9.3. Shamol generatori. Shamol generatori (shamol elektr qurilmasi yoki SHEQ) shamol
oqimining kinetik energiyasi parraklarning aylanishi hisobiga mexanik
energiyaga aylantirib, so'ngra uni elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan.
Shamol generatorlari uchta toifaga bo'linishi mumkin: sanoat, savdo va
maishiy (xususiy foydalanish uchun).
Sanoat qurilmalari davlat yoki yirik energetika kompaniyalari tomonidan
o'rnatiladi. Odatda, ular umumiy tarmoqda birlashtiriladi va natijada shamol
elektr stansiyasilarini tashkil qiladi. An‘anaviy (issiqlik, atom) energiya
manbalaridan asosiy farqi xomashyo talab qilmaydi va chiqindilarni umuman
chiqarmaydi. SHES uchun yagona muhim talab o'rtacha yillik shamol oqimidir.
Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 8 MVt ga yetdi.
Shamol generatorining quvvati shamol tezligi va N=pSV
3
/2 bilan
belgilangan havo oqimining (N) kuchiga bog'liq bo'lib, bunda V-shamol tezligi,
p-havo zichligi, S-parraklar aylanadigan yuza.
12.3.1-rasm. Shimoliy dengizga o'rnatilgan sanoat shamol generatorlari.
Shamol generatorlarining parraklari soniga, ularni ishlab chiqarishda
qo'llanilgan materiallarga va aylanish o'qiga ko'ra tasniflari mavjud.
Shamol generatorining ikkita asosiy turi mavjud:
vertikal aylanish o'qi asosidagi ("karusel" — rotor ("rotor
Savonius", yoki "aka-uka Voroninlar rotori" 1924-yil oktabr oyida rus
ixtirochilari aka-uka Ya.A. va A.A.Voroninlar ko'ndalang rotor turbinasining
ixtirosi uchun patent olganlar, 1925-yili esa fin sanoatchisi Sigurd Savonius
bunday turbinalarni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etgan;
aylanish o'qi gorizontal bo'lgan shamol generatorlari. Ular 40%
gacha bo'lgan samaradorlikka ega bo'lib, kichik parraklar va kichik ko'p
pog'onali tezlik bilan aylanadi.