Tolalarning texnik xususiyatlari
Tola
|
Zichlik,
g/sm3
|
Cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi
MPa · 10–3
|
normal elastiklik moduli
MPa · 10–3
|
Uzulishdagi cho‘zilichi %
|
Polipropilen
|
0,9
|
0,4…0,77
|
3,5…8
|
10…25
|
Polietilen
|
0,95
|
0,7
|
1,4…4,2
|
10
|
Neylon
|
1,1
|
0,77…0,84
|
4,2
|
16…20
|
Akril
|
1,1
|
0,21…0,42
|
2,1
|
25…45
|
Polyester
|
1,4
|
0,73…0,78
|
8,4
|
11…13
|
Paxta
|
1,5
|
0,42…0,7
|
4,9
|
3…10
|
Asbest
|
2,6
|
0,91…3,1
|
68
|
0,6
|
Shisha
|
2,6
|
1,05…3,85
|
70…80
|
1,5…3,5
|
Bazalt
|
2,6
|
1,6…3,6
|
80…110
|
1,4…3,6
|
Pulat tolalar
|
7,8
|
0,80…3,15
|
200
|
3…4
|
Uglerod
|
2,0
|
2
|
245
|
1
|
Qorishma tarkibiga fibr tolalarini kiritish muhim texnologik jarayon hisoblanadi. Chunki tolalar bir joyga to‘planib qolmasligi kerak. Shuning uchun betonni tayyorlashdan oldin to‘ldiruvchilar bilan fibr tolalari aralashtiriladi, so‘ngra sement va suv qo‘shib qorishtiriladi. Bunda maxsus beton qorig‘ichlardan foydalaniladi (qo‘shimcha titratib aralashtiruvchi).
Betondagi dispersli armaturalar zich sement toshi hisobiga zanglashdan yaxshi ximoyalangan bo‘ladi. Ammo zararli muhit ta’sir qiladigan joylarda qo‘llaniladigan betonlarning metall fibr tolalari maxsus tarkiblar bilan qoplanadi (himoya qilinadi).
Fibr tolalari beton bilan mustaxkam birikishi tufayli betonning cho‘zilishga mustaxkamligi 20...40 % ortadi, yoriqbardoshligi va chidamliligi, shuningdek, boshqa xossalari sezilarli darajada yaxshilanadi.
Po‘lat tola. Armatura sifatida ishlatiladigan metall tolalarni ingichka po‘lat simni talab etilgan uzunlikdagi bo‘laklarga kesib olish, ingichka po‘lat listlarni kesish, maxsus yarim tayyor metall mahsulotlarni frezalash, va metall eritmasini qolipga qoyish usulida tayyorlanadi:.
Betonni armaturalashda eng ko‘p ishlatiladigan diametri 0,3 ... 1,6 mm bo‘lgan, uzunligi 30 ... 160 mm bo‘laklarga bo‘linadigan po‘lat tolali tolali segmentlardir (5.2-rasm). Odatda umumiy maqsadlar uchun past uglerodli po‘lat simdan foydalaniladi.
Fibralar ko‘ndalang kesimi har xil konfiguratsiyasiga ega bo‘lishi mumkin: yumaloq, to‘rtburchaklar yoki uchburchak, trapetsiyali.
Betonga birikish mustahkamligini oshirish uchun simli tolalar davriy profilga, uchlari egilib yoki to‘lqinli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Eng yaxshi natijalarni diametri 0,3 mm va uzunligi 25 mm bo‘lgan tolalar beradi. Fibraning diametri 1,6 mm dan oshganda, dispersli armaturalashning beton mustahkamligiga ta’siri samaradorligi keskin kamayadi.
Fibra armatura ishlab chiqarish uchun, ishlatib bo‘lingan standart xizmat muddati tugagan po‘lat arqonlar masalan, konlarda foygalanilgan, osmayo‘larda foygalanilgan va har xil ko‘tarish mexanizmlarida foygalanilgan po‘lat arqonlar.
Chiqindi po‘lat arqonlar bo‘laklarga bo‘linadi, so‘ngra alohida simlarga-tolalarga bo‘linadi va agar kerak bo‘lsa, bug‘, suv yoki (termik ishlov berish) yumshatish yordamida yog‘dan tozalanadi. Po‘lat tolalar bilan armatralangan beton ish samaradorligiga tolalarning beton bilan birikish xususiyati katta ta’sir ko‘rsatadi.
Metall tolalar beton aralashmasiga beton hajmining 1 ... 2,5% miqdorida kiritiladi (og‘irligi bo‘yicha 3 ... 9%, bu 1 m3 qorishma uchun 70 ... 200 kg tolani tashkil etadi). Shuningdek po‘lat tolali armaturaning ijobiy sifati, zich tsement toshlari bilan korroziyadan yaxshi himoyalanganligi hisoblanadi.
Agressiv muhit mavjud bo‘lganda, po‘lat tolalar maxsus qoplamalar bilan himoyalangan bo‘lib, ular odatda tolali armaturaning korroziyaga chidamliligini oshiradi, balki tolalarni betonga yaxshiroq birikishishini ta’minlaydi va shu bilan betonning cho‘zilishga mustahkamligi va uning yoriqbardoshligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |