O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi. Azotning fiziologik ahamiyati
Reja:
O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi haqidagi ta’limotning rivojlanishi.
Mineral elementlarning miqdori o’simliklar tanasidagi miqdori.
Tabiatda azot manbalari. O’zlashtiriladigan azot.
O’simliklar tanasida azotning fiziologik ahamiyati.
Tayanch so’zlar:
Mineral elementlar, tuproq unumdorligi, muhim oziq elementlar, oziqlanish tarixi, suv nazariyasi, gumus nazariyasi, mineral oziqlanish nazariyasi, zaruriy elementlar, kul tarkibi, makroelementlar, mikroelementlar, ultramikroelementlar, azot, turg’un azot, faol azot, nitratlar, ammoniylar, ionlar, aminokislotalar, oqsillar, fermentlar.
O’simliklarning oziqlanishi ikki shakldan iborat bo’lib, havodan va tuproqdan oziqlanish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bu ikki jarayon-fotosintez va mineral elementlarni tuproqdan yutish – birgalikda o’simliklarning avtotroflik xususiyatlarini belgilaydi. Mana shu uzviy bog’liqlik natijasida o’simliklarning organik asosga ega to’qimalari, organlari va umumiy tanasi hosil bo’ladi. Ularning o’sishi va rivojlanishini to’la ta’minlash uchun tuproqdan juda ko’p mineral elementlar yutiladi. Shuning uchun ham bunga o’simliklarning ildiz orqali oziqlanishi deyiladi.
O’simliklarning ildiz orqali oziqlanishida tuproq xususiyatlari va unumdorligi, ayniqsa tuproqning suv o’tkazuvchanlik, havo o’tkazuvchanlik xossalari, tarkibidagi organik moddalar va o’simliklar uchun muhim oziq elementlarni to’plash qobiliyati katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |