9 – mavzu. Logopediya tarixi kursining maqsad va vazifalari
Ma’ruza rejasi
1. Logopediya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Logopediya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. Logopediya fanining tamoyil va metodlari.
4. Logopediya fani tushunchasini ifodalovchi terminologiyalar.
Tayanch tushunchalar
1. Logopediya termini grekcha loges (so’z, nutq) peydeo (tarbiyalayman,
o’qitaman)
ya’ni
«nutqni
tarbiyalash»
ma’nosini
anglatadi.
2. Kompensatsiya – o’rnini qoplash. Biror psixik funktsiya qisman yoki to’la
ishdan chiqqanda, uning vazifasini boshqa kuchli rivojlangan sog’
funktsiyalar
bajaradi.
Adabiyotlar
1. Bekker K.P., Sovak M. Logopediya. M. 1981. 11-23 betlar.
2. Vыgotskiy L.S. Mыshlenie i rechь. M. 1982. T.2. 6-12 betlar.
3. Logopediya. M. 1989. 5-22 betlar.
4. Logopediya. T. 1993. 5-20 betlar.
5. Matn. L.R.Muminova, M.Kaxramonova. Logopediya terminlarining ruscha-
o’zbekcha
izohli
lug’ati.
T.
«O’qituvchi».
1988
yil.
1. Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim
va tarbiya
vositasida nutq buzilishlarini o’rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik
fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari,
oqimlari tarkibini o’rganadi. SHuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga
qo’shadilar. «Logopediya»
termini grekcha loges (so’z, nutq),
peydeo
(tarbiyalayman, o’qitaman) so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, tarjimada to’g’ri
«nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini
tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o’qitish
va tarbiyalash jarayoni
hisoblanadi. Logopediyani o’rganish ob’ekti – nutq nuqsoniga ega bo’lgan shaxs.
Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan bir oz bo’lsa ham chetga chiqish – bu
nutq nuqsoni deb hisoblanadi.
Zamonaviy
logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar