8 variant investitsiya funktsiyasi



Yüklə 371,5 Kb.
səhifə1/4
tarix18.03.2023
ölçüsü371,5 Kb.
#88595
  1   2   3   4
Makroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot Oraliq nazorat 8-variant


8 VARIANT

1. Investitsiya funktsiyasi
2. Pulga bo‘lgan talab va taklif. Pul bozoridagi muvozanat.
3. Pul bozoridagi muvozanat modelining mohiyatini tushuntirib bering.


JAVOBLAR
1. Investitsiya (lotincha investio — „oʻrash“) iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida oʻz mamlakatida yoki chet ellarda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq, muddatli kapital kiritish (qoʻyish). Pulning vaqt (zamon)ga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya kelajakda naf olish maqsadida mablagʻlar qoʻyishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin.
Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, nou-xauni berish, hamkorlikda bajariladigan ilmiy ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.
Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1982-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik investitsiya hajmi 450 mlrd dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.
O‘zbekiston Republikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda investitsiyadan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996-yildan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati bilan olingan kreditlar hisobiga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el investitsiya va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat investitsiya dasturini qabul qiladi. Respublika iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy investitsiyani amalga oshiradigan xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000-yilda moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 milliard soʻm, shu jumladan, 810 million AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3 % ni respublika byudjeti, 39,1 % ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5 % ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7 % ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4 % ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada investitsiya faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda „Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida“ (1995-yil 5-may), „Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida“ (1998-yil 12-dekabr), „Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida“ (1998-yil 30-aprel), „Lizing toʻgʻrisida“ (1999-yil 14-aprel), „Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (2001-yil 30-avgust) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti bilan bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli investitsiyani, ayniqsa, chet el investitsiyalarini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy investitsiyalarni sugʻurtalash sohasida 1994-yilda tashkil etilgan „Oʻzbekinvest“ eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
Mulkiy huquq bu u bo'yicha iqtisodiy o'zaro munosabatlar subyektlari mol-mulkka, tovar-moddiy pul mablag’lariga da'vogarlik qilishi mumkin bo’lgan huquqdir.
Nomulkiy huquq bu, masalan, aksiyadorning kompaniyaning umumiy yig’ilishida ovoz berish, emitentning faoliyati haqida axborot berilishini talab qilish va h.k. huquqidir.
Korxona ixtiyorida qimmatli qog'ozlarning barchasi investitsion portfel deyiladi.
Shuni qayd etish lozimki, qimmatli qog'ozlaming mohiyati ular bajarilishi kerak bo'lgan funksiyalarida namoyon bo’ladi. Qimmatli qog'ozlaming bajarishi lozinl bo'lgan quyidagi funksiyalari e'tirof etilgan: investitsiya rag'batlantiruvchi, xususiylashtiruvchi, infiyatsiyaga qarshi turuvchi. Ijtimoiy himoya qiluvchi qimmatli qog'ozlarning investitsiya funksiyasi mohiyati shundan iboratki, qimmatli qog'ozlar ayrim olingan tarmoqlarda vujudga keltirilishi mumkin bo’lgan kapital qo'yilmalar va moliyaviy taqchillikning oldini olishga yordarn beradi; texnikaviy va qayta rekonstruksiyani amalga oshirishga imkon beradi bozor infratuzilmasi obyektlarining me'yorida ishlashini ta'minlaydi. Qimmatti qog'ozlarning mazkur funksiyasi jihatidan ham ular investitsiyalar tarkibining elementi bo'lib hisoblanadi.
2. Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:

  1. transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);

  2. extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum mikdorda nakd pullarni saklash);

  3. spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar sotib olish uchun pulga talab).

Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz:

Yüklə 371,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin