9-Ma’ruza. Дисперс-аrmaturalanganнган beton Armaturalovchi tolalar va ularning xossalari. Fibro-beton qorishmasini tayyorlash. Temir tolalar bilan mustahkamlangan beton. Reja



Yüklə 39,27 Kb.
səhifə4/8
tarix24.12.2023
ölçüsü39,27 Kb.
#193295
1   2   3   4   5   6   7   8
Дисперс-аrmaturalanganнган beton Armaturalovchi tolalar va ularn-fayllar.org

Shisha (mineral) tolalar. Ushbu tolalar guruhi eng keng tarqalgan silikat shisha guruhidan va ayrim tog‘ jinslarning eritmasidan, shuningdek asbestdan olinadi. Shisha tolalar bir necha o‘nlab mikrometre diametrli va uzunligi 20...40 mm. ular yuqori cho‘zilsh musnahkamligiga ega (1500 ... 3000 MPa), ularning deformatsiya moduli sement toshidan yuqori. Shisha tolasining chiziqli kengayishining harorat koeffitsienti sement toshining koeffitsientiga yaqin. Shisha va mineral tolalarni armaturalash sifatida ishlatish yupqa devorli konstruksiyalarda juda foydali, chunki u kamyob bo‘lgan po‘latni tejash imkonini beradi.
Shisha tolalar beton qorishmasiga beton hajmining 1 ... 4% miqdorida kiritiladi. Ular, elastiklik moduli yuqori bo‘lgan po‘lat tolalar singari, betonning cho‘zilishga mustahkamligi va uning yoriqbardoshligini oshiradi.
Bazalt tolalari. Bu tolalar birinchi marta 60 -yillarning boshlarida olingan. Ukrainadagi Yanova Dolina konidan bazaltdan yupqa iplar shaklida.
Bu maqsadlar uchun bir komponentli dastlabki xom ashyo sifatida bazaltlar, gabbrodoleritlar, diabazalar, porfiritlar va boshqa shunga o‘xshash jinslar ishlatiladi.
Tola olish uchun ishlatiladigan tog‘ jinslarning maydalanganidan keyin fraktsiyalarining o‘lchamlari 3 ... 70 mm. bo‘ladi.
Bazalt tolalaridan dispersl armaturalangan beton texnologiyasidan foydalanish imkoniyati quyidagi to‘rtta sababga bog‘liq:
birinchidan, sun'iy tolalar modifikatsiyasining hech birida bazalt tolalari kabi dastlabki xom ashyo bazasi yo‘q;
• ikkinchidan, bazalt tolalarini ishlab chiqarish va ishlatish, masalan, asbest asosidagi tabiiy tolalardan farqli o‘laroq, ekologik toza;
• uchinchidan, bazalt tolalari yuqori mustahkamlikka ega, ularni yuqori mustahkamli shisha tolalar mustahkamligiga solishtirganda bazalt tolalarining elastiklik moduli shisha tolalarga qaraganda 15 ... 20% yuqori;
•To‘rtinchidan, bazalt tolalar, shisha tolalardan farqli o‘laroq, bir bosqichli texnologiya yordamida olinadi va ko‘p komponentli shixta ishlab chiqarish, uni eritmaga aylantirish va shisha sharlar hosil qilish uchun ancha zahmatli texnologik operatsiyalarni bajarishning hojati yo‘q, bu tolaning narxini pasaytirish imkonini beradi.
Bazalt tolalarini qo‘llash sohalari ularning turiga va ulardan olingan mahsulot turiga qarab belgilanadi. Sement va beton matritsalarni armaturalash uchun diametri 80 dan 400 mikrongacha va uzunligi 75 ± 25 mm bo‘lgan dag‘al bazalt tolalar quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi: qoplama plitalari, gazobetondan yasalgan devorbop buyumlari, sokol plitalari, olinmaydigan qoliplar, yo‘l va trotuar plitalari, yupqa devorli fazoviy elementlar, kichik me’moriy shakllar va boshqalar.

Yüklə 39,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin