2. O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a’zo bo‘lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun ham keng yo‘l ochib berdi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lib, ushbu yo‘nalishda turli tadbirlar o‘tqazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Jahon Banki, Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXXT) va boshqalar O‘zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- "Ekosan", nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi 1985-yilgi ozon qatlamini himoya qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi, 1987-yilgi ozon qatlamini yemiruvchi birikmalar bo‘yicha Bayonnoma (Monreal), 1989-yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish konvensiyasi, 1992-yilgi Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiya, Kioto Bayonnomasi (1998), Cho‘llashishga qarshi ko’rash (1992), Biologik xilma-xillikni saqlash (1993) kabi o‘nga yaqin konvensiyalarga qo‘shilgan. Ushbu yo‘nalishda faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatni muhofazasi sohasidagi har qanday davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, milliy, regional va global darajada yaxshilashning asosidir.
3. O’zbekiston Respublikasi xalqaro tabiatni muhofaza qilish sohasidagi tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlari Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosat strategiyasi bilan belgilanadi va uning muhim tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
teng huquqlik va o’zaro foyda, o’zga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;
hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
tashqi aloqalarni ikki tomonlama va ko’p tomonlama rivojlantirishga kelishish.
Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik muammolarning ko’lami va murakkabligi, tabiiy resurslarning qo’llanilishi va ulardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim masaladir. Shu sababli bu sohalarni moliyalashtirish resurslardan hamkorona foydalanish va mavjud ekologik muammolarni hamkorlikda yechishni taqozo etadi. Shunga bog’liq tarzda O’zbekiston xalqaro ekologik makonda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik asosida integratsiya jaryoniga qo’shilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil BMT ga a’zo bo’ldi. 1993-2004 yillar mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog’lanishlar o’rnatildi: BMT, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha departamenti, YUNIDO, YUNESKO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Taʼlim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST), VMO (Всемирная Метеорологическая Организация), Yer Kengashi, Konventsiya kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF(Global ekologik fond).
Bulardan tashqari O’zbekiston Yevropa hamkorligi doirasida «Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol aloqa bog’lagan. O’zbekiston Yevropa uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik o’rnatib, uning «Yevropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo mintaqasidagi xalqaro tashkilotlar, xususan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, EKO va boshqa qator mamlakatlar bilan o’zviy aloqa bog’lagan. Shuningdek, soha bo’yicha AQSH, Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ham aloqa mavjud.
YUNEP (United Nations Environment Programme) tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik markaz tashkil etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat ko’rsatmoqda.
Orol va Orol bo’yi. 1993 yil 26 martda Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari Qozog’ston Respublikasining Qizil Orda shaxrida Orol va Orolbo’yida ekologik muammolarga bag’ishlangan konferentsiyaga yig’ilib Orol va Orolbo’yi ekologiyasi mavzusida Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasi tuzildi.
Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarining rahbarlari 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Orol va Orol bo’yi muammosiga bag’ishlangan kengash o’tkazdi.
Bu kengashda Orol va Orol bo’yi ekologiyasiga bag’ishlangan tadbirlar ishlab chiqildi.
1995 yil 20 sentyabrda Nukus shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari uchrashuvining eng katta jahon banki Orol muammosiga moliyaviy yordam berishini e’lon qildi.
Olma-otada 1997 yil 28 fevralda Markaziy Osiy mamlakatlari rahbarlari Orol va Orolbo’yi ekologik muammosiga bag’ishlangan «Almati bayonoti» e’lon qilindi.
Orol va Orolbo’yi muammosi bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlarini «Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasini tashkil etish» masalasida 8-9 aprelda 1999 yil I.A.Karimov nutq so’zladi.
Inson va biosfera dasturini bajarishda 80 ortiq mamlakatlar ishtirok etadi.