2. „Ko‘p xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish‘ mavzusini o‘rganish ketma-ketligi va tushunchalari tizimi.
Arifmetik amallarni o’rganishda oldin o’quvchilar ongiga uning ma‘nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to’plamlari bilan amaliy ishlar bajarish asosida o’tkaziladi. Ko’paytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarni o’rganish o’z navbatida bo’lish amalini o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Arifmetik amallarni o’rganishdagi masalalardan biri og’zaki va yozma hisoblash usullarini ongli o’zlashtirish, hisoblash malaka va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liqdir. Og’zaki hisoblashlarning asosiy ko’nikmalari 1- va 2-sinflarda shakllanadi. Og’zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan natijalari orsidagi bog’lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og’zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og’zaki hisoblashlar:
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya‘ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi mumkin. Og’zaki ko’paytirish sonlarning yuqorigi raqamidan boshlab yoki sonlarni yaxlitlab bajariladi.
Masalan:
65∙8=60∙8+5∙8=480+40=520
67∙25=70∙25-3∙25=70∙100:4-75=1675
48∙27=50∙30-(27∙2+50∙3)=1500-204=1296
Hisoblashlar xar hil usullar bilan bajarilishi mumkin.
Masalan:
26∙12=26∙(10+2)=26∙10+26∙2=260+52=312:
26∙12=(20+6) ∙12=20∙12+6∙12=240+72=312:
26∙12=26∙ (3∙4)=(26∙3) ∙4=78∙4=312
Amallar 10 va 100 ichida va ko’p xonali sonlar ustida xisoblashlarning og’zaki usullaridan foydalanib bajariladi.
54024:6=9004
Ayirmani biron songa bo’lish uchun kamayuvchini va ayriluvchini alohida bo’lib, natijalarni bir-biridan ayirish mumkin.
Masalan:
(90-80):5=90:5-80:5
Ko’paytmani biron songa bo’lish uchun ko’paytuvchilardan birini o’sha songa bo’lishning o’zi kifoya.
Masalan:
(27∙5):9=(27:9)∙5=3∙5=15
Biron sonni ko’paytmaga bo’lish uchun u sonni navbati bilan ko’paytuvchilarning har biriga bo’lib, undan chiqqan soni ikkinchisiga yana bo’lish kerak va hokozo.
Masalan:
180:(18∙5)=(180:18):5=10:5=2
Biron sonni bo’linmaga bo’lish uchun u sonni uning bo’linuvchisiga bo’lib, bo’luvchisiga ko’paytirish mumkin.
Masalan:
1000:(250:7)=(1000:250)∙7=4∙7=28
Bo’linmani biron songa bo’lish uchun bo’linuvchini o’sha songa bo’lib, chiqqan natijani bo’luvchiga bo’lish mumkin yoki bo’linuvchini bo’luvchi bilan o’sha sonning ko’paytmasiga bo’lish mumkin.
Masalan:
(1000:25):8=(1000:8):25=125:25=5
Dostları ilə paylaş: |