9-Ma’ruza. Дисперс-аrmaturalanganнган beton Armaturalovchi tolalar va ularning xossalari. Fibro-beton qorishmasini tayyorlash. Temir tolalar bilan mustahkamlangan beton. Reja



Yüklə 39,27 Kb.
səhifə1/8
tarix24.12.2023
ölçüsü39,27 Kb.
#193295
  1   2   3   4   5   6   7   8
Дисперс-аrmaturalanganнган beton Armaturalovchi tolalar va ularn-fayllar.org


Дисперс-аrmaturalanganнган beton Armaturalovchi tolalar va ularning xossalari. Fibro-beton qorishmasini tayyorlash

9-Ma’ruza. Дисперс-аrmaturalanganнган beton. . Armaturalovchi tolalar va ularning xossalari. Fibro-beton qorishmasini tayyorlash.
Temir tolalar bilan mustahkamlangan beton.


Reja:


  • Дисперс-аrmaturalanganнган beton.


  • . Armaturalovchi tolalar va ularning xossalari.


  • Fibro-beton qorishmasini tayyorlash.


  • Temir tolalar bilan mustahkamlangan beton.


Dispers-armaturalangan beton
Fibrobeton-bu dispersli tolasimon armaturalar bilan armaturalangan betondir. Fibrobeton yuqori yoriqbardoshlikka, cho‘zilish bo‘yicha mustaxkamlikka, ishqalanishga qarshilik qilish qobiliyatiga egadir. Bunday betonlardan tayyorlanadigan buyumlar to‘r va karkaslar bilan armaturalanmaydi, shu sababli ularni tayyorlash texnologiyasi ancha qulay va nisbatan kam mehnat sarf qilinadi.
Dispersli tolasimon armaturalar bilan armaturalangan istiqbolli konstruktiv materiallardan biri bo‘lib, hozirgi vaqtda sanoatning turli sohalarda tobora ko‘proq qo‘llaniladigan kompozit materiallarning. kompozit materiallarning keng ko‘lamdagi assortimentini o‘z ichiga oladi.
Dispersli tolasimon armaturalar bilan armaturalash beton matritsa hajmida teng taqsimlangan, kelib chiqishi bo‘yicha xil turdagi metall va metall bo‘lmagan mineral yoki organik tolalarni foydalanish asosida amalga oshiriladi.
Shuning uchun, texnik adabiyotlarda "fibrobeton" yoki ishlatilgan tolalar turiga qarab, po‘lat tolali beton, shisha tolali beton, asbest tsement va boshqa nomlar bilan nomlash keng qo‘llaniladi. Qamishpoya, konopli, kunjut va sholi poyalari, g‘o‘zopoya kabilar tabiiy tolalar beton uchun armaturalovchi elementlar sifatida ham ishlatilishi mumkin. Biroq konstruktiv jihatdan sun’iy tolalarga nisbatan xususiyatlari past.
Tolalarning turiga va maqsadiga qarab, qorishmaga tolalar miqdori, beton hajmining 0,5 dan 4% gacha qo‘shiladi. Fibrobetonning afzalliklari shundan iboratki, qorishmaga qo‘shilgan turli tolalar uning egilishdagi cho‘zilish mustahkamligini oshiradi, sovuqqa chidamliligini, zarbiy mustahkamligini, yeyilishga qarshiligini oshiradi, shuningdek, boshqa bir qator fizik-mexanik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Dispers tolalar bilan armaturalangan betonning yemirilishi darhol yemas, balki asta-sekin sodir bo‘ladi. Dastlab, betonda mikro yoriqlar paydo bo‘ladi, ularning soni asta-sekin o‘sib boradi. Betonda xosil bo‘ladigan uzluksiz yoriqning shakllanishi oddiy betondagiga nisbatan ancha yuqori deformatsiyalarda ro‘y beradi. Betonni dispersli tolalar bilan armaturalaganda uning buzilishi asta sekin sodir bo‘ladi. Fibralar betonning ichki karkasini hosil qilib, uning cho‘zilishga qarshilik qilishiga yordam beradi.
Mexanik yoki termik zarbalarga (yong‘inga) duch kelganda, beton uzoq vaqt davomida armatura yoki chuqur qatlamlarni himoya qiladi. Betonning yuk ostida bo‘lgan bunday xususiytlari, maxsus ish holatida, dispersli armaturalangan buyumlarining ishonchliligini oshirishga yordam beradi.
Dispersli armaturalangan betonning xususiyatlari murakkab geometrik shaklga ega, har xil sifat va har xil fakturalariga ega bo‘lgan qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu maqsadlar uchun turli xil shablonlar roliklar, puanson, an’anaviy va pnevmatik turdagi qoldiqlar, nafaqat qattiq, balki tekis yuzaga ega egiluvchan qoliplar ham qo‘llaniladi.
Fibrobetonning fizik-mexanik xususiyatlari betonda fibrlarning joylashishiga va matritsa bilan tolalarning yopishish mustahkamligiga bog‘liq. Odatda, tolalarni betonga joylashishi tartibsiz xarakterga ega, bu yo‘nalish hajmiy- erkinlik deb ataladi. Biroq, ba’zi hollarda, tolalar konstruksiya yoki buyumning eng kuchli cho‘zilish zonasida joylashadi. Tolalarning betonga (matritsaga) yopishish mustahkamligini oshirish uchun ularga ishlov beriladi ya’ni tolalarning silliqligi yo‘qotiladi. (kesilgan).
O‘z xuxusiyatiga ko‘ra, bir turdagi tola yoki turli tolalar aralashmasi (har xil uzunlikdagi va har xil kompozitsiyali) bilan dispersli armaturalash mumkin.
Dispersli armaturalashlardan foydalanish an’anaviy temir - beton konstruktsiyalar uchun katta qiziqish uyg‘otadi, bunda armaturaning bir qismi tolali armatura (kombinatsiyalangan armatura) bilan almashtiriladi.
Bunday konstruksiyalarni ishlab chiqarishning texnologik usullari ko‘p jihatdan armaturalovchi materiallar turiga, texnologiyasi tamoyillari va dispersli armaturalash usullari esa, ishlatiladigan beton matritsalar turiga bog‘liq.
Amalda, dispersli armaturalangan konstruktsiyalarni ishlab chiqarish uchun odatda yirik to‘ldiruvchilar donadorligi cheklangan miqdordagi oddiy og‘ir beton, sement-qumli qorishma, shuningdek sement yoki gipsli tosh ishlatiladi.
Ba’zi hollarda yengil betondan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Beton turi ishlab chiqariladigan buyum uchun oqilona bo‘lgan dispersli armaturalash turini va dispersli armaturaning geometrik parametrlarining optimal qiymatini aniqlaydi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, dispersli armaturalash konstruktiv elementlar kesimlarining siqilishga, cho‘zilga va egilishga bo‘lgan mustahkamligini oshiradi, ularning yoriqbardoshligini, zarbga chidamliligini, issiqlikka bo‘lgan qarshiligini oshiradi va boshqa fizik -mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi.
Har xil maqsadlarda qullaniladigan konstruktsiyalarda dispersli armaturalangan temir-betondan muvaffaqiyatli foydalanib kelayotganligini devor panellari, tom yopish plitalari, rezervuar taglari, beton qoziqlar, quvurlar, aloqa kanallari uchun novlar, sanoat binolarining pollari, yo‘l va aerodrom qoplamalari, monolit konstruksiyalar va boshqa elementlar misolida ko‘rish mumkin.
Dispersli armaturalash bir qator hollarda konstruksiyalarning material sarfini, ishlab chiqarishning tannarxini va sermehnatlilikni an’anaviy echimlarga nisbatan kamayishiga olib keladi.
Bunga, asosan, konstruktsiyalarda an’anaviy armatura to‘r va karkaslardan foydalanishdan qisman yoki to‘la voz kechish natijasida, shuningdek, ko‘p hollarda beton aralashmasini ishlab chiqarish jarayonida armaturalsh ishlarini to‘g‘ridan -to‘g‘ri beton aralashtirgichga o‘tkazish natijasida erishiladi.
Kelgusida qurilish amaliyotiga dispersli armaturalangan temir-betonni joriy etish, birinchi navbatda, sifatli tolali (fibro) armaturani qo‘llash va qurilish industriyasining mavjud zavodlarida texnologik jarayonlarni o‘zlashtirib olishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

Yüklə 39,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin