9.1. Darsi-Veysbax tenglamasi Gidrotexnikadagi hisoblash ishlarini olib borishda quvurlardagi suuqliklarning harakat qonunlari qatori ularning harakatlanishi mobanida umumiy energianing yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lgan savollar ham yuzaga keladi. Harakatlanuvchi suuqlik energiasining yo’qotilishi quyidagi vaziatlarda yuzaga kelishi aniqlangan: quvur uzunligi va mahalliy qarshiliklar hisobiga. Ushbu qarshiliklar tarkibida energianing yo’qotitishi asosan quvur uzunligi bo’ycha sodir etilar ekan, mahalliy qarshiliklar tufali yuzaga keladigan energiyaning yo’qotilishi esa nisbatan kam qiymatlarni tashkil etarkan.
Quvurning uzunligi bo’yicha naporning yo’qotilishi Darsi-Veysbax formulasiga binoan quyidagicha aniqlanadi:
(9.1)
bu yerda:
tr– ishqalanishning uzunlik bo‘yicha qarshilik koeffitsiyenti yoki Darsi koeffitsiyenti deyiladi;
l– quvur uzunligi;
d– quvur diametri;
– quvurning chiqish kesimidagi tezligi, m/s;
– suyuqlikning zichligi, kg/m3.
- Darsi koeffitsiyenti yoki gidravlik qarshilik koeffitsiyentining qiymatlari suyuqliklarning harakat rejimlariga mos ravishda topiladi.
Laminar harakat uchun suyuqlikning gidravlik qarshilik koeffitsiyenti Puazeyl formulasiga binoan quyidagi bog’lanish asosida topiladi:
tr= (9.2)
Agar Re = 104 105 bo’lsa, u holda turbulent rejimdagi harakat uchun Darsi koeffitsiyenti tr Blazius formulasi bilan aniqlanadi.
tr= (9.3)
Agar Re105 bo’lsa, gidravlik qarshilik koeffitsiyentining qiymati tr Nikuradze formulasiga binoan quyidagicha aniqlanadi: