9 – sinf Biologiya fanidan testlar to’plami



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/46
tarix15.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#69155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
9-sinf-mavzulashtirilgan-testlar-toplami-

 
VARIANT N_6 
1. Qaysi hodisada hujayra tarkibidagi suv tashqariga chiqib ketishi 
natijasida uning tarangligi yo'qoladi? 
A) plazmoliz B) gidroliz
C) deplazmoliz D) fotoliz 
2. Deplazmoliz nima? 
A) hujayra tarkibidagi suvning tashqariga chiqishi 
B) plazmolizga uchragan hujayra tarangligining yo’qolishi 
C) tarangligini yo'qotgan hujayraning avvalgi holatga qaytishi 
D) quyosh nuri ta'sirida suvning parchalanishi 
3. ATF molekulasining tarkibida azotli asos (1) va pentoza (2)ning 
qaysi turi bo'ladi? 
A) 1-uratsil, 2-dezoksiriboza 
B) 1-guanin, 2-riboza
C) 1-adenin, 2-riboza
D) 1-adenin, 2-dezoksiriboza 
4. Energiya almashinuvi jarayonining tayyorgarlik davrida 
ajralgan energiya ... 
A) issiqlik energiyasi sifatida tarqalib ketadi 
B) ATF sifatida to'planadi 
C) ADF sifatida to'planadi 
D) NADF sifatida to'planadi 
5. O'simliklarda, achitqi zamburug'larda, mikroorganizmlarda 
o'tadigan glikoliz jarayoniga xos umumiylikni aniqlang. 
A) barcha hollarda bir molekula glukozaning parchalanishi ikki 
molekula ATFning hosil bo'lishi bilan boradi 
B) umumiylik yo'q 
C) barcha hollarda glikoliz mitoxondriyalarda sodir bo'ladi 
D) barcha hollarda bir molekula glukozaning parchalanishi sut 
kislota va 36molekula ATFning hosil bo'lishi bilan boradi 
6. Fotosintezda kuzatiladigan jarayon va uning ahamiyatini 
aniqlang. 
a) yorug'lik energiyasining kimyoviy energiyaga aylanishi; 
b) karbonat angidrid bilan suvdan organik birikma hosil bo'lishi; 
c) sintezlangan anorganik birikmalar energiya manbai bo'lib 
xizmat qilishi; 
d) atmosfera erkin kislorod bilan boyishi
e) sintezlangan organik birikmalar organizmlar uchun ozuqa va 
energiya manbai bo'lib xizmat qilishi; 
f) quyosh energiyasi mexanik energiyaga aylanishi; 
j) karbonat angidrid bilan kisloroddan organik birikma hosil 
bo'lishi 
A) a, b, c, d B) a, b, d, e
C) c, d, e, f D) d,e,f,j 
7. Xloroplastlarda o'simlik mitoxondriyalariga nisbatan necha 
marta ko'p ATF sintezlanadi? 
A) 10 B) 30 C) 18 D) 6 
8. Qaysi organizmlarda oziqlanish oziq moddalarning hujayra 
qobig'i orqali shimib olinishi bilan kechadi? 
A) prokariot B) virus C) fag D) tufelka 
9. Qaysi organizmlar ikkiga bo'linish yo'li va gormogoniyalar 
yordamida ko'payadi? 
A) ko'k-yashil suvo'tlar 
B) bakteriyalar 
C) zamburug'lar 
D) lishayniklar 
10. Bir va ko'p hujayrali organizmlar orasida turuvchi 
organizmlarni aniqlang. 
A) zamburug'lar 
B) koloniya holda yashovchi o'simliklar 
C) yo'sinlar 
D) lishayniklar 
11. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 73,1 nm ga 
teng. DNK molekulasisidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 
nm ga teng bo'lsa, ushbu fragmentda nechta nukleotid bor?
A) 215 B) 430 C) 305 D) 21,5 
12. Qizil qon hujayralarning og'irligi qancha? 
A) 10
-9
g B) 10
-8
g C) 10
-6
mg D) 10
-9
mg 
13. Silliq membranali zich joylashgan sistemalardan iborat 
vakuolalar va kichik pufakchalarni hosil qiluvchi organoidni 
aniqlang. 
A) lizosoma B) Golji majmuasi
C) ribosoma D) mitoxondriya 
14. Qaysi organoidda monosaxarid va disaxaridlardan kraxmal 
hosil bo'ladi, oqsil va moylar to'planadi? 
A) xloroplastlarda 
B) leykoplastlarda 
C) silliq endoplazmatik to'rda 
D) donador endoplazmatik to'rda 


https://t.me/Yazdanov_biologiya

Yazdanov Mahmud +998 99 354 24 68 
10 
15. Qaysi organoidning g'ovak membranalari hisobiga vakuolalar 
hosil bo'ladi? 
A) endoplazmatik to'r 
B) lizosoma 
C) hujayra markazi 
D) mitoxondriya 
16. Katalizator yoki tashish vazifasini bajaruvchi (I), tuzilmalar 
hosil qiluvchi (II), axborot saqlovchi (III) biopolimerlarni 
aniqlang.
a) lipid; b) oqsil; c) nuklein kislota; d) gormon; e) polisaxarid; f) 
aminokislota 
A) I-b; II-b, e; III-c 
B) I-d; II-e, b; III-f
C) I-a; II-e; III-b,c
D) I-e; II-a, b; III-d 
17. Noto'g'ri fikrni toping. 
A) o'simlik hujayralarida uglevodlar ko'p 
B) hayvon hujayralarida nuklein kislotalar ko'p 
C) viruslar oqsil va nuklein kislotalardan iborat 
D) hayvon hujayralarida oqsillar, o'simlik hujayralarida 
uglevodlar ko'p 
18. O'simlik va hayvonlar qaysi moddadan suvni yuqtirmaslik 
maqsadida foydalanadi?
A) yog' B) moy C) mum D) kraxmal 
19. Membranalarning hosil bo'lishida muhim ahamiyatga ega 
bo'lgan moddani aniqlang. 
A) fosfolipid B) nukleoprotein
C) selluloza D) xitin 
20. Organizmlarning yashashi, o'zini-o'zi yangilashi, o'ziga 
o'xshash nasl qoldirishi uchun zarur bo'lgan shartni aniqlang. 
A) moddalar almashinuvi
B) assimilatsiya
C) dissimilatsiya
D) plastik almashinuv 
21.Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab qanday 
guruhlarga bo'linadi? 
A) avtotrof, geterotrof B) avtotrof, fototrof
C) aerob, anaerob D) saprofit, parazit 
22. Oqsilning tarkibi 90 aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar 
orasi 0,34 nm bo'lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi DNK 
fragmentida nechta nukleotid bor va uning uzunligi qancha?
A) 270; 91,8 nm B) 540; 918 nm 
C) 270; 30,6 nm D) 540; 91,8 nm 
23. Qaysi hujayralar tarkibida silliq endoplazmatik to'r yaxshi 
rivojlangan? 
1) yog' bezlari; 2) epiteliy; 3) jigar hujayralari;
4) eritrotsitlar; 5) o'simlik urug'i
A) 1,3,5 B) 2,4,5 C) 1,3,4 D) 1,2,3 
24. O'simlik hujayralarida vakuolalar nimadan hosil bo'ladi? 
A) lizosomadan 
B) endoplazmatik to'rning g'ovak membranalaridan 
C) Golji majmuasidan 
D) plastidalardan 
25.Axborot tashuvchi RNK tarkibida nukleotidlar quyidagi 
nisbatda uchraydi: guanin—31, uratsil-19, sitozin-21, adenin-29. 
Mazkur i-RNK molekulasi asosida uning sintezida ishtirok etgan 
DNK molekulasining tarkibidagi nukleotidlar miqdorini aniqlang. 
A) T=48; A=48; G=52; S=52 
B) T=29; A=19; G=21; S=31 
C) T=29; A=29; G=31; S=31 
D) T=19; A=29; G=21; S=31 
26. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. 
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa, 
nukleotidlar orasi 0,34 nm bo'lsa, bu holda DNK uzunligi necha 
nanometr? 
A) 4250 nm B) 2125 nm
C) 1062,5 nm D) 6250 nm 
27. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 33,32 nm, 
DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga 
teng. Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor?
A) 196 B) 98 C) 89 D) 133 
28. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor. 
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 20%-ini tashkil qilsa, 
bu holda timin nukleotidining soni nechaga teng? 
A) 3125 B) 6250 C) 4320 D) 9375 
29. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. 
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, 
bu holda guanin nukleotidining soni nechaga teng? 
A) 1128 B) 1222 C) 2444 D) 2256 
30. DNK molekulasining tarkibida 1222 adenin nukleotidi bor. 
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 26%-ini tashkil qilsa, 
bu holda DNK ning tarkibida umumiy nukleotidlarning soni 
nechaga teng? 
A) 4700 B) 3540 C) 2350 D) 13500 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin