Ushbu shamol generatorining po'lat minorasi suv ostida 100 metr
chuqurlikda joylashgan. Suv ustidagi minorasining balandligi 65 metr bo'lgan.
Parraklarining aylanish diametri 82,4 metrni tashkil etgan.
Shamol
generatorining minorasini barqarorligini ta‘minlash
maqsadida uning pastki
qismi ma‘lum bir chuqurlikka botishi uchun balans (shag'al va toshlar)
joylashtirilgan.
Shu bilan birga, minoraning pastki qismida o'rnatilgan
langarlarni uchta po'lat tros ushlab turgan. Elektr
toki suv osti kabeli orqali
qirg'oqqa uzatilgan. Bu kompaniya 2017-yilda turbina quvvatini 6 MVtga,
parraklarining diametrini —154 metrga yetkazdi.
Tog'li shamol elektr stansiyalari
2011-yil Qozog'istoning Jambul viloyatining Ko'rday davonida 1,5 MVt
quvvatga ega tog'li shamol elektr stansiyasi (SHES) ishga tushirildi. Platforma
dengiz sathidan 1200 metr balandlikda o'rnatildi. Bu yerda o'rtacha yillik shamol
tezligi 5,9 m/sekni tashkil qiladi.
9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
Shamol elektr stansiyalarining afzalliklari
• Shamol elektr stansiyalari atrof muhitni zararli chiqindilar bilan
ifloslantirmaydi.
• Shamol energiyasi ma‘lum sharoitlarda qayta tiklanmaydigan energiya
manbalari asosida olinadigan elektr energiyasini tushim narxi bilan raqobatlasha
oladi.
• Qayta tiklanadigan, tugallanmaydigan energiya manbasidan foydalanish,
uni qazib olish va tashish jarayonida sarf bo'ladigan yoqilg'ini tejaydi.
• Yaqin atrofdagi hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va
qishloq xo'jaligi sohalarida to'liq ishlatilishi mumkin.
• Olingan energiya birligi uchun barqaror xarajatlar, shuningdek an‘anaviy
energiya manbalariga nisbatan iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshiradi.
• Energiya uzatishda minimal yo'qotishlar -
shamol elektr stansiyasini
to'g'ridan-to'g'ri iste‘molchilarga yaqin yoki uzoq masofada qurish mumkin, bu
an‘anaviy energiya manbaidan foydalanishda tarmoqqa maxsus ulanishlarni
talab qiladi.
• Oson xizmat ko'rsatish, tezkor o'rnatish, foydalanishda kam xarajatlar
talab
etadi.
• Shamol energiyasining manbayi tabiatni o'zi bo'lib, bitmas tuganmas
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: