8-variant. “Ko‘p xonali sonlar‘ konsentrida arifmetik amallarni o‘rganish



Yüklə 85,48 Kb.
səhifə4/7
tarix07.01.2024
ölçüsü85,48 Kb.
#204140
1   2   3   4   5   6   7
8-variant. “Ko‘p xonali sonlar‘ konsentrida arifmetik amallarni

Yozma hisoblashlar

1.Hisoblashlar yozma bajariladi. yozma hisoblashlarda yechimini yozish ustun qilib bajariladi.


Masalan:

2. Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo’lish bundan mustasno).

3. Oraliq natijalar darhol yoziladi.
242 x 16
1452 +242
3872
346 x 14 1384 +346 4844

4. Hisoblashlar o’rnatilgan qoidalar bo’yicha, shu bilan birga bitta yagona usul bilan bajariladi.Masalan:


Ba‘zi misollarni og’zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda o’quvchilar yechimlarni taqqoslab arifmetik amallarning mazmunini va sonlar ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar.


Ko’p xonali sonlarni ko’paytirish va bo’lish bir-biridan farq qiluvchi uch bosqichga ajraladi.
I bosqich. Bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish
II boqich. Xona sonlariga ko’paytirish va bo’lish
III bosqich. Ikki xonali va uch xonali sonlarga ko’paytirish va bo’lish.
Har bir arifmetik amal konkret ma‘nosini ochib berish bilan bir vaqtda mos belgilashlar va atamalar kiritiladi, amallar nomlari, komponentlar va amallar natijalari komponentlari nomlari. Bu yerda matematik ifoda tushunchasi ustida ishlash boshlanadi, dastlab 7+3 ko‘rinishdagi oddiy ifodalar, so‘ngra esa 9-(2+3) ko‘rinishdagi ifodalar qaraladi.
Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan, balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi.
68x5 = (34x2)x5 =34x (2x5) = 34x10 =340
68x50= 34x100=3400
Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
17x50= (16+1) x50= 16x50+1x50=800+50 = 850
Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra:
135:5= (135x2) : (5x2) =270:10=27
2250:50=4500:100=45
O‘quvchilar diqqatini shunga jalb etish zarurki, og‘zaki va yozma ko‘paytirish oddiy odat bo‘lib qolishini o‘qituvchi nazorat qilishi kerak.
24x25 = (6x4) x 25= 6x (4x25) = 6x100=600
Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur:
24x25=(24:4) x(25x4) = 6x100=600
Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir:
37x25=(36+1) x25=36x25+25=900+25=925
35x25=(36-1)x25=36x25-1x25=900-25=875
38x25=(36+2) x25=36x25+2x25=900+50=950
25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni
(25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir.
(Bu chorak,bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.)
Masalan: 36x26=36(25+1)=36x25+36x1=900+36=936
36x24=36(25-1)=36x25-36x1=900-36=864
25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoidalariga asoslanadi:
225:25=(225x2)x2=225x4=900
Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebutevlik qonuniga ko‘ra:
678x9=678x(10–1)=6780-678=6102
577x99=577(100–1)=57700-577=57123
34x999=34(1000–1)=34000-34=33966
2-sinfda (14x15) ko‘paytirish qoidasi
14x15=14(10+5)=140x14x5=140+70=210
Buni darhol hisoblashga shoshilmasdan bajarish zarur, chunki 14x15=14x10+14x5=(14+7)x10=21x10=210
ko‘rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak.
Agar 23x15 bo‘lsa
23x15=(22+1)x15=22x15+1x15=330+15=345
Shuningdek, 14 va 16 ga ko‘paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish mumkin.

66x14=66x(15–1)=66x15 – 66 = 990 – 66 = 924


62x16=62(15+1)=62x15+15x1=930+62=992
61x69=6(6+1)x100+1x9=4200+9=4209
243x247=24x25x100+3x7=60000+21=60021
Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o‘quvchilarni arifmetik amallar bajarishda hisoblashlarini mustahkamlaydi.
Hisoblash malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish texnologiyasiga asos bo‘ladi.
Boshlang‘ich matematika kursi arifmetik amallarning qator xossalarini o‘z ichiga oladi. Qo‘shish va ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonuni, ko‘paytirish va bo‘lishning taqsimot xossasi hamda yig‘indiga sonni qo‘shish, yig‘indidan sonni ayirish, yig‘indini yig‘inidiga qo‘shish, yig‘indidan yig‘nidini ayirish, yig‘indini songa ko‘paytirish va bo‘lish, sonni ko‘paytmaga ko‘paytirish, sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Bu xossalar to‘plamlar yoki sonlar ustida amallar asosida ochib beriladi, natijada o‘quvchilar umumlashtirishga kelishlari lozim. Boshlang‘ich matematika kursida o‘quvchilarda hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan mashqlar sistemasi ko‘zda tutilgan.Bu mashqlar turlicha bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: turlicha misollarni yechish, jadvallarni to‘ldirish, harflarning son qiymatlarini qo‘yish va olingan ifodalarning qiymatlarini topish va h.k. ko‘nikmalarni shakllantirish ularning turli darajadagi ko‘nikma va malkalarning avtomatlashtirilishini ko‘zda tutadi: jadval hollarining qo‘shish va ko‘paytirish va ularga asosan tiplari, ayirish va bo‘lish amallarini bajarish malakalari to‘la avtomatlashtirilishi uchun o‘quvchilar tez va to‘g‘ri quyidagi misollarni yecha olishlari kerak:
3+8=11,
7•8=42,
12-5=7,
56:8=7


Yüklə 85,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin