8 variant investitsiya funktsiyasi



Yüklə 371,5 Kb.
səhifə4/4
tarix18.03.2023
ölçüsü371,5 Kb.
#88595
1   2   3   4
Makroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot Oraliq nazorat 8-variant

(M/P) s = M*/P*
Bu erda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baxolar darajasi (ushbu modelda ekzogen o`zgaruvchi )ni ko`rsatadi.
1-chizma real pul taklifi mikdoridagi foiz stavkasiga boglik bo`lmagan vaziyatni ko`rsatadi. SHuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko`rsatayotganimizdek vertikal chizik ko`rinishiga ega bo`ladi. Bu xolat foiz stavkasi kanchalik o`zgarishiga karamasdan real pul taklifi mikdori o`zgarmasdan kolgan vaziyatni aks ettiradi.
Baxolar darajasini xam barkaror deb kabul kilamiz. Bu xolatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to`gri chizik ko`rinishiga ega bo`ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proportsional egri chizik ko`rinishiga ega. Muvozanat nuktasida pul talabi va taklifi o`zaro teng, (2-chizma).
O `zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o`zgarishi natijasida iktisodiy agentlar o`z aktivlari tarkibini o`zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta`sir etib uni o`zgartirish zarur va mumkindir.
R R

Ms
Ms


Re
MD


M*/P* M/P M*/P* M/P


2-chizma. Real pul vositalari zaxi- 3-chizma. Pul bozorida muvozanat
rasi taklifi grafigi modeli

Agar R juda yukori bo`lsa, pul taklifi unga bo`lgan talabdan yukori bo`ladi. Iktisodiy agentlar o`zlarida to`planib kolgan ortikcha nakd pullarni aktsiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan kutilishga intilishadi.


YUkori foiz stavkasi, ta`kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastrok darajasiga mos keladi. SHu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi okibatida ular kursi o`sishini ko`zda tutib) sotib olish foydali bo`ladi.
Banklar, Ms> Md bo`lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iktisodiy agentlar o`z avtivlari tarkibini o`zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o`zgartirilishi okibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan xolatda teskari jarayon ro`y beradi.

R Ms2 Ms1


R Ms

R2


R2
M2d(Y2)
R1 R1

M1d(Y1) Md


M*/P* M/P M*2/P* M*1/P* M/P

4-chizma. Daromadlar darajasining 5- Pul taklifining kamayishi


oshishi natijasida pulga natijasida pul bozorida muvo-
talabning o`zgarishi. zanatning o`zgarishi.

Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o`zgarib turishi pul bozorining ekzogen o`zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o`zgarishi natijasida xam ro`y beradi.


Grafik ko`rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziklarining siljishi sifatida namoyon bo`ladi (4, 5 chizmalar).
Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga kadar o`sishi (4-chizma) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga kadar ko`tarilishiga olib keladi.Pul taklifining kamayishi xam foiz stavkasining ko`tarilishiga va muvozanat nuktasining o`zgarishiga olib keladi.
Pul bozorida muvozanatni o`rnatish va saklab turish mexanizmi kimmatli kogozlar bozori rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitida muvafakkiyatli amal kiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiktisodiy muvozanatning muxim tarkibiy qismidir.
LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. 122 LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng bo‘ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko‘tarilsagina erishiladi. Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlar yuqori bo‘lsa, xarajatlar ham ko‘p bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. Shunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo‘lishi pul talabini oshiradi. Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud. Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz: M/R= L(R;Y) Pul bozori holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro munosabatlarni
9.9-, 9.10 rasmlarda tasvirlaymiz. 9.9-rasmdan ko‘rinib turibdiki, pulga bo‘lgan talab, foiz stavkasi pasayishi bilan, shuningdek, daromadlar ko‘payishi natijasida ham oshadi. Daromadlarning oshishi natijasida pulga talab egri chizig‘i Md1 yuqori surilib, Md2 holatini egallaydi va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi, r1 holatidan r2 holatiga o‘tadi. Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va buni LM egri chizig‘i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha baland bo‘lsa, pulga bo‘lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. LM egri chizig‘i o‘ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal qism. LM egri chizig‘ining gorizantal qismi foiz stavkasi R ning minimal darajasidan pasaya olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasi R ning maksimal darajasi chegarasidan tashqarida hech kim o‘z mablag‘larining likvid (pul) shaklida ushlab turmasligini va ularni qimmatli qog‘ozlarga aylantirishini anglatadi. 123 9.9-rasm. Pul bozoridagi muvozanat grafigi 9.10-rasm. LM egri chizig‘i grafigi LM egri chizig‘i o‘ziga xos: gorizontal va vertikal konfiguratsiyaga ega.68 LM egri chizig‘ining gorizontal kesmasi foiz stavkasi foiz stavkasi Rmin. darajadan pastga tushishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Egri chiziqning vertikal kesmasi foiz stavkasining maksimal daraja Rmax. chegarasidan tashqarida hech kim jamg’armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli qohozlarga aylantiradi. Baholarning o‘zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o‘zgarishlar LM egri chizig‘ining o‘ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. LM egri chizig‘i tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan echib topiladi. R ga nisbatan LM egri chizig‘i tenglamasi quyidagicha: R=(k/h)Y - (1/h) (M/P). Y ga nisbatan LM egri chizig‘i tenglamasi quyidagicha: Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R. k/h koefitsenti LM egri chizig‘ining Y o‘qiga nisbatan og‘ish burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligi baholaydi.

* * Ўзбекистон Республикасининг “Ўзбекистон Республикаси Марказий
Банки тўғрисида”ги Қонуни, 1995йил. 21 декабрь / Ўзбекистон банк
тизимини ислоҳ қилиш ва эркинлаштириш бўйича қонунчилик ҳужжат-
лари тўплами.Т.: Ўзбекистон, 2003., 18-.б.

Yüklə 371,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin