88
mushaklarga
tushadigan og
„irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan
gipokineziya, ya‟ni odam xarakat faoligining kamayib ketishi bilan birga davom
etadi. Odam uzoq kasal bo'lib yotganida ham unda gipodinamiya kuzatiladi.
Jismoniy faollik kamayib qolar ekan avvaliga quvvat sarfi kamayib, so
„ng
to
„qimalarning qon, kislorod va oziq-moddalar bilan ta‟minlanishi yomonlashadi,
natijada organizmdagi
idora etuvchi tuzilmalar, jumladan gormonal va nerv
sistemasining ishi buziladi. Gipodinamiyada muskullardan markaziy nerv
sistemasiga borib turadigan signallar kamayib qoladi, bu esa bosh miya faoliyatiga
yomon ta‟sir ko„rsatadi, chunki markaziy nerv sistemasi tonusini saqlab turishda,
qon aylanishi bilan moddalar almashinuvining idora
etilishida mushak faoliyati
birinchi darajali o'rin tutudi.
Harakat faolligi keskin susayadigan bo
„lsa suyaklar tuzilishi ham o„zgaradi.
Mushaklar atrofiyaga uchrashi munosabati bilan yog
„ to'qimasi ko„payadi,
almashinuv jarayonlari izdan chiqib, markaziy
nerv sistemasining holati o
„zgaradi,
odam tez toliqadi. Yurak qon tomir sistemasining ahvoli o
„zgaradi, yurak
qisqarishlarining kuchi kamayadi qon tomirlar holati yomonlashadi: bu avvaliga
odam tez yurganida
salga hansirab qolishi, yuragining tez-tez urishi, jismoniy ish
vaqtida yurak sohasi og
„rishi bilan ifodalanadi.
Keyinchalik esa ateroskleroz,
gipertoniya kasalligini keltirib chiqaradi. Kam xarakat qilish, ko
„p o„tirish natijasida
muskullar erta quvvatsizlanib, bo
„shashib qoladi,
kishining qaddi bukilib, fiziologik
qarish jarayoni tezlashadi.
Dostları ilə paylaş: