8. Xorazmshoh Otsiz davri siyosiy tarixi


Xorazmshohlar va Mog'ullar o'rtasida elchi



Yüklə 71,32 Kb.
səhifə23/26
tarix25.02.2023
ölçüsü71,32 Kb.
#85518
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
8.Xorazmshohlar javoblar.1

19.Xorazmshohlar va Mog'ullar o'rtasida elchi
Chingizxon Xitoyni bosib olgani haqida eshitganida esa bu xabarning rostligini bilmoqchi boladi va Xitoyga janobi sayyid Bahovuddin ar-Roziy boshchiligida elchi yubordi.Xorazmshohning elchilari Pekinga 1215-yil iyunida, Chingizxon askarlari shaharni bosib olishi bilanoq keldilar. Chingizxon Bahovuddin ar-Roziyni katta ehtirom va xushmuomalalik bilan kutib oldi. Elchilar Xorazmga qaytayotganlarida esa Chingizxon Xorazmshohga atab koplab nodir hadyalar va tuhfalar berdi hamda elchiga dedi: Xorazmshohga ayt, men - Sharqning hokimiman, sen - Garbning hokimisan! Ikkimiz ortamizda dostlik va sulh haqida qatiy bitim bolsin. Ikki tarafning savdogarlari va karvonlari omon borib, omon qaytsin va mening yerlarimdagi qimmatbaho buyumlar va oddiy matolarni ular sening tarafingga olib kelsinlar.Aftidan, Chingizxon bu paytlarda Xorazmshoh Alouddin Muhammadga qaram yerlarga hujum qilmoqchi bolmagan korinadi, aksincha u savdo munosabatlarini ornatishga harakat qilgan va garbga olib boruvchi bosh yollarga, karvonlar yurishidagi xavfsizlikni saqlash uchun qaroqchilar (qoriqchilar) qoyishni buyuradi.Chingizxon tomonidan Xorazmshohga yuborilgan hadya va tuhfalar orasida Xitoy toglaridan keltirilgan, tuya orkachidek keladigan bir sof oltin bor edi, uni alohida aravada keltiriladi. Chingizxon Bahovuddin ar-Roziy bilan birga 500 tuyalik karvon bilan oz savdogarlarini yubordi. Ular oltin, kumush, xitoy shoyisi, yengil shoyi mato, suvsar, qunduz va boshqa nodir, qimmatbaho matolarni olib bordi.Xorazmshoh Chingizxonning elchilarini va mogullarning savdo karvonini Buxoroda kutib olib, u ham 1218-yil bahorida Chingizxonning qarorgohiga karvon bilan savdogarlardan amir Husaynning ogli Ahmad Xojandiy va Ahmad Balxiyni yubordi, ular Xitoyga qimmatbaho matolar: zarbof, zandanachi, qarbos matolar va oltin asboblar va qimmatbaho kiyimlar keltirdi.Biz Ziyo oganing bu yerda aytilgan fikriga tola qoshila olmaymiz. Rashiddiddin “Jome at-tavorix” kitobida: yozishicha, Chingizxon ota ayyor, makkor va munofiq shaxs bolgan. U oz harbiy rejalarini ustalik bilan niqoblay olgan. Uning elchilarga aytgan sozlarini ana shunday niqob deb anglash kerak. Aslida u Xorazmshoh davlatidagi ichki ahvol haqida musulmon savdogarlaridan va Xorazmshohning qochqin, muхoliflaridan to‘la ma’lumot olgan va g‘arbga yurishni allaqachon rejalashtirib qo‘ygan. Undan tashqari Chingizning Alouddin Muhammadga yuborgan maktubi ham u Xorazmshoh davlati haqida oz aygoqchilaridan tola malumot toplab, garbga yurishga tayyorgarlik qilib olganligini korsatadi.Shunday qilib, Xorazmshoh Alouddin Muhammadning ozi ham avvaliga Chingizxon saltanati bilan savdo munosabatlarini rivojlantirishga harakat qilgan, lekin tez orada uning ozi rivojlanayotgan munosabatlarni buzadi, keyinchalik Xorazmshoh va yaqinlarining aybi bilan ular butunlay uzildi.Kop otmay Xorazmga Chingizxondan yana elchilar keladi, ular Mahmud al-Xorazmiy, Alixoja al-Buxoriy va yosuf Kanka al-Otroriylardan iborat edi. Ular Chingizxondan yana hadyalar keltirdilar: qimmatbaho madanlar quyilmalari, baliq tishi, mushkli xaltachalar, yashmlar va har biri 50 dinor va undan ortiq keladigan oq tuya junidan yasalgan chakmonlar. Chingizxon savdogarlarga yana Xorazmshoh bilan “sulh, dostlik va soshnichitik munssabatlarini” ornatish vazifalarini ham yuklagan edi. Xorazmshohga Chingizxonning shaxsiy maktubi ham beriladi, unda bunday deyilgan edi: Sening ishing qanday ulkanligi menga yashirin emas, sen oz hukmingda nimaga erishganing ham va sening farmonlaring yerdagi kop mamlakatlarda menga malum. Men bildimki, sening mulklaring keng bajo keltiriladi. Sen bilan totuvlikni saqlashni, men ozimning vazifalarimdan biri deb bilaman Sen mening uchun eng aziz oglimdeksan. Senga maxfiy emaski, men Xitoyni va qoshni turklarning yurtlarini egalladim, ularning qabilalari menga boysundilar. Sen hammadan kora yaxshi bilasanki, mening mamlakatimda boylik shu qadar kopki, undan ortigini boshqa yurtlardan izlashning hojati yoq. Agar sen ikkala taraf savdogarlariga yol ochish mumkin deb topsang, bu hamma uchun va umumiy foyda uchun xayrli bolardi).Chingizxonning maktubini oqib chiqib, Xorazmshoh Chingizxonning ozi va imperiyasi haqida mufassalroq bilmoqchi boldi. Kechasi u elchilarning boshligi Mahmud al-Xorazmiyni huzuriga chaqirib va uning musulmonligi hamda asli xorazmdanligidan kelib chiqadigan burchiga shama qilib, vadalar va hadyalar yordamida Mahmuddan mogullar haqida aniqroq bilmoqchi boladi. Xorazmshoh hatto Mahmudga Chingizxonning saroyida unpng ishonchli odami bolishni ham taklif qiladi. Mahmud al-Xorazmiy qorqqanidan rozi bolganda Xorazmshoh undan soradi: Chingizxon menga ozini Xitoyning hokimi degani va Tamgach shahrini bosib olgani haqida aytgani togrimi? Haqiqatanham ish shundaymi?”. Mahmud javob berdi: “Ha, u haqiqatni aytdi. Bunday buyuk ishni sir saqlab bolmaydi, yaqinda sultonning ozi bunga iqror boladi”. Xorazmshoh dedi: “Sen mening mulklarim qandayligini va ular qanchalik kengligini bilasanku! Meni oz ogli deb atayotgan osha lanatining ozi kim? Uning lashkari qanday?.Mahmud al-Xorazmiy Xorazmshohning yuzida gazab alomatlarini sezib va oz hayotidan xavfsirab, haqiqatgoylikdan voz kechdi va hokimning marhamatiga erishpshga intilib, aytdiki: Chingizxonning qoshini Xorazmshohning lashkarlari oldida xuddi otliq qoshinga qarshi turgan soqqabosh bitta otliqdek yoki tungi qorongulikka qarshi kunduz 24 qaro tundek. Shunda Xorazmshoh Alouddin Muhammad Chingizxon bilan totuvlik munosabatlari ornatishga va savdo karvonlari bilan almashishga rozilik bildiradi.Chingizxonning ota makkorlik va ayorlik bilan yozilgan bu maktubi bizning Yuqorida aytgan fikrimizni tasdiqlaydi. Undan tashqari, Chingizxonning Xorazmshohni oglim deyishi uning Xorazmshohni mensimayotganligidan va uni ozining tobesi deb qarayotganligidan dalolat beradi.Xorazmshoh Alouddin Muhammad bilan Chingizxonning elchisi Mahmud al-Xorazmiy ortasida bolgan tungi xufiyona suhbat haqida tarixchi an-Nasaviyga kim xabar yetkazganligi haqida biz bilmaymiz. Ammo, biz tan olishimiz kerakki, an-Nasaviy osha voqea bolgan hodisalarning zamondoshi va guvohi sifatida Alouddin Muhammadning saroyidagi ahvoldan xabardor edi va u Xorazmshohning shaxsini haqqoniy baholaydi. Bu tarixchining tahlil qila olish qobiliyatiga tan berish kerak.Mahmud al-Xorazmiy bilan elchilar Pekinga qaytib ketdi

Yüklə 71,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin