9 – sinf Biologiya fanidan testlar to’plami



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix15.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#69155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
9-sinf-mavzulashtirilgan-testlar-toplami-

VARIANT N_5 
1. Viruslar qo'zg'atadigan kasalliklarni belgilang.
A) ensefalit, terlama B) qizilcha, quturish
C) qoqshol, gripp D) ensefalit, o'lat 
2. Qaysi organizmlarda DNK halqasimon shaklda bo'lib, 
sitoplazmada joylashgan, membrana bilan o'ralmagan? 
A) batsillalarda B) zamburug'larda 
C) sodda hayvonlarda D) bakteriofaglarda 
3. Nima sababdan hujayra ichidagi harorat deyarli o'zgarmaydi? 
A) suv katta issiqlik sig'imiga va issiqlikni yaxshi o'tkazish 
xususiyatiga ega bo'lganligi uchun 
B) suv kichik issiqlik sig'imiga va issiqlikni yomon o'tkazish 
xususiyatiga ega bo'lganligi uchun 
C) suv katta issiqlik sig'imiga va issiqlikni yomon o'tkazish 
xususiyatiga ega bo'lganligi uchun 
D) suv kichik issiqlik sig'imiga va issiqlikni yaxshi o'tkazish 
xususiyatiga ega bo'lganligi uchun 
4. Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog'liq 
fermentlar qayerda joylashadi? 
A) sitoplazma bo'ylab tarqalgan yoki membranalarning ichki 
tomoniga birikkan 
B) faqat sitoplazma bo'ylab tarqalgan 
C) asosan vakuolalarda saqlanadi 
D) inembrananing tashqi tomoniga birikkan holda joylashadi 
5. Quyidagilardan kichik molekulali organik moddalarni aniqlang. 
1) gormon; 2) DNK; 3) xitin; 4) pigment;
5) kraxmal; 6) shakar; 7) aminokislota;
8) nukleotid; 9) RNK
A) 1, 4, 6, 7, 8 B) 1, 3, 4, 7, 8
C) 3, 4, 6, 7, 9 D) 1, 2, 3, 5, 6 
6. Siklik aminokislotalar berilmagan javobni toping.
A) tirozin, triptofan B) gistidin, triptofan 
C) fenilalanin, gistidin D) sistin, sistein 


https://t.me/Yazdanov_biologiya

Yazdanov Mahmud +998 99 354 24 68 

7. Osh tuzining kuchsiz eritmasida eriydigan oqsillar qanday 
ataladi va ularga nima misol bo'ladi? 
A) albumin; bug'doy, no'xat oqsillari 
B) globulin; tuxiun oqsil 
C) globulin; qon tarkibidagi oqsil 
D) albumin; qon tarkibidagi oqsil 
8. Nuklein kislotalar qanday jarayonlarni amalga oshirishda faol 
ishtirok etadi? 
A) irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o'tkazish, oqsillar 
biosintezi 
B) irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o'tkazish, uglevodlar 
biosintezi 
C) irsiy belgilarni saqlash, yog' va oqsillarni parchalash 
D) yog'larni tashish, irsiy belgilarni nasldan naslga o'tkazish 
9. Genetik kodning muhim xususiyatini belgilang. 
A) unversallik 
B) bitta triplet bitta aminokislotani kodlayli 
C) bitta aminokislotani bir nechta triplet kodlaydi 
D) berilganlarning barchasi 
10. Hujayraning doimiy bo'lmagan tuzilmalarini belgilang. 
A) kiritma, lizosoma 
B) granula, xloroplast 
C) granula, vakuola 
D) granula, mikronaycha 
11. K
+
(1) va Na
+
(2) ionlarining hujayra ichidagi miqdori uning 
tashqarisiga nisbatan qanday bo'ladi? 
a) ko'p; b) kam; c) teng 
A) 1-a; 2-c B) 1-a; 2-b C) 1-a; 2-a D) 1-c;2-c 
12. Aminokislota bilan triplet kodning mos kelishini qaysi modda 
belgilaydi? 
A) i-RNK B) t-RNK
C) r-RNK D) DNK 
13.180 g glukozaning C, H, O atomlari orasidagi bog'larda 
to'plangan potensial energiyaning miqdori qancha (kJ) bo'ladi? 
A) 200 B) 2600 C) 2800 D) 3000 
14. Ozuqa moddalardan ajralgan quvvat qanday jarayonlarda 
ishtirok etadi? 
A) issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi 
B) ATFning energiyaga boy fosfat bog'larida to'planadi 
C) issiqlik energiyasi sifatida yutiladi 
D) issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi, AFTning fosfat bog'larida 
to'planadi 
15. Mikroorganizmlardagi glikoliz jarayonida qanday moddalar 
hosil bo'ladi? 
1) glitserin; 2) sulfat kislota; 3) atseton; 
4) karbonat angidrid; 5) atsetat kislota; 6) sut kislota 
A) 3,5 B) 2, 6 C) 4,6 D) 2, 4 
16. Glukozaning kislorodsiz sharoitda sut kislotagacha 
parchalanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyaning necha foizi 
issiqlik energiyasi sifatida tarqaladi? 
A) 40 B) 60 C) 55 D) 10 
17. Qaysi moddalaming parchalanishida 36 va 38 molekula ATF 
hosil bo'ladi? 
A) sut kislota, spirt
B) glukoza, spirt 
C) sut kislota, glukoza 
D) pirouzum kislota, glukoza 
18. Yumaloq (I), yulduzsimon (II), o'simtasimon (III), 
amyobasimon (IV) shaklga ega bo'lgan hujayralarni ajratib 
ko'rsating. 
a) yog' hujayrasi; b) biriktiruvchi to'qima hujayralari; c) tuxum 
hujayra; d) nerv hujayrasi; e) leykotsitlar 
A) I-a,c; II-b; III-d; IV-b,e 
B) I-a,c; II-b; III-e; IV-d 
C) I-c; II-b; III-a,d; IV-e 
D) I-d; II-a,c; III-b; IV-e 
19. Tirik organizmlaming miqdor va sifat ko'rsatkichlarni 
tasvirlashda qaysi ilmiy-tadqiqot usuli ko'p qo'llaniladi? 
A) kuzatish B) taqqoslash
C) tarixiy D) experimental 
20. Tiriklikning barcha xossalarini o'zida mujassamlashtirgan eng 
kichik birlikni toping.
A) organ B) to'qima
C) hujayra D) biotsenoz 
21. Tiriklikning qaysi xususiyati organizmdagi hujayralarning 
tiklanishi, o'sishi va ishlashini ta'minlaydi? 
A) moddalar almashinuvi B) ko'payish 
C) o’zini-o’zi tiklash D) o'sish va rivojlanish 
22. Moddalar va energiyaning davriy aylanishi (1), dastlabki 
evolyutsion o'zgarishlar (2), energiyani to'plash va taqsimlash (3) 
jarayonlari tiriklikning qaysi darajalariga xos? 
a) hujayra; b) populyatsiya; c) biogeosenoz; 
d) molekula; e) biosfera 
A) 1-e, 2-b, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c 
C) 1-e,2-d, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 
23. Tamaki mozaikasi (1), bakteriofag (2) va hayvonlarda oqsil 
kasalligini qo'zg’atuvchi viruslar (3)ni kashf etgan olimlarni 
aniqlang. 
a) F.Leffler; b) D.Ivanovskiy; c) F. de Erell; 
d) Mak Klintok 
A) 1-b,2-c, 3-a B) 1-d, 2-b, 3-c 
C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-d, 3-c 
24. Virus (I), bakteriya (II), zamburug' (III)lar qo'zg'atuvchi 
kasalliklarni aniqlang. 
1) quturish; 2) qizilcha; 3) o'lat; 4) kuydirgi; 
5) vilt; 6) zang kasalligi 
A) I-1, 2; II-3, 4; III-5, 6 
B) I-4, 6; II-l, 2; III-3, 5 
C) I-1, 2; II-3, 5; III-4, 6 
D) I-3, 4; II-4, 6, III-1, 2 
25. Viruslarga (I) va bakteriyalarga (II) xos belgi hamda xossalarni 
aniqlang. 
1) filtrdan o'ta oladi; 2) hujayra ichi paraziti; 
3) hujayradan tashqarida erkin holatda uchramaydi va ko'payish 
xususiyatiga ega emas; 
4) hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchraydi; 5) erkin 
ko'payish xususiyatiga ega; 
6) yadrosiz organizm; 7) hayotning hujayrasiz shakli; 8) 
hayotning hujayraviy shakli; 
9) tarkibida DNK va RNK mavjud; 10) tarkibida DNK yoki RNK 
bo'ladi 
A) I-1,2,3, 7,10, II-4,5,6,8,9 
B) I-4,5, 6,8,9, II- 1,2,3, 7, 10 
C) I-1,2, 4,6, 8; II-3, 5, 7,9,10 
D) I-1, 2, 3, 8, 9; II- 4, 5, 6, 7, 10 


https://t.me/Yazdanov_biologiya

Yazdanov Mahmud +998 99 354 24 68 

26. Avtotrof bakteriyalar organik moddalar to'plash uchun qaysi 
energiyadan foydalanadilar? 
A) kimyoviy va issiqlik 
B) quyosh va mexanik
C) mexanik va issiqlik
D) quyosh va kimyoviy
27. Ko'k-yashil suvo'tlarning bakteriyalarga o'xshashligi (I) va 
farqini (II) belgilang. 
1) prokariot; 2) eukariot; 3) yadro va membranali 
organoidlari yo'q; 4) hujayra po'sti mureindan 
iborat; 5) hujayra po'sti pektindan iborat; 
6) mitoxondriyasi mavjud; 7) erkin kislorod 
ajratadi 
A) I-1,3, II-2,4 B) I-1,3; II-5, 7
C) I-2,6, II-4 D) I -1,6; II -2, 4 
28. Qaysi suvo'tning sitoplazmasida sentroplazma va 
xromatoplazma qismlari farqlanadi? 
A) nostok B) kladofora
C) ossillatoriya D) ulotriks 
29. Olimlar va ularning kashfiyotlarini mos ravishda juftlab 
bering. 
1) YA.Purkinye; 2) A.Levenguk; 3) R.Virxov;
a) birinchi bo'lib hujayra nazariyasining qoidalarini taklif qilgan; 
b) eritrotsitlarni o'rgangan; c) hujayrasiz hayot yo'qligi va hujayra 
faqat hujayradan ko'payishini isbotlagan;
d) protoplazmani aniqlagan
A) 1-c, 2-d, 3-a B) 1-a, 2-b, 3-d
C) 1-b, 2-d, 3-b D) 1-d, 2-b, 3-c
30. Keltirilgan qoidalardan qaysi biri hujayra nazariyasiga mansub 
emas? 
A) barcha tirik organizmlar hujayradan tashkil topgan 
B) hujayra mustaqil ravishda hayot kechirish xususiyatiga ega 
emas 
C) hujayra hujayradan Ico'payadi 
D) hujayra tirik organizmning tuzilishi va funksional birligi 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin