Bu yerda ushbu tuzilmaga 4+30+20+4=58 bayt xotiradan joy ajratiladi. Yozuvlarni dasturda ifodalash:
struct Talaba{ int i;
char fio[30]; char adres[20]; float ball;
}
Yuqorida biz yozuv toifasini e’lon qildik. Bu foydalanuvchi tomonida aniqlanadigan toifa hisoblanadi. Endi shu toifadagi o’zgaruvchini e’lon qilishimiz mumkin.
Talaba t1;
Bu yerda endi t1 nomli talabaning yuqorida keltirilganidek maydonlardan iborat yozuv paydo bo’ldi. Uning maydonlariga murojaat qilish va qiymat berish quyidagicha amalga oshiriladi.
t1.fio=”Abdullayev Abdulla”;
Yozuvlar ustida turli amallarni bajarish mumkin. - Maydonlariga qiymat o’zlashtirish
-
Solishtirish
- Maydonlarining toifasidan kelib chiqqan xolda maydonlar ustida amal bajarish mumkin.
Quyida ba’zi bir misollarni keltiramiz, unda
myCar nomli yozuivning maydonlariga qiymatla o’zlashtiriladi:
struct Car {
int x_coor; int y_coor; string name;
};
Car myCar;
myCar.x_coor = 40; myCar.y_coor = 40; myCar.name = "Porche";