9-ma’ruza. Algoritmlash va dasturlash asoslari reja: Algoritm tushunchasi. Algoritmning asosiy xossalari Algoritmning tavsiflash usullari


Algoritmning so’z orqali berilishi



Yüklə 41,74 Kb.
səhifə3/6
tarix22.12.2023
ölçüsü41,74 Kb.
#190683
1   2   3   4   5   6
9-Mavzu (1)

Algoritmning so’z orqali berilishi. Bunda ijrochi uchun beriladigan har bir ko’rsatma so’zlar orqali buyruq mazmunida beriladi(yuqorida keltirilgan misollarga e’tibor bering).
Algoritmning formulalar yordamida berilishi. Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo va boshqa aniq fanlarni o’rganishda ko’proq foydalaniladi. Masalan: uchburchakning yuzini uning asosi va balandligi bo’yicha hisoblash formulasi
.
3. Algoritmning jadval ko’rinishida berilishi.
Algoritmning bu ko’rinishida tasvirlanishidan ham ko’p foydalaniladi. Masalan: to’rt xonalik matematik jadvallar yoki turli lotoreya jadvallari. Funksiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmning qiymatlar jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz.
4. Algoritmning dastur shaklida ifodalanishi.
Millionlab kompyuterlarning keng tarqalib ketishi algoritmlarning dastur tarzidagi tasvirining keng ommalashib ketishiga katta turtki berdi. Sababi shundaki, kompyuterlar doimo dasturlar yordamida boshqariladi.
Dasturdagi buyruqlar kompyuter-ijrochiga tushunarli bo’lishi shart. Beriladigan buyruqlar tizimi kompyuter uchun tushunarli tilda bo’lishi yoki shu tilga tarjima qilib berilishi kerak. Hozirgi kunda minglab dasturlash tillari mavjud va yangilari yaratilmoqda. Jumladan, Beysik, Paskal, C va hokazo kabi dasturlash tillari bunga misol bo’ladi.


3. Programmalash tillari haqida ma’lumot
Endi bizning oldimizda algoritmlarni EHM tushinadigan tilda yozish masalasi turadi, buning uchun maxsus algoritmik tillar mavjud. EHM paydo bo`lganidan beri juda ko`plab algoritmik tillar yaratilgan. Ularni shartli ravishda uch tipga ajratish mumkin:
- quyi darajadagi programmalash tillari (mashina tillari)
- o`rta darajadagi programmalash tillari
- yuqori bosqichli programmalash tillari
Quyi darajadagi programmalash tillarida buyruqlar va amallar ma`lum kodlar (raqamlar) bilan ifodalangan bo`lib, ular EHM qurilmalari adreslari bilan bevosita ishlashga mo`ljallangan va mashina tili deb ham yuritiladi.
O`rta darajadagi programmalash tillarida amallar va buyruqlarni (komandalar)ni ifodalash uchun odaм tushunishi uchun qulay bo`lgan har xil qisqartma so`zlardan foydalaniladi. Bunda ham programma tuzuvchi EHM qurilmalari adreslari bilan ishlashi lozim. Bu qisqartmalar-mnemokodlar deyiladi, bu turdagi programmalash tillari assemblerlar deb ataladi.
Yuqori darajadagi programmalash tillarida ko`rsatmalar inson tiliga yaqin bo`lgan so`zlar va birikmalardan iborat bo`lib, programma tuzish uchun juda qulay va biror maxsus amallardan tashqari hollarda adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog`liq ko`rsatmalarni bilish zarur emas. Yuqori bosqich programmalash tillariga misol sifatida FORTRAN, Algol, RL-1, BASIC, PASCAL, С, С++ tillarini keltirish mumkin.
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bo`lishi, yangidан yangi va ma`lum maqsadlarga mo`ljallangan programmalash tillari va muhitlari yaratildi va yaratilmoqda. Ularga misol sifatida dBase, KARAT, LISP, FoxPro, Simula, Delphi, Visual Basic, Visual S , HTML, Java, Java Script kabi tillar va programmalash muhitlarini keltirish mumkin. Hozirgi kunga kelib ob`ektga yo`naltirilgan va vizual programmalash texnologiyalari keng tarqalmoqda.
Paskal programmalash tili N. Virt (SHveytsariya Informatika instituti professori) tomonidan 1968 yilda yaratilgan. 1992 yilda Borland firmasi Paskal tilining SHEHMdagi MS-DOSda amal qiluvchi Turbo-Pascal programmalash paketlarini chiqardi. Programma tuzish paytida programma tuzuvchi uning ixtiyorigа programmalash tili tomonidan beriladigan kategoriyalar bilan fikr yuritadi.
Paskal tilini yaratishda ikki maqsad nazarda tutilgan:
- tushinarli va tabiiy ravishda ifodalangan bir kator fundamental tushunchalarga asoslangan programmalashni o`rgatishga qulay bo`lgan tizimli predmet sifatida yaratish;
- mavjud bo`lgan hisoblash mashinalarida tilni ishlatishning ishonchliligi va samaradorligi.
Paskal programmalash tili eng muhim ikkita tamoyilga asoslangan:
- strukturali programmalash tamoyili (unga klassik strukturali programmalashning asosiy boshqaruvchi strukturalarini amalga oshirish vositalari kiradi);
- berilganlarni tashkil qilishning strukturali tamoyili (u K. Xoar tomonidan taklif etilgan strukturali turlarning to`liq to`plamini oddiy o`zgaruvchilar, massivlar, ketma-ket fayllar, yozuvlar, variantli yozuvlar, ko`rsatkichlar va undan berilganning yangi turlarini yaratishning taraqqiy topgan vositalarni o`z ichiga oladi);
Paskal programmalash tili, zamonaviy programmalashda muhim ahamiyatga ega bo`lgan, programmalarning to`g`riligini isbotlovchi analitik usullarning taraqqiy topishida katta rol o`ynadi. U hozirgi kungacha programmalashning to`g`riligini isbotlashga imkon beradigan programmalash sistemalariga ega bo`lgan yagona tildir.
Paskal programmalash tili, programmaning qismlari yoki butun programma to`g`risida turli xil mulohazalarni isbotlashni ta`minlaydigan, yaxshi matematik apparatga asoslangan. K. Xoarning aksiomatik sistemalari yordamida ifodalanadi. Programmalarni ishlashini "sozlash"ning eski usullari o`rniga, hozirgi paytda paydo bo`layotgan programmalarning to`g`riligini tekshiradigan avtomatik sistemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Albatta, hamma o`zgaruvchilarni tasvirlashni talab qilinishi ortiqcha bo`lib ko`rinishi mumkin, lekin programma yozish osonligiga qaraganda, uning ishonchli bo`lishi muhimroqdir.
1982 yil A. Eddiman rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Paskal programmalash tilining Britaniya standarti yaratildi, u bugungi kunda xalqaro standartga ham aylandi.

Yüklə 41,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin