarali bogʻdorchilikka tavsiya etish maqsadida Toshkent davlat
agrar universitetining o‘quv-tajriba xo‘jaligida fenologik kuzatishlar G.F. Gizatullinaning
metodologiyasi bo‘yicha o‘tkazildi. O‘simliklarni o‘rganishda biometrik o‘lchovlar umume’tirof
etilgan usullar yordamida amalga oshirildi.
Go‘zal katalpa (Catalpa speciosa) katta daraxt bo‘lib, balandligi 30 m, diametri 1,5 m ga
yetadi. Tashqi ko‘rinishining o‘ziga xos xususiyatlari uchun o‘simlik mashhur taxalluslarni oldi.
Dunyoning turli burchaklarida uni uzun po‘stlog‘ining ko‘pligi uchun “makaron daraxti”, barglar
shakli uchun “fil quloqlari” deb atashadi. Tanasi tik o‘sadi, shox-shabbasi piramida shaklda yoki keng
yoyilgan. Tanasi va shoxlarining po‘stlog‘i qizil-qo‘ng‘ir rangda, po‘stlog‘i bo‘yiga enli yorilgan.
Barglari keng oval shaklda, ba’zan cho‘ziq, uzunligi 15-30 sm ga yetadi, uchi o‘tkir, tubi to‘mtoq,
cheti tishchali, yuz tomoni tiniq yashil, tuksiz, orqa tomoni sertuk hidsiz. Barg bandi 10-15 sm
uzunlikda bo‘lib gullari kam gulli ro‘vak hosil qiladi.
Ro‘vagining uzunligi 20 sm ga yetadi. Ko‘sakchasining uzunligi 45 sm eni 1,5 sm po‘sti juda
qalin, urug‘lari yumaloq, kalta tukli. Go‘zal katalpaning yog‘ochi oq, yengil, nihoyatda pishiq, namda
chirimaydi, shu sababli undan shpal va telegraf stolbalari tayyorlanadi. Chiroyli daraxt bo‘lganidan
ko‘kalamzorlashtirishda ko‘p ekiladi [2].
Oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishini oʻrganishda fenologik kuzatishlar muhim
ahamiyatga ega boʻlib, turli
fazalarning davomiyligini, oʻsimlik rivojlanishiga tashqi muhit
omillarining taʼsirini, oʻsimliklardagi oʻzgarishlarni aniqlashga yordam beradi. Toshkent davlat agrar
universitetining o‘quv-tajriba xo‘jaligida o‘tkazilgan biometrik o‘lchovlarga ko‘ra, Catalpa speciosa
Walder ex Engelm daraxtining balandligi 20 metrgacha (ba’zi turlari 25 metr), diametri 0,2 metrga
etadi. va daraxtlar balandligi 7 m gacha va diametri 0,25 m gacha bo‘lgan katta daraxtlar ekanligi
aniqlandi. Fenalogik kuzatuvlar davomida shuni kuzatdildiki daraxtning tanasi tik, shoxlari
piramidasimon, tanasi va shoxlari po‘stlog‘i qizg‘ish-jigarrang, bo‘yni yorilib ketgan. 1-rasm.
Katalpa (Catalpa speciosa Walder ex Engelm) barglari. Daraxtning barglari kengligi 15-30
sm gacha, uzunligi 20-35 sm gacha, oddiy, novdada bir qatorda joylashgan boʻlib, yirik bargli
daraxtlar turiga kiradi. Kuzatish vaqtida ayrim barglarning kattaligi juda katta ekanligi qayd etildi,
kengligi 26-27 sm va bandining uzunligi 9-18 sm gacha bo‘lganligi aniqlandi. Barglari keng, yirik,
oval, ba’zan cho‘zilgan, balandligi 15-30 sm ga yetadi, uchi o‘tkir. Yuzi och yashil, tuksiz orqa qismi
qattiq va hidsiz. [4].
Fenalogik kuzatuvlar davomida mart oyining 18 sanasidan boshlab darxt barg kurtaklarini
chiqara boshladi.
May-iyun oyidan boshlab, shoxlarda ajoyib kurtaklar gullab-yashnagan paytdan
boshlab manzarali ko‘rinish beradi. Katalpa juda xushmanzara daraxt bo‘lganligi uchun u parklarga
va ko‘chalarga ko‘plab ekiladi.
1-rasm. Go‘zal katalpani guli va 2- yillik ko‘chatlari
Go‘zal katalpani barglari va gullari uning manzaraviyligi uchun bog‘bonlar va landshaft
dizaynerlari uchun ajoyib xushmanzara daraxt hisoblanadi. Go‘zal katalpa daraxtini yakka holda,
xiyobonlarda guruhlab ekishlari uchun tavsiya etiladi. Shahar markazlari, ofis binolari, turar-joy
binolari va do‘konlarning oldidagi
maydonlarni bezab turadi, balki piyodalar yo‘llarini yoki
avtomobil yo‘l yoqalarini ham bezashga imkon beradi.
2-rasm. Go‘zal katalpa barglarini o‘lchash jarayoni
O‘zbekiston respublikasining turli turli hududlarining tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan
daraxt turlaridan ham keng miqyosda ekib foydalanish foydalanish o‘z samarasini berib kelmoqda.
Tadqiqot natijalariga asosan, Go‘zal katalpani ko‘kalamzorlashtirishda foydalanishda ularning
bioekologik xususiyatlarini hisobga olish zarur. Go‘zal katalpa o‘simligi O‘zbekiston
respublikasining iqlim sharoitiga yaxshi moslashgan yirik bargli chiroyli gulli manzarali o‘simlik
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: