9- Mustaqil ish
Mavzu: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini musiqaviy cholg’ularda ijroga o’rgatish
Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Metallofon, ksilofon, doiracha, uchburchak, yog’och qoshiqlar, likobchalar va turli yasama o’yinchoq-cholg’ularda chalishga hamda ularni
ovozidan farqlashga o’rgatish. Nomusiqiy va musiqiy tovushlar haqida tushuncha berish va
ularni farqlashga o’rgatish;
O’yin: Bolalarni chaqqonlik, ziyraklikka chorlash bilan bir vaqtda musiqani diqqat bilan
tinglashga o’rgatuvchi «Ro’molchani uzat», «Tulki va tovuqlar», «Quyonlar va ayiq» o’yinlarini
o’ynatish. Davra qo’shiqlarida mustaqil harakatlanishga o’rgatish.
Musiqiy-ta’limiy o’yinlardan «Qo’shig’imni davom ettir», «Ismingni kuylab ber»,
«Qaysi cholg’u yashiringan», «Kuyini top» va h.k. o’tkazish.
5 yoshli bola bilishi lozim bo’lgan bilim ko’nikma va malakalar:
-bolalar cholg’ularida ijro etish usullarini bilish;
-bolalar cholg’ularini ovoz tembridan farqlay olish;
-bolalar cholg’ulari orkestrida ijro etish;
-o’z harkakatlarini musiqa tempiga moslay olish.
-xor bo’lib, ansamal va yakka kuylay olish;
-fortepiano, g’ijjak, chang, qonun cholg’u asboblarini ko’rinishi va ovozidan
farqlash,nomlarini bilish.
2.3.Katta yoshdagi asosiy ish reja
KATTA YOSH (5-6 yosh)
Musiqa tinglash:
Bolalarda musiqa tinglashga ishtiyoqni qo’llab quvvatlash va rivojlantirishda davom etish.
Musiqa asarining kayfiyati, harakterini mustaqil farqlash, ta’surotlari haqida hikoya qilishga
o’rgatish. Vokal va cholg’u asarlaridan bahramand qilish va bu janrlar haqida tushuncha hosil
qilish, ularni farqlashga o’rgatish. Marsh, qo’shiq va raqs haqidagi bilimlarini kengaytirish.
O’zbek xalq kuylari bilan tanishtirib borish. Doira va nog’ora sadolaridan bahramand qilish,
qayroq, taxta qarsak bilan tanishtirish;
Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Musiqaning tempi, ritmi, harakteriga mos
ifodali harakatlanish. Kuy qismlari almashishiga qarab harakatlarni o’zgartira olish.
Yengil, prujinasimon yurish, yugurish, sakrash, olding va orqaga, yonga qadam tashlash,
oldinga hakkalash, raqs harakatlarini sifatli bajarishga o’rgatish. Musiqa ostida qatorlarga
saflanish va mashqlar bajarish, qatorlardan doiraga shakliga o’tish, katta va kichik doiralar hosil
qilish, bir nechta kichik doirachalarga bo’linishga o’rgatish. Bolalarga o’zbekcha raqslar bilan
bir qatorda turli xalqlar raqslarini o’rgatish. Bolalarda raqsga oid ijodkorlikka undash va uning
namoyon bo’lishini rag’batlantirish va qo’llab quvvatlash.
Qo’shiq kuylash: Bolalarda ifodali, sof va tabiiy ovozda kuylashga o’rgatish.
Bolalarning ovozining yosh hususiyatlarini hisobga olib repertuar tanlash. To’g’ri nafas olish va
kuylash ko’nikma va malakalarini shakllantirish. Kichik ansambl bo’lib kuylash, solist bilan
kuylashga o’rgatish. Kuy ohangini to’g’ri
ijro etilishiga erishish.
Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish: Doira, nog’ora, safoyil, quticha,
taxta qarsak kabi cholg’ulari va ularda ijro etish usullari bilan tanishtirish, ovozidan
farqlashga o’rgatish. Kattalarga jo’r bo’lib zarbli orkestr hosil qilish.
Bolalarda cholg’uchilikka oid ijodkorlikni shakkllantirish.
O’yin: Qo’shiqlarni sahnalashtirish, davra qo’shiqlarida so’z, musiqa va harakatlarning bir-biriga mos bo’lishiga erishish. O’yinlarda musiqa mashg’ulotining barcha bo’limlaridan olingan bilmimlarni mujassam holda namoyon etishga o’rgatish. Obrazli harkatlarni bajarishda bolalarni
umumiylikdan mustaqil va yakka bajarish sari boshlash. Bolalarda obrazli tasavvur qilish,
mustaqil fikrlash, ijodkorlik kabi hususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish.
6 yoshli bola bilishi lozim bo’lgan bilimlar:
-Musiqa asarining shaklini mustaqil aniqlay olish.
-Tinglangan asarlarning nomi va ijodkorlarini bilish.
-Musiqa asarining mazmunini tushunish va kayfiyatini farqlash;
-Bir oktava oralig’ida notalarni bilish, tovushqatorini kuylash.
-Vokal va cholg’u musiqasini farqlash.
-Orkestr, simfoniya, opera va balet janrlari haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish.
-Qo’shiq nomi va bastakorini bilish.
-Musiqaga mos mustaqil harakatlana olish.
-Kuy qismlari o’zgarishiga qarab harakatlarni o’zgartirish.
-cholg’u asboblarini farqlay olish.
-Bolalar cholg’ularida ijro usullarini bilish.
-Mustaqil obrazli harakatlar o’ylab topa olish va bajara olish.
-Bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida faol ishtirok etish.
Musiqa tinglash: Musiqa asarining go’zalligini idrok etish, mazmunini tushunish, yorqin
ifoda vositalarini farqlash, musiqaning 2-3 qismli shaklini mustaqil farqlay olishga, asarning
kirish qismi, band va naqorat qismi, shuningdek xotimasini farqlashga o’rgatish. Musiqa vositasida bolalarning ichki dunyosini boyitish, ularda estetik didni shakllantirish.
O’zbek mumtoz va zamonaviy shuningdek, jahon mumtoz musiqasi na’munalaridan bolalarni
bahramand qilish. Marsh, qo’shiq, raqs janridagi asarlarni mustaqil farqlash. Asarda berilgan
obrazni musiqiy-intonatsion rivojlanishini kuzata olishga o’rgatish. Dutor, rubob, qonun, tanbur
kabi cholg’u asboblari ijrosida kuylarni tinglash va ovozidan farqlashga o’rgatish. Bolalarni
jonli ijro bilan bir qatorda audio va video tasmalarga yozilgan kuy va qo’shiqlar, diafilm,
she’riyat na’munalari, badiiy so’zdan bahramand qilish. Bolalarning yoshiga mos va ularga
tushunarli mazmundagi opera va balet asarlari, xalq cholg’ulari orkestri va ansambli
ishtirokidagi kontsertlar, san’at muzeylariga olib borish.
Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: Raqs harakatlarini aniq va musiqaga mos
bajarish. Raqslardagi bezak elementlari bilan tanishtirish va ularni bajarishga o’rgatish: yurish,
yugurish, sakrash, oldinga va yonga hakkalash kabi harakatlarga oyoq to’pillatish, chapak
chalish kabi bezak elementlarini qo’shib bajarishga o’rgatish. Musiqa ostida qatorlarga
saflanish, bir qator bo’lib yurish va yugurish, katta va kichik doira qurish kabi harakatlarni
mustaqil bajarish. Davra qo’shiqlarining matniga mos harakatlarni musiqaga holda mustaqil
bajarish va faol bo’lish.
Qo’shiq kuylash: Bolalar ovozini shikastlanishdan asrab rivojlantirish. To’g’ri nafas va
to’qri kuylash malakalarini shakllantirish. Bolalarning yoshhususiyatlari va ovoz diapazonlarini
hisobga olib repertuar tanlash, qo’shiq matni va ohangini asniq ifoda etish. Cholg’u asbobi
jo’rligisiz kuylay olish. Qo’shiqning band va naqorot qismlarini farqlay olishga o’rgatish.
Bolalarda qo’shiq ijrochiligi, cholg’uchilik va aktyorlik qobiliyatlarini mujassam rivojlantirish.
Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish:
Jamoa bo’lib ijro etish malakalarini irvojlantirish bilan birga ansambl bo’lib ijro etishga
o’rgatish. Ijroni baravar boshlab, birgalikda yakunlash. Kuyni mustaqil ijro etish ko’nikmasini
hosil qilish. Bolalarda cholg’uchilikka oid ijodkorlikni rivojlantirish.
O’yin: Musiqiy o’yinlarda kuylash, ansambl bo’lib va yakka kuylashni qamrab olish.
Sahna nutqi, ya’niy ifodali va aniq talaffuz qilishni va sahna harakati erkinligini shakllantirish.
Ushbu maqsadda ayrim ertaklarni sahnalashtirish, musiqalashtirishga e’tibor qaratish.
Harakatli o’yinlar orqali diqqat-e’tibor, chaqqonlik va ziyraklik, harakatlrni musiqaga
moslash kabi sifatlar bilan birga bolalarni jismoniy rivojlantirish. «Oq terakmi, ko’k terak», «Dor
o’yin», «Boylandi» shular jumlasidandir.
Bolalarda musiqiy-ta’limiy o’yinlarga bo’lgan qiziqishni orttirish. Ushbu o’yinlarda
bolalrning musiqiy bilimlarga o’rgatish, olingan bilmilarni mustahkamlash bilan birga o’yinlarda
ziyraklikni ivojlantiradigan vazifalarni qo’yish. Musiqiy-ta’limiy stol o’yinlaridan «Musiqali
loto», «Kayfiyatlar», «Uzun, qisqa tayoqchalar», «/adir-budir notalar», «Notalarning uychasi»
kabilarni,og’zaki o’yinlardan «Dengizmi, irmoq», «O’rmonda», «Uch ayiq», «Barmoqlar»,
«Nechaga sanaymiz» o’yinlarini o’ynatish mumkin.
7 yoshli bola quyidagilarni bilishi kerak:
-kuylash va harakatlanishni musiqaga moslay oladi.
-tovushlarning balandlik, tembr, cho’zimlilik hususiyatlarini eshitish orqali farqlaydi.
-ma’lum raqs harakatlarini egallaydi.
-jamoa bo’lib va yakka raqsga tusha oladi.
-o’yin, raqs va mashqlarda mimik harakatlarni aks ettira oladi.
-o’zbek xalq cholg’u asboblarini ko’rinishi va ovoz tembriga ko’ra farqladi.
-bolalar cholg’ulari ansambli va orkestrida ijro etish malakalarini egallaydi.
-tinglangan va kuylayotgan kuy va qo’shiqlarini mazmunini anglaydi va bayon etadi.
-to’rli musiqiy o’yinlarni mustaqil tashkil eta oladi.
-bayram ertaliklarida faol ishtirok etadi.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Musiqiy o’yinlarni o’tkazish metodikasi;
2.Bolalarda musiqiy-ta’limiy o’yinlarga bo’lgan qiziqishni orttirish metodikasi;
3. 7 yoshli bolalarni kuylash ko’nikmasi qanday talabga javob berishi lozim:
4.Kichik yoshdagi asosiy ish reja
5.O’rta yoshdagi asosiy ish reja
6.Katta yoshdagi asosiy ish reja
7.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish
8.Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish
9.Qo’shiqlarni sahnalashtirish
10. 6 yoshli bola bilishi lozim bo’lgan bilimlar:
11.Maktabga tayyorlov yoshdagi asosiy ish reja
12.Musiqa tinglash:
13.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish metodikasi
14.Bolalar ovozini shikastlanishdan asrab rivojlantirish;
15.Bolalar cholg’ularida chalishga o’rgatish;
1.Musiqa mashg’ulotlarini tashkil etish metodikasi
2.Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi
3.Tarbiyalanuvchilarning musiqiy qobiliyatini shaklantirish va rivojlantirishga qaratilgan yillik, kunlik, oylik va haftalik mashg’ulot rejasini ishlab chiqishda qo’yiladigan talablar
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash rangi
5.Zamonaviy pedagogika ta’lim tizimining maqsadi
8-mavzu: Xarakat – musiqaviy tarbiya vositasi sifatida
4soat
1. Musiqaviy-ritmik xarakatlar.
2. Ritmikaning ahamiyati va umumiy tasnrfi
3. Musiqa va xarakatlar.
4. Bolalarni musiqiy-ritmik xarakatlarga qiziqtirish uslubi.
2. Ertalabki gimnastikani musiqa ostida o’tish.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchisi shaxsini shakllantirishda qo‘shiqlar
o‘rgatish texnologiyasining o‘rni muhimligi mazkur bitiruv ishi natijalarida yana bir bor o‘z
tasdig‘ini topdi.
Musiqa mashg‘ulotlarida qo‘shiq kuylash bolalarga ijobiy ta’sir yetibgina qolmay,
ularning musiqiy didi va musiqiy dunyoqarashi shakllanishiga ham samarali ta’sir qiladi. Shu
bois maqbul mazmun va metodikada berilgan musiqiy bilimlar majmuasi bolalarda musiqaga
barqaror qiziqishni tarbiyalaydi, muhimi ular yaxshi musiqani, janrlarni, xalq va mumtoz
musiqasini ajratishga o‘rganadilar.
Tadqiqot natijalari bolalarning qiziqish bilan qo‘shiq kuylab, musiqa tinglab,
kompozitorlar hayoti bilan tanisha boshlaganliklarini ko‘rsatdi. Hatto avvaliga musiqa
madaniyati mashg‘ulotlariga e’tiborsizlik bilan qaragan bolalar ham, ohir-oqibatda musiqa
mashg‘ulotlariga ko‘tarinki ruhda, biror bir yangilikdan xabardor bo‘lish niyatida kela
boshladilar.
Bolalarda Musiqa mashg‘uloti tarkibidagi turli xil faoliyatlarga bo‘lgan qiziqish va intilish
kuchaydi. Ko‘pchilik bolalarda musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, ritmik harakatlar bajarish
jarayonlariga savodli, ya’ni ongli ravishda yondashish malakalari shakllandi.
Bolalarda musiqiy asarning ifoda vositalari va shaklini tahlil qilish malakasini
shakllantirish ularda o‘z fikrlarini bemalol bayon qilish ko‘nikmalarini shakllantirdi.
Musiqa mashg‘ulotida yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash Bolalarning musiqiy
bilimlarga, jumladan musiqa savodiga qiziqishlarini kuchaytirdi. Bolalar yendilikda musiqiy
boshqotirmalarni bemalol yechadigan, notalarni yaxshi biladigan, tovush va uning
xususiyatlarini anglaydigan, musiqa ifoda vositalari haqida aniq tushunchalarga yega bo‘ldilar.
Tajribalar mashg‘ulotlarning samaradorligi ularning to‘g‘ri uyushtirilishiga bog‘liq
yekanligini ko‘rsatdi. Musiqa «til»i hamma va barchaga tushunarli va yaqin. Shuning uchun u
insonlarning ruhiyatini ko‘tarish, quvonch va rohat baxsh yetish bilan birga, o‘sib kelayotgan
yosh avlodni shaxs sifatida shakllantirishda benazir yordamchidir.
Qo‘shiq kuylash faoliyati Bolalar tarbiyasida musiqa yetakchi o‘rin yegallaydi. Bu
faoliyat turi bolalarga boshqa faoliyat turlariga nisbatan yaqin va tushunarlidir. Bolalar qo‘shiq
kuylashni sevadilar. Kuylash bolalar ijrochiligi faoliyati ichida yetakchi faoliyat turi bo‘lib, u
bolalarning musiqiy-estetik tarbiyasida muhim o‘rin yegallaydi. Yaxshi qo‘shiq bolani
quvontiradi, har tomonlama kamol topdiradi va tarbiyalaydi. Cholg‘u kuylaridan farqli o‘laroq
qo‘shiq kuylash kuchli yemotsional ta’sir kuchiga yega. Chunki qo‘shiqda matn va musiqa
badiiy birligi namoyon bo‘ladi. Qo‘shiq kuylash bola shaxsi tarbiyasiga har tomonlama ta’sir
ko‘rsatadi. Qo‘shiq inson aqliy kamolotini o‘sishiga, dunyoqarashini kengayishiga, atrof-olam
haqidagi tasavvurlarini boyitishga xizmat qiladi.
Qo‘shiq kuylash jarayonida ular musiqani chuqurroq idrok yetadilar, o‘z kechinma va
his-tuyg‘ularini faolroq ifodalaydilar. Qo‘shiqning matni bolalarga musiqa mazmunini
tushunishga va kuyni osonroq o’zlashtirishga yordam beradi. Biror bir cholg‘uda ijro yetilgan
kuyga nisbatan ovozda ijro yetilgan kuyni bolalar yaxshiroq idrok yetadilar.
Qo‘shiq kuylash jarayonida bolalarda musiqiy qobiliyat rivojlanadi: musiqiy yeshitish
qobiliyati, musiqiy xotira, ritm hissi, shuningdek, qo‘shiq kuylash musiqiy qobiliyatlardan: metr
va ritm hissi, musiqiy yeshituvi, lad hissi rivojlanadi.
Jamoa bo‘lib kuylash faoliyati o‘quvchilarni musiqiy o‘quv qobiliyati hamda ijrochilik
malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Guruhda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi
o‘z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlari ijrosini yeshitib, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat
jo‘rnovozlik qilishga intiladi, jamoaviy birlik, uyushqoqlik, o‘zaro do‘stlik hislari tarbiyalanadi.
Qo‘shiqlarni o‘rganish bolalarda nafaqat musiqiy savodxonlikni, balki musiqiy
dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur va shu kabi sifatlarni shakllantirishga xizmat qilishi
amalda o‘z isbotini topdi.
Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan ilk kunlaridanoq, san’atga, ayniqsa,
musiqaga intilish va qiziqishlari yuqori bo‘ladi. Shuning uchun musiqa mashg‘ulotlarida
bolalarning shaxs sifatida shakllanishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu rahbarning
mutaxassis, o‘z sohasining ustasi sifatida bilimdonligi va ijodiy barkamolligiga bog‘liqdir.
Qo‘shiq kuylash — bolalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi. U bolalarda nafaqat ruxiy
balki jismonii jihatdan rivojlantiradi. Chunki bola kuylayotganda og‘iz, burun, nafas yo‘llari,
ko‘krak qafasi, umuman olganda barcha a’zolari faoliyat olib boradi. Bola kuylash jarayonida tik
gavdasini yerkin va to‘g‘ri o‘tirishi talab yetiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda
qo‘shiqchiligi ko‘nikmalarini tarbiyalash. Kuylash jarayonida nafas yo‘llari ham rivojlanadi.
Bolalarga kuylash jarayonida matn va musiqa uyg‘unligida bo‘lganda matn va kuyga
e’tibor beriladi. Qo‘shiqda matn va musiqiy kuy birikib, tinglovchiga yemotsional ta’sir ko‘rsatib
turli his-tuyg‘ularni uyg‘otadi. Bu ta’sirchanlik bola tarbiyasida katta ahamiyatga yega.
Bolaning kichik davridan qo‘shiqni ma’nosini tushunmasa ham, uning mazmunini va
musiqasiga tushunmasa ham unga hissiy munosabatni bildiradi. Bolaning rivojlangani sari, nutqi
va hayot davomida olgan ko‘nikmalari qo‘shiqni umuman kuyni tushuna olishga yordam buradi.
Qo‘shiq kuylash bola ruhiyatiga ta’sir qilish barobarida, uning jismoniy o‘sishi va
rivojlanishida ham katta ta’sir ko‘rsatuvchi omildir. Jamoa bo‘lib kuylash mashg‘ulotlarida
o‘quvchilarning diqqat-e’tibori, ongliligi va faolligi oshadi, musiqiy xotira yaxshi rivojlanadi va
o‘rgangan qo‘shiqlarni ijro yetganda, zavqlanish hissi paydo bo‘ladi. Qo‘shiqni so‘z ma’nosi va
musiqa ohangini chuqur idrok yetadilar va asarni mazmuni orqali hayotni o‘rganadilar.
Qo‘shiq kuylash bolalarning nutqini ham rivojlanishiga zamin yaratadi. Qo‘shiq so‘zlari
cho‘zib ijro yetilganligi tufayli bolalar yangi so‘zlarni bo‘g‘inlab, xatosiz o‘rganadilar. Musiqiy
rahbar va tarbiyachilar so‘zlarning to‘g‘ri ijro yetilishini tekshirib boradilar.
Qo‘shiq kuylash jarayoni bolalarni umumiy kayfiyat bilan birlashtiradi, ular hamkorlikda
faoliyat bajarishga o‘rganadilar. Ular shoshib ketayotgan yoki orqada qolib ketayotgan
o‘rtoqlarini yeshitadilar va ularni bir xil sur’atda kuylashga chaqiradilar.
Qo‘shiq kuylash – musiqiy tarbiyaning asosiy vositasidir. U boshqa faoliyatlarga nisbatan
bolalar uchun juda yaqindir. Qo‘shiq kuylab, ular musiqani yanada faolroq idrok yetadilar.
Qo‘shiq matni yesa mazmunan qo‘shiq kuyini anglashga yordam beradi.
Kuylash faoliyatida bolalarda musiqiy qobiliyatlar yeshitish qanday xotira va ritm hissi
rivojlanadi. Kuylash bolarning nutqini rivojlantiradi.
Jamoa bo‘lib kuylaganda bolaga kuy qo‘shiq matnga nisbatan kuchliroq ta’sir qiladi.
K.D.Ushinskiy ta’kidlaganidek: «Qo‘shiqda, ayniqsa xor jamoasida qalbni tarbiyalovchi uning
jumbushga keltiruvchi hissiyotlar mavjud»
Ko‘pgina hollarda o‘g‘il bolaning shaxdam yurib marshni kuylayotganini,
qiz bolani yesa qug‘irchoqni allalashini kuzatishimiz mumkin.
Bolaning ovozi — tabiiy cholg‘udir, chunki bu cholg‘u u yoshligidan mavjud. Mana
shuning uchun xam uning hayoti davomida hamroh bo‘ladi va turli o‘yinlarda foydalanadi.
Undan tashqari qo‘shiq bola hayotining boshqa
faoliyatlarida ham qo‘llanadi. Masalan, raqs, xorovod, bolalar cholg‘ularida
ijro yetganda.
Qo‘shiq — bu bolaning dunyoqarashini kengaytirib, yorqin obrazli tasavvurga yega
bo‘lishga yordam beradi. Qo‘shiqlarda tabiatga, Vatanga muhabbat, kattalarga, ajdodlarga
hurmat o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va boshqa tarbiyaviy axloqlarni o‘stirishga yordam
beradi.
Qo‘shiq o‘rgatish jarayonida bolalardan katta aqliy mexnat talab yetladi. U yonidagi
bolani yeshitishni, uning qo‘shig‘iga o‘z munosabatini bildirishni, musiqiy jumlalarni bir-biri
bilan solishtirishni, taqqoslashni, fortepiano jo‘rligini tinglay olishi, qo‘shiqni garmonik va
melodik tizimini yeshita olishni va ijro sifatini baholashni o‘rgatadi.
Qo‘shiq bola organizmiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, nutqini o‘stiradi, ovoz
apparatlarini rivojlantiradi, qo‘shiqchilik nafasini shakllantiradi. Bola qo‘shiq kuylashda asosan
musiqiy hissi, yemotsional ta’siri, musiqiy yeshituvi (slux), ritm hissi rivojlanadi. Qo‘shiq
kuylashning yana bir asosiy xususiyatlaridan biri bu — jamoa bo‘lib ko‘ylashdir.
Bola yeshituv qobiliyati (slux) va ovozini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qo‘shiq — tovush hosil qilishning murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib, asosan ovoz va
yeshituv organlarining mujassamlashuvi asosini tashkil yetadi, ya’ni yeshituv apparati va
qo‘shiqchilik ovozining o‘zaro bog‘liqligidir. Eshituv qobiliyatining takomillashuvi —
bolalarning kichik yoshidan rivojlanadi. Ular musiqa raxbari yoki tarbiyachi kuylab berganda
qo‘shiq, kuy yoki ohangni sofligicha yeshitadilar va shundayligicha kuylaydilar.
Kichik yoshdagi bolalar 2-3 ta nota oralig‘idagi qo‘shiqlarni ko‘ylay oladilar. Bolalar
kattalar kuylarini yeshitib, keyin o‘zlari ham shu kuyni kattalardek kuylashga harakat qiladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovoz apparati mukammal rivojlanmagan (tovush paylari
rivojlanmagan, nozik, nafas kuchsiz va boshqalar). Bola rivojlangani sari organizm va
qo‘shiqchilik organlari ham takomillashadi. Maktabgacha yoshdagi bola ovozi yetarli darjada
yorqinligi bo‘lmaydi.
Bolaning tabiiy ovozi re 1 - si 1, ya’ni undan yuqori va pastki notalarni bola kuylaganda
tovush zo‘riqishi va siqib kuylashi mumkin. Bu bolalarning tovush paylarining shikastlanishiga
olib kelishi mumkin. Bu muammolarga yo‘l quymaslik uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan va
puxta o‘ylab chiqilgan repertuar tanlanishi kerak. Bunda asosiy e’tibor qo‘shiqchilik diapazoniga
qaratamiz.
Musiqali harakatlar, cholg‘uchilik va ijodkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda o‘yin
uslublaridan keng foydalanish tavsiya yetiladi. Ushbu faoliyatlar zamiri ko‘proq o‘yin
xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Yangi o‘quv dasturida tinglash va kuylash uchun asarlar talab
darajasida berilgan. Bu rahbarlarga musiqiy asarlarni guruh imkoniyatlari va o‘quv yilining
muhim sanalariga muvofiq tarzda tanlab o’qitish imkoniyatlarini beradi. Ayni bir paytda rahbar
dasturga kiritiladigan ammo, badiiy yuksak, tarbiyaviy jihatdan muhim, Bolalarinng kichik
yoshlik xususiyatlariga, idrok amaliyotiga mos bo‘lgan yangi asarlaridan keng foydalanish
xuquqiga ham yegadir. Nota savodi, cholg‘uchilik, raqs va harakatlar, shuningdek musiqa
ijodkorligi faoliyatida tavsif yetilgan asarlar ham shartli ravishda berilgan. Mashg’ulot
sharoitiga qarab ularni almashtirish mumkin. Bu yesa mashg‘ulotlarni rejalashtirishda va
mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rishda ijodiy yondoshishni toqozo yetadi. Bunda shu narsaga
e’tiborni qaratmoq lozimki, garchi dasturda asarlar va mashg‘ulotlar mazmuni har bir faoliyat
turiga doir alohida ko‘rsatilgan bo‘lsada, ammo mashg‘ulotlarni rejalashtiirishda va ularni
o‘tishida musiqa faoliyatlari mashg‘ulot mazmunidan kelib chiqish va uning mohiyatini ochib
berish lozim bo‘ladi. Shunday qilib, mashg‘ulotda musiqa faoliyatlari mantiqan va mazmunan
birlashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa tarbiyasi berishda oila va bog’cha hamkorligi
yaxshi natijalar beradi. Bu haqda keyingi paragrafda so’z boradi.
Adabiyotlar: Yusupova P. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T.: O’qituvchi. 1993.
Hasanboeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo. 2006.
Abdurahmonova H.Sh. Bolalar bog’chasida musiqaviy o’yinlar va bayram ertaliklari. T.:
O’qituvchi. 1993.
Omonullaeva D. Nazarov F. Burhonov D. Bolalar bog’chasida musiqa T.: O’qituvchi. 1990.
Dostları ilə paylaş: |