14- Mavzu. Marketing bo’yicha reja tuzish
Reja:
Marketing rejasi va uning tarkibiy qismlari.
Bozor sharoitida narx siyosati.
Tovarlar harakatini rejalashtirish.
Reklamani rejalashtirish va muvaffaqiyatni nazorat qilish.
Tayanch so’z va iboralar: marketing rejasi, narx, tovar, xizmat, reklama, tovarlar harakati.
Marketing rejasi va uning tarkibiy qismlari.
Endi bozorni o’rganib bo’lgandan keyin, olingan axborotni qog’ozga tushirgach, siz marketing rejasini tuzishga kirishishingiz mumkin. Eng avvalo, siz o’z tovarlaringizni yoki xizmatlaringizni bozorda qanday taqdim etish va sotish haqida o’ylashingiz kerak.
Mahsulot
Mahsulot yoki xizmat turini tavsiflashdan boshlang. Siz sotmoqchi bo’layotgan mahsulot yoki xizmat turini tanlang ular qanday sifatda, qanaqa rangda, qaysi o’lchamlarda bo’lishini va h.k.ni tanlang. Bu yerga siz taqdim qilmoqchi bo’layotgan mahsulot va xizmatlarni butun assortimenti kiradi. Bu tushuncha o’ziga, qadoqlash, ishlatish bo’yicha tushuncha, sotilayotgan tovarlarga zahira qismlarining mavjudligi, taqdim qilinayotgan xizmatlar va ta’mirlash ishlari kabilarni ham qamrab oladi. Sizning mahsulot yoki xizmatingizning boshqalardan farqlovchi xususiyatlarini mahsulot tushunchasiga kiritishingiz kerak.
1-misol. Botir o’zining potentsial mijozlariga taqdim qilmoqchi bo’lgan barcha xizmat turlari-xonani yuvib tozalash, gilamlarni tozalash, elektrik, santexnik ishlari, mayda ta’mirlash ishlari, texnikani ta’mirlash, mebel ta’mirini tavsiflab berdi. Shuningdek uning xizmatlari qanday sifatda bo’lishini u qisqacha ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |