81. Gametogenez haqida ma’lumot bering?


Muskul to’qimasi haqida ma’lumot bering?



Yüklə 38,32 Kb.
səhifə7/10
tarix08.08.2023
ölçüsü38,32 Kb.
#138903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
JDPU 240 TALIK DASTUR savoli javob 81-100

93. Muskul to’qimasi haqida ma’lumot bering?
Muskul toʻqimasi - muskullarning asosiy qismini tashkil etib, ularning qisqarishini taʼminlaydigan maxsus ingichka tolalar. Uning asosiy qisqaruvchi elementi miofibrillarshr. Muskul toʻqimasi oraliq pardalar bilan oʻzaro birlashib alohida muskulni hosil qiladi, ularning sirti ham alohida parda bilan oʻralgan boʻladi.
Organizmdagi barcha Muskul toʻqimasi tuzilishiga qarab silliq Muskul toʻqimasi, koʻndalang targʻil Muskul toʻqimasi va yurak Muskul toʻqimasiga ajratiladi. Silliq Muskul toʻqimasi bir yadroli duksimon tuzilishga ega; mezenximadan (teri, meʼda-ichak devorlari, siydiktanosil aʼzolari, kon tomirlar Muskul toʻqimasi) va ektodermadan (soʻlak, ter va sut bezlari Muskul toʻqimasi) rivojlanadi. Koʻndalangtargʻil Muskul toʻqimasi koʻp yadroli muskul tolasidan tuzilgan boʻlib, skelet va yurak muskulidan iborat; ontogenezda mezodermadan rivojlanadi. Yurak Muskul toʻqimasi (miokard) koʻndalangtargʻil muskul tolalaridan tuzilgan boʻlsa ham gʻayriixtiyoriy qisqaradi. Muskul toʻqimasining vazifasi harakat elementlarining qisqarishidan iborat. Muskul toʻqimasida qisqaruvchi tuzilma (miofibrillar), trofik tuzilma (hujayra yadrosi va organellalari), muskul elementlarining qobigʻi hamda telofragmalardan iborat tayanch tuzilma farq qilinadi. Barcha muskul toʻqimalarida maxsus nerv oxirlari boʻlib, ular toʻqimaga nerv sistemasidan harakat impulslarini olib keladi va unda boʻlayotgan oʻzgarishlar haqida markaziy nerv sistemasiga maʼlumot berib turadi
94. Miyacha va uning funksiyalari ?
Miyacha (lot. cerebellum – kichik miya) umurtqalilar bosh miyasining bir qismi. Odatda miya yarimsharlaridan kichik, lekin ba’zi baliqlarda undan katta boʻlishi ham mumkin.[1] Odamlarda miyacha harakat boshqariluvida katta rol oʻynaydi. U shuningdek ba’zi bir kognitiv funksiyalarda, masalan diqqat va til, shuningdek qoʻrquv va qoniqish kabi hissiy boshqaruvlarda ham ishtirok etadi,[2][3] ammo asosiy ta’siri harakatga bogʻliq funksiyalarda. Odam miyachasi harakatni chaqirmaydi, lekin harakatdagi koordinatsiya, tartib va aniq davomiylikni ta’minlaydi: u orqa miya va miyaning boshqa qismlaridan sezuvchi impulslarni qabul qiladi va ular asosida harakatning oʻta aniq chiqishini ta’minlaydi.[4] Miyachaning jarohatlanishi odamlarda nozik harakatlar, tana holati boshqariluvi va yangi harakatlar oʻrganilishi buzilishiga olib keladi.
Tuzilishi
Umumiy anatomiyaga koʻra, miyacha zich poʻstloq, uning ostidagi oq modda va asosidagi suyuqlik bilan toʻlgan qorinchadan iborat. Toʻrtta miyacha chuqur yadrolari oq modda ichida joylashgan. Poʻstloqning har bir qismi yuqori geometrik stereotip bilan joylashgan kichik neyronal element tuzilmalaridan iborat. Miyacha va uning yordamchi tuzilmalari bir necha yuzlab yoki minglab mustaqil ishlovchi, “mikrozona” yoki “mikroqismlar” deb ataluvchi modullarga boʻlinishi mumkin.

Yüklə 38,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin