Maketning tavsifi
Sxemasi 9.4-rasmda keltirilgan maket KP103I unipolyar tranzistor asosida yig‘ilgan kuchaytirgichdir. G1 sozlagich yordamida zatvor-istok kuchlanishi (UZI) ni o‘zgartirish mumkin. Uning qiymatlarini o‘lchash uchun o‘zgarmas kuchlanishni o‘lchov asbob yoki kirish ochiq ossillograf klemmalarga ulanadi. Stok toki qiymatlari maketga o‘rnatilgan milliampermetr (UU-1 ulagich “1” xolatda, shkalasi 20 mA) yordamida o‘lchanadi. Maketda stok zanjiridagi elementlarni ulagichlar holatini o‘zgartirib almashtirish imkoniyati ko‘zda tutilgan: R3 (U9-11 ulagich 10 holatda); R1 va R2, L va S1 yoki S2 (U9-11 ulagich 11 xolatda; U1-2 ulagich 1 holatda (S1) yoki 2 holatda (S2)); kaskadlararo aloqa zanjirida ajratuvchi kondensatorlar S5 yoki S6 (U3-4); yuklama zanjiri parametrlari; S4, R5 (U5-6 ulagich 5 holatda) yoki S7, R5 (U5-6 ulagich 6 holatda). Elementlar parametrlarini bunday o‘zgarishlar imkoniyati kuchaytirgich xarakteristikalariga elementlar parametrlari ta’sirini o‘rganish imkonini tug‘diradi.
Kuchaytirgichning chastotaviy hususiyatlarini korreksiyalash (to‘g‘rilash) uchun maketda S1/S2 kondensatorlar, past chastotalarda R5 rezistor, yuqori chastotalarda L drossel ko‘zda tutilgan.
Maketda o‘rnatilgan elementlarning nominal qiymatlari:
R1=4,7 kOm R6=910 kOm S4=750 pF
R2=4,7 kOm R7=100 kOm S5=4700 pF
R3=2,7 kOm S1=2200 pF S6=130 pF
R4=470 kOm S2=100 pF S7=300 pF
R5=4,7 kOm S3=0,1 mkF L=5500 mkG
a) b)
9.3 – rasm. Korrektorlovchi qo‘shimcha maxsus zanjirli kuchaytirgich (a) va uning past chastotatalardagi ekvivalent sxemasi (b).
Ishni bajarish tartibi
1. Tranzistorning statik (RC=0 U9-11 ulagich 9 holatda) va dinamik (RC=R3 U9-11 ulagich 10 holatda) stok zatvor xarakteristikalarni o‘lchang va bitta chizmada chizing. Dinamik xarakteristikalarda sinusoidal signal buzilishlari minimal bo‘ladigan ishchi nuqtalar tanlang va ularni keyinchalik kuchaytirgichning amplituda (AX) va amplituda-chastotaviy (AChX) tasniflarini o‘lchashda foydalaning.
Zatvor istok orasidagi o‘zgarmas kuchlanish qiymati G1 sozlagich yordamida sozlanadi. Uning qiymatini KT-2 nuqtaga ulangan kirishi “ochiq” ossilograf yoki boshqa o‘zgarmas kuchlanishning ulchov asbob bilan o‘lchanadi. (U1-U ulagich “11” holatda, shkala 20 mA).
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
U1-U HH
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U16-20
|
1
|
2
|
4
|
5
|
9/10/11
|
“11”
|
2
|
2. 5kGts chastotada RC=R1+R2 va RC=R3 bo‘lgan hollar uchun kuchaytirgichning amplitudaviy tasniflarini o‘lchang va bitta chizmaga chizing. Kirishdagi va chiqishdagi kuchlanishlarini o‘lchash uchun millivoltmetr (o‘zgaruvchan kuchlanishlarni o‘lchovchi asbob) yoki ossillograf ishlatish mumkin. Bunda kuchlanishni o‘lchovi asbob mos ravishda NN1 Yoki NN4 (NN5) larga ulanadi.
Stok zanjiridagi R1 rezistorni S2 kondensator bilan shuntlang.
Kuchaytirgichning kirishiga (kirish1) tashqi generatordan sinusoidal kuchlanish bering.
9.4 – rasm. Tadqiq etilayotgan kuchaytirgich bosqichi sxemasi.
Ish davomida ossillograf yordamida chiqish kuchlanishi ko‘rinishini kuzatish zarur. Chiqish signali ossillogrammasini kuzatish bilan bir vaqtda G1 sozlagich yordamida ishchi nuqtaning o‘rnini o‘zgartira boring va chiqish signali buzilishlari eng kichik bo‘ladigan holatni toping.
Sezilarli chiziqli buzilishlar kuzatilmagan holat uchun kirishdagi sinusoidal kuchlanish amplitudasining maksimal UKIR.MAX ni aniqlang.
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsiyenti KU ni toping.
O‘lchashlar natijasiga ko‘ra UChIK=f(UKIR) bog‘lanishni chizing.
Ish bandi
|
Ulagich xolati
|
U1-U HH
|
U1-2
|
U3-4
|
U5-6
|
U16-20
|
2
|
2
|
4
|
6
|
10/11
|
U
|
1/4(5)
|
3. Kuchaytirgichning uch xil variantlari uchun amplituda-chastotaviy tasniflarini o‘lchang va bitta chizmada yarimlogarifmik masshtabda chizing:
Dostları ilə paylaş: |