9-ma‘ruza. IX bob. Sanoat korxonalarida shamollatish qurilmalariga



Yüklə 456,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix26.09.2023
ölçüsü456,18 Kb.
#149064
1   2   3   4
9-Sanoat korxonalarida shamollarish qurilmalariga qo’yiladigan asosiy talablar

Umumiy shamollatish.
Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib 
chiqayotgan bar xil zararli moddalarni shamol yo'nalishtirish vositasi bilan 
birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo'lmasa yoki ajralib chiqayotgan 
moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan 
bo'lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo'llash imkoniyati 
yo'qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. 
Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko'p ajralib 
chiqayotgan .zonaga o'rnatish kerak. 
Ishlab chiqarish zonalarida yig'ilgan havodagi zararli moddalar shaxta va 
fonarlar, shuningdek, havo almashtirish maqsadida o'rnatilgan havo qabul qilish 
vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Sof havoni esa yuqorida ko'rsatib 
o'tilgan vositalarning biri yordamida amalga oshirish mumkin. Qanday yo'l bilan 
xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig’ilgan havoni chiqarib yuborishl 
usullari, zararli moddaning xona bo'ylab tarqalish xususiyatiga bog’liq bo'ladi. 
Masalan, agar sexda ko'plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo'lgan mashina va 


2
mexanizmlar o'rnatilgan bo'lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan 
shamollatish usullari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega 
bo'lgan jihozlarni sex bo'ylab joyiashtirish ham katta ahamiyatga ega. 
Shuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim 
sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to'g’i 
joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo'lsa, shamollatish vositalarini 
o'rnatish ham shunchalik osonlashadi. 
Shamollatish vositalarini o'rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy 
kamxarj bo'lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash 
zarur. 
Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta'minlash. Sanoat 
korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo'lsa, unda 
hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: 
bu yerda, G- cliiqarilib tashlanishi kerak bo'lgan havo miqdori, kg s; 
Q
or t
- ortiqcha issiqlik miqdori. 
Ortiqcha issiqlik miqdori, xonada ajralayotgan issiqlik miqdori orasidagi 
ayirmadan iborat bo'ladi. Bunda issiqlik balansini o'rtacha issiq, sovuq va issiq 
davrga ayrim-ayrim hisoblash tavsiya qilinadi. 
Issiq sharoit uchun issiqlik balansini quyidagicha yozish mumkin: 
t
T > 
10
°C, Q
ort
= S Q '+ Q
rad
- (
Q
1
+ Q
2
+ Q
3
+Q
4

O'rtacha va sovuq davr uchun: 
tT > 10°C, CW = 2 Q ~ (Q
1
+>Q
2
+ Q
3
+ Q
4
+ Q
5
+Q
6

bunda, 
£
Q — xonadagi hamma issqlik manbalaridan ajralayotgan 
issiqlik miqdori, kkal soat; Q
rad
- quyosh nuri ta'sirida hosil bo'ladigan issiqlik 
miqdori, kkal soat; 
Q
1
— xonaga kiritilgan materiallarning isishi uchun sarflanadigan issiqliki, kkal 
soat; 
Q
2
- sovuq yuzalar bilan yutiladigaix issiqlik'miqdori, kkal soat; 
Q
3
— joylardagi shamollatish vositalari orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, 
kkal soat; 
Q
4
— devorlar orqali yo'qotiladigan issiqlik miqdori, kkal soat; xonaga 
tirqishlardan kirgan havoni isitishga sarflanadigan issiqlik, kkal soat. 
Yuqorida keltirilgan formulada th — chiqarib yuborilayotgan havoning 
temperaturasi hisobga, olingan. Uni belgilash uchun issiqlik ajralayotgan 
jihozlarning sathini xonaning balandligi va o'rnatilgan jihozlarning zichligini 
hisobga olish kerak bo'ladi. 
Ishchi zonasidagi havoni isitishga esa hamma ajralib chiqayotgan issiqlik 
sarflanmasdan, balki isitish issiqligigina sarflanadi. 
Ishchi zonasidagi , havonl isitishga esa, hamma ajralib chiqayotgan Qort 
issiqlik sarflanmaisdan, balki isitish issiqliqligi Qii sarflanadi. Hisoblashlarda 
xatoliklarning oldini olish quyidagi koeffitsiyentni kiritamiz. 
bunda,tii-ishchi zonadagi havoning issiqligi, 
0
C; t- oqim bilan beriliyotgan 


3
havoning issiqligi, 
0
C; t
x
- chiqarib yuborilayotgan hau\voning issiqligi,
0
C. 
Bu koeffisiyent havoning amaliy miqdorini bilgan holda chiqarilib 
yuborilayotgan havoning haroratini aniqlash imkoniyatini tug’diradi. 
Ba’zi bir xonaning balandligi 4m dan ortiq bo’lgan holatlar chiqarib 
yuborilayotgan havoning miqdori harorat gradienti usuli bilan aniqlashi mumkin. 
th= tii+ 

(H-2) 
Bu yerda, -xonaning har metr balandligiga belgilangan harorat gradienti,
0
C; H-
xonaning polidan havo chiqarib yuborish zonasigacha bo’lgan balandligi,m. 
Hisoblangan almashtirilgan havo miqdori yuqorida belgilangan havo 
almashtirish koeffitsiyentini qo’shib hisoblaganda quyidagi holga keladi: 
(1) 
Agar binoning ba’zi uchastkalarida mahalliy shamollatish sistemalari 
o’rnatilgan bo’lsa, unda: 
(2) 
bu yerda, Q
4
-mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib yuboriladigan 
issiqlik miqdori,kkal soat; G
4
-mahalliy shamollatish vositalari yordamida chiqarib 
yuborilayotgan havo miqdori,kg/soat. 
Mahalliy shamollatish natijasida chiqarilib yuborilayotgan issiqlik miqdori 
quyidagicha aniqlanadi: 
(3) ni (2)ga qo'ysak, 
Agar koeffltsiyent m ni yuqorida; keltirilgan qiyittat bilan almashtirsak, 
Xonalarga borilay
otgan %mumiy shamollatish samaradoriigini havo 
almashtirish , darajasini n belgilovchi koeffltsiyent orqali ifodalanadi: 
bunda, K— havo almashtirish darajasini belgilovchi koeffltsiyent; L-ventilator 
yordamida xonaga yuborilayotgan yoki xonadan so'rib olinayotgan havo miqdori, 


4
m
3
soat; V—xonaning hajmi, m
3

7-rasm. Markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator. 
Bu birlik bir soat davomida xona ichidagi havo nee ha marta yangilanayotganini 
ko'rsatadi. 
Ventilatorlarning markazdan qochma (7-rasm) va o'q bo'ylab (8- rasm) havo 
harakati hosil qiluvchi turlari mavjud. Markazdan qochma kuchga asoslangan 
ventilatorlar har xil konstruksiyaga ega bo'lishlari mumkin. Ularni turlarga 
bo'lishda qanday ish uchun tavsiya etilganligi va hosil qiladigan bosimi hisobga 
olinadi. Hosil qiladigan bosimi bo'yicha past bosimli ventilatorlar (R>I kPa yoki 
100 kg/sm ), o'rtacha R > Z kPa, yoki 300 kg/sm va yuqoribosimli R< Z kPa 
bo'lishi mumkin. 
8-rasm. O'q bo'ylab havo harakatini ta'minlovchi ventilator. 
Markazdan qochma kuchga asosolangan ventilatorlar asosan spiralsimon tashqi 
qobiqqa joylashtirilgan kurakchali g'ildirakdan tashkil topgan. G'ildirak aylanma 
harakat qilishi asosida kurakchalarga urilgan havo kuch bilan tashqarigai markaziy 
o'qqa perpendikular ravishda markazdan qochma kuch asosida harakatlantirilib 
yuboriladi va bu havo spiralsimon tashqi qobiq bo'ylab yo'naltiriladi. Bunday 
markazdan qochma kuchga asoslangan ventilator anchagina katta bosimdagi havo 
harakatini ta'minlay oladi. 


5
9-rasm. SP7-40 N8 ventilatorning aerodinamik ko'rsatkichlari. 
Ventilatorlar qanday maqsadlarda foydalanishga qarab ma'lum nomerlarga va 
markazlarga ega bo'ladi. Ventilatorlarning nomeri uning ishchi kurakchali 
g'ildiragining dm larida ifodalangan diametridir, ya'ni N 4 bo'lsa, unda kurakchali 
g'ildiragi 
400 
mm 
li 
ventilyatorlar 
tushuniladi. 
Markazdan. 
qochma 
ventilatorlarning hamma o'lchanadigan birliklari GOST 10616-73 «Markazdan 
qochma va o'q bo'ylab, harakat hosil qiluvchi ventilatorlar. Asosiy o'lchamlari va 
xususiyatlari»da ventilatorlarning I danu 50 nomergacha keltirilgan va izohlangan. 
Ventilatorlarning kurakchali g'ildiragini elektrodvigatel yordamida harakatga 
keltiriladi. 
Ventilator tuzilishi va ishlatiladigan joyiga qarab turli-tuman ko'rinishlarga ega. 
Masalan, changli havoni harakatga keltirish uchun ishlatiladigan ventilatorlar SP7-
40 tartibidagh ventilatorlar seriyasini tashkil qiladi va bular birmuncha mustahkam 
ishchi g'ildirakka ega bo'lib 74 tadan sakkiztagacha kurakchat bilan ta'minlangan 
bo'ladi. Bunday kurakchalarning siyrak joylashuvchi ventilatorlarga har xil havo 
tarkibidagi tolasimon materiallar va changning tiqilib qolmasligini ta'minlaydi. 9-
rasmda SP7-40 ventilatorlarning ish unumi, hosil qiladigan bosimi kurakchali 
g'ildiragining aylanish soni ham foydali ish koeffitsiyenti o'rtasidagi umumiy 
bog'lanishlar keltirilgan. Har bir ventilator tuchun bunday chizmalarning berilishi 
kerakli joyga munosib ventilator tanlab o'rnatish imkoniyatini beradi. O'q bo'ylabr 
havo harakati hosil qiluvchi ventilatorlarningv bosimi kam bo'lib (30:3000Pa), 
ammo ancha ko'p miqdorda havoni harakatlantirish imkoniyatiga ega. Bir-biridan 
parraklarining tuzilishi bilan farqlanadigan ventilatorlar mavjud. Ular ichida eng 
ko'p tarqalgani tomga o'rnatiladigan ventilator bo'lib (10-rasm), mashinasozlik 
sanoati korxonalari xonalarini umumiy shambllatishda keng qo'llaniladi. 


6
10-rasm. Tomga o'rnatiladigan ventilatorlar: 
9.2. Tabiiy shamollatish
Tabiiy shamollatish tashqaridan bino ichiga kiigan sovuq havo bino ichidagi 
issiqlik hisobiga issiqlik qabul qilib, isigandan keyin hajmi kengayganligi sababli 
yengillashib binoning yuqori tomonlariga qarab harakatlanadi va agar biz binoning 
yuqori qismida havoning chiqib ketishi uchun truba yoki tirqishlar hosil qilsak, 
unda biz,havoni tashqariga chiqarib yuborish imkoniyatiga ega bo'lamiz. Biz 
jarayon har qanday sanoat korxonasi binosida, shuningdek, har qanday binoda, 
ayniqsa, sovuq faslda uzluksiz davom etadi va bu hodisani aeratsiya deb yuritiladi. 
Mashinasozlik sanoati korxonalarida, ayniqsa, ko'p miqdorda issiqlik ajralishi 
bilan kechadigan jarayonlarda tabiiy shamollatishning ahamiyati nihoyatda katta 
bo'iadi. Chunki bu sexlarda almashtiriladigan havoning miqdori juda katta 
bo'lganligi sababli mexanik shamollatishga juda katta mablag' sarflashga to'g'ri 
keladi. Bunday issiq sexlarda ajralib chiqayotgan issiqlikni tabiiy shamollatish yo'li 
bilan chiqarib yuborish anchagina iqtisodiy samara berishini hisobga olish kerak. 


7
Bunda asosiy e'tiborni havoni kirish yo'nalishlari va chiqish joylarini ta'minlash 
katta rol o'ynaydi. Ma'lumki, issiq havo yuqoriga qarab ko’tariladi, sovuq havo esa 
pastga yo'naladi. Shuning uchun ko'p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi sexlarda 
sovuq havoni poldan 4 m balandlikdan berish maqsadga muvoflq hisoblanadi. 
Sovuq havo pastga , qarab yo'nalishi borasida issiq havo bilan aralashadi, isiydi va 
vujudga kelgan tabiiy oqimlar harakatiga qo'shilib uzluksiz harakat hosil qiladi. Bu 
uzluksiz harakat davomida oqimlarga yangidan-yangi miqdorlar qo'shilishi 
natijasida yuqori to’siqlar tomon yo'naladi va bir qismi tabiiy shamollatish 
tirqishlaridan tashqariga chiqib ketadi, bir qismi esa sovib yana pastga qarab 
yo'naladi va bu bilan havoning xona ichidagi aylanma harakatini kuchaytirishga o'z 
hissasini qo'shadi. Shunday qilib, binolarning ichida havo harakatining tutash 
oqimlari vujudga keladi. Buni 11-rasmda ko'rsatilgan sxemada ifodalash mumkin. 
Agar tashqarida havo nihoyatda issiq bo'lsa, (30—40 °C atrofida) tabiiy 
shamollatish ehtiyoji oshadi. 
11-rasm. Tabiiy shamollatishda sanoat korxonasida hosil
bo’ladigan bosimlaniing taqsimlanish. 
Tabiiy shamollatishni hisoblash, asosan, ma'lum isish hisobiga yengillashib, 
binoning yuqori qisimlarida yig'ilgan ortiqcha bosimni, biron-bir havo chiqarib 
yuborish joyidan chiqarib yuborishga mo'ljallangan. Ko'ndalang kesimga ega 
bo'lgan sexga umumiy havo bosimi asosida belgilab olasak, ma'lum balandlikka 
ko'tarilgan havo isib, xona haroratiga tenglashgan chizig'i deb faraz qilaylik. Shu 
chiziqdan yuqori tomonda bosim ortiqcha bo'lib, past tomonda birmuncha kam 
bo'lishini grafikda ko'rinib turibdi. 
Hosil bo'lgan ortiqcha bosimi balandlik hisobiga bo'lganligidan uni quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
bunda, H—quyi havo kirish joyi bilan yuqoridagi havo chiqish joyi orasidagi 
balandlik; 
=tashqaridagi havoning zichligi, kg/m 
=ichkaridagi havoning zichligi,kg m. 
Bundan tashqari tabiiy havo almashish shamol ta'sirida ham bo'lishi mumkin. 
Agar binoga shamol urilayotgan tomondagi bosim (12-rasm) shamol hisobiga 
birmuncha ijobiy bo'lsa, shamol urmayotgan tomonda bosim salbiy yo'nalishda 
bo'ladi va buni quyidagicha ifodalash mumkin: 


8
P= P1-P2 
bunda, P
1
-shamol urilayotgan tomondagi bosim P
2
-shamol urilmayotgandagi 
tomondagi bosim. 
7-
rasm. Shamol ta'siri havo almashtirish miqdorini oshiruvchi 
qurilma (deflektor). 
Agar binoga har ikkala bosim kuchi tabiiy shamollatish vazifasini bajarayapti 
deb hisoblasak: 
aP =(r 

Yüklə 456,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin