9 – laboratoriya ishi Uсh fаzаli uсhburсhаk ulаngаn zаnjirni tаdqiq qilish (аktiv yuklаmа). Ishning maqsadi Uchburchak ulangan uch fazali zanjirlarning simmetrik va nosimmetrik rejimlarida liniya, faza toklari va ularga mos kuchlanishlari orasidagi munosabatlarni tajribada tekshirish va tahlil etish.
Ishning nazariy qismi Uch fazali generator faza chulg'amlarini uchburchak sxemasi bo'yicha ulash uchun ular o'zaro ketma-ket ulanadi (12.1 a, b- rasm). Uchburchak ulanganda chulg'amlar berk kontur hosil qilsada, konturdagi tok nolga teng, chunki EYuK lar geometrik yig'indisi nolga teng bo'ladi.
Uchburchak sxemasida faza kuchlanishi unga mos liniya kuchlanishiga teng, ya'ni UФ = UЛ. Yuklama fazalaridagi IAВ, IВС, IСА toklar faza toklari deb ataladi.
Elektroenergetikada generator chulg'amlari hamda yuklamaning "yulduz-uchburchak", "uchburchak-yulduz", "yulduz-yulduz", "uchburchak-uchburchak" sxemalari keng qo'llaniladi.
а)
b)
12.1-rasm
Kirxgofning birinchi qonuniga ko'ra liniya toklari faza toklari orqali quyidagicha ifodalanadi:
Bundan ekanligi kelib chiqadi, ya'ni liniya toklari simmetrik vektorlar sistemasini hosil qiladi.
Yuklama uchburchak ulangan simmetrik uch fazali zanjirda liniya kuchlanishi faza kuchlanishiga teng bo'lib, liniya toki faza tokidan marta katta bo'ladi, ya'ni UЛ= Uф, IЛ= Iф.