9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi: Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari shahar hududidan oqova suvlarni



Yüklə 364,96 Kb.
səhifə1/4
tarix08.05.2023
ölçüsü364,96 Kb.
#109674
  1   2   3   4
9-ma\'ruza Xudayberganov B.A

9-Ma‘ruza mashg‘uloti mavzusi:Shahar hududini yo’g’ingarchilik suvlaridan ximoyalash. Qor va yomg’ir suvlarini bartaraf qilishning chora-tadbirlari. Reja. 1. Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lish sabablari 2. Shahar hududidan oqova suvlarni qochirish


Qor –yomg‘ir suvlari – bu zamin tarkibidagi namlikning va suv havzalarining bug‘lanishi natijasida atmosferadan yog‘ingarchilik tufayli yer yuzasiga qaytib tushadigan suvlardir.
Qor – yomg‘ir suvlari tabiiy nishablik bo‘ylab, irmoqlar, soylar hamda o‘zanlardan daryo va ko‘llarga qarab oqadi. Ular o‘z oqimidagi barcha pastqamlik va suv oqmaydigan joylarni toshqin sifatida bosib, qumliklar hosil qiladi. Bunday hollarda tuproq erroziyasi tezlashadi va jarliklar hosil bo‘lishi, ko‘chkilarning o‘pirilishi, yer osti suv sathining ko‘tarilishi va shunga o‘xshash zaminning fizik mexanik xususiyatlarining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Tuproqning ortiqcha namlanishi uning yuk ko‘tarish qobiliyatini pasaytiradi. Bu o‘z navbatida, bino va inshootlar qurilishini qiyinlashtiradi.
Qor – yomg‘ir suvlarining paydo bo‘lishi shaharsozlikda hisobga olinmasa, shahar hududini pastqam joylari, binolar, ularning yer to‘lalari va shahar ko‘chalarini suv bosadi.
Yomg‘ir suvi oqimining paydo bo‘lishi uchun suv qatlami 2 mm bo‘lishi yetarli bo‘ladi. Kuchli yomg‘ir esa 1 daqiqada 0,5 mm va 10 daqiqadan 20 daqiqagacha 0,3 mm qalinlikda yog‘adigan yomg‘ir ta’sirida paydo bo‘ladi.
Jadal yomg‘ir suvlari – bu qisqa vaqt davomida yog‘adigan yomg‘ir suvlaridir. Undagi yomg‘ir suvining qatlam bo‘yicha hajmiy miqdori quyidagicha aniqlanadi:
qatlam sifatida
mm/min
a/s 1 ga
hajmi sifatida
bu yerda, i – yomg‘irning qatlam bo‘yicha jadalligi, mm/daq; q – hajm bo‘yicha jadalligi, l/s 1 ga; h – yoqqan yomg‘ir qatlamining qalinligi, mm; t – yomg‘ir yog‘ish muddati (davomi), daq; 166,7 – qatlamdan hajmga o‘tkazuvchi modul.
10000 – dagi maydonni m2 ga aylantirilgan yuzasi.
1000 – 1 m3 ning litrga aylantirilgan hajmi.
1000 – 1 metrning mm ga aylantirilgan miqdori.
Yomg‘ir yog‘ish davri yomg‘ir o‘lchagich asbobi yordamida, yomg‘ir yog‘ish davomida soat yoki daqiqalarda aniqlanadi.
Qor – yomg‘ir suvlarining shahar hududida me’yoridan ziyod paydo bo‘lishi, ularni shahar tashqarisiga olib chiqish muammosini tug‘diradi. Bunday tadbirlarni olib borishda shahar hududini tikka rejalashtirish loyihasini to‘g‘ri amalga oshirish yaxshi samara beradi.
Shahar hududida injenerlik tayyorgarligini olib borish uchun qor – yomg‘ir suvlarining nishablik bo‘yicha oqishiga asosiy e’tibor beriladi. Chunki, u qiyaliklarni va tog‘ yon bag‘irlaridagi tuproqni yuvishi, yemirishi, jarliklar hosil qilishi va zaminda ko‘chkilarni paydo qilishi mumkin.
Qor – yomg‘ir suvlarini shahar hududidan tashqariga oqizishning hisobiga uning ma’lum qismini zaminga singishini inobatga olsak, oqova suvlar miqdori kamayadi. Natijada yer ostida joylashgan barcha injenerlik tarmoqlarining ishonchlilik darajasi pasayib ketadi.
Suv oqizish murakkab bo‘lgan hududlarda botqoqliklarning paydo bo‘lishi va zamin qatlamida namlikning oshib ketishi, uning yuk ko‘tarish qobiliyatini pasaytirish bilan birga ko‘chki va jarliklarning rivojlanishiga ham olib keladi.
Shaharsozlikda qor – yomg‘ir suvlarini qochirish uchun tikka rejalashtirish, suv qochirgich silsilasini hal qilishi, relefning holati, zamin va gidrogeologik sharoitlarni birgalikda hisobga olgan holda bajariladi. Bunda, odatda, suv chiqariladigan joy sifatida daryo, ko‘l, irmoq yoki jarliklar tanlanadi.

Yüklə 364,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin