Dasturni tarmoq orqali boshqarishingiz mumkin. Yaʼni Server kompyuter orqali test yechayotgan oʻquvchilarni qaysi savolni yechayotganini, qancha javobga toʻgʻri qanchasiga notoʻgʻri javob berganini, bitta savolgan qancha vaqtda javob berganigacha nazorat qilib tura olasiz. Yana qaysi oʻquvchi yechib boʻlsa shu oʻquvchi necha baho olganini bildirishnoma orqali bilib turasiz.
Test dasturini natijalarini saqlab qoʻyish
Test natijalarini html va txt dokument koʻrinishida eksport qilishingiz mumkin
Test tuzishning turli usullari (bitta javob tanlash, bir nechta javob tanlash, ochiq test shaklida, ketma-ketlik, oʻng va chap mosligi v boshqa)dan foydalanib test tuzishingiz mumkin
Turli xil rasmlarni test savollariga joylashtirish mumkin
Turli xil matematik va kimyoviy formulalarni ham joylashtirish mumkin
Testni savollari va javoblarini oʻrnini tasodifiy tanlash yoʻli bilan tanlash imkoniyati mavjud. Bunda yonma-yon oʻtirgan oʻquvchi bir-biridan test javoblarini koʻchira olmaydi sababi savollar turli ketma-ketlikda tushadi va javoblar oʻrni ham turli ketma-ketlikda tushadi.
Savollarni cheklab qoʻyish imkoniyati mavjud. Masalan siz 45 ta test savollari tuzdiz lekin siz oʻquvchilardan faqat 20 tasini olmoqchisiz. Siz shu 45 ta savoldan tasodifiy 20 tasini olish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
Oʻquvchilar familiya va ismlarini bir marotaba kiritib olib keyingi safar bemalol foydalanishingiz mumkin.
Kamchiliklari:
Test natijalarini Excel dasturiga export qilib boʻlmaydi.
Oʻquvchi test yechayotgan vaqtda bilmagan savolini oʻtkazib yubora olmaydi
Oʻquvchi test yechayotganda test dasturidan chiqib ketsa oʻqituvchiga shu yechgan savoligacha boʻlgan javoblarni hisoblab baho chiqaradi. Koʻp hollarda 2 baho degan javob keladi.