9-ma’ruza. Urug’ va mag’izni yanchish uskunalari


Beshvalikli yanchish stanogi VS-5



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə2/4
tarix02.01.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#44433
1   2   3   4
9-Maruza matini

Beshvalikli yanchish stanogi VS-5

Vazifasi: Moyli urug’lar va ularning mag’zini ezib va qisman ishqalab maydalash uchun ishlatiladi.

Sxemasi, tuzilishi va ishlashi:

A - maxsulot kiradigan joy-ta’minlovchi. B - demontaj qilinadigan yoni.

S - xizmat qilish yoni. D - reduktor. E - ta’minlovchi valikning shkivi, diametri 335 mm. F - ta’minlovchi valikni aylantiruvchi shkiv, diametri 125 mm. H - apparatning o’q chizig’i.G - 4-valikning o’q chizig’i. J - 5-valikning o’q chizig’i. I, II, III, IV, V - birinchi, ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi, beshinchi valiklar. n - aylanish tezligi, aylG’min.

Stanok 5 ta valikdan iborat bo’lib, ular bir-birining ustiga qo’yilgan va cho’yan ustunlar yordamida ushlab turiladi. Bu ustunlar og’ir cho’yan plitaga boltlar bilan tiklab qo’yilgan. Valiklarning ikkala uchida bir juftdan o’rnatilgan bu cho’yan ustunlar valiklarning podshipniklarini buksalari bilan birga ushlab turadi. Ustunlar juft qo’yilganligi uchun ular orasida valiklarni ushlab turgan podshipniklar buksalari bilan birgalikda vertikal yo’nalishda erkin siljib tura oladi.



Besh valli yanchish stanogi VS – 5



1 – stashna; 2 – kolkonlar; 3 – ishchi vallar; 4 – pichoklar; 5 – uzatma.

Stanokning asosiy ish organlari bo’lgan valiklar maxsus texnologiya asosida, puxta tarkibga ega bo’lgan cho’yandan ichi kavak qilib, diametri 400 mm, uzunligi 1250 mm qilib yasaladi. Kavak cho’yanning o’rtasidan po’lat o’q katta bosim ostida presslab o’tkaziladi. O’q valikning ichida buralib ketmasligi uchun shponka yordamida biriktiriladi.

2-5 valiklar sharchali podshipniklarda, 1 valik (asosiy) - rolikli podshipniklarda turadi. Yuqorigi 5 valik narezkali (ariqchali) bo’lganligi uchun yanchilayotgan mag’iz mayda bo’lakchalarga ushaladi, bu esa o’z o’rnida maxsulotning silliq valiklar yordamida yaxshi ilib olinishini ta’minlaydi.

Stanokning yuqori qismida mag’iz qabul qilish bunkeri bo’lib, uning ostida parrakli ta’minlash valigi bor; bu valik stanokning 4 valiga o’rnatilgan shkivdan yarimburalgan tekis qayish yordamida xarakatga keltiriladi. Ta’minlovchi valik o’qining uchiga kulachokli mufta o’rnatilgan bo’lib, uning yordamida valik ishga tushiriladi.

Ta’minlovchi valikning old tomonida to’siq-qopqoq bo’lib, valik va qopqoq orasidagi tirqish prujinali vintlar yordamida toraytirilishi yoki kengaytirilishi mumkin. Shu yo’sinda stanokni maxsulot bilan ta’minlash boshqariladi. Lekin bunday boshqarilish kamchiliklardan xoli emas; qopqoq qiyshayib qolsa tushayotgan maxsulotning qalinligi bir tekis bo’lmay qoladi va yanchilish sifati buziladi.

Cho’yan ustunlarning tepasi metal taxtacha (traversa) bilan tutashtirilgan bo’lib uning ostiga valiklarni siqib turuvchi prujina qo’yilgan. Prujinaning tepasida siquvchi boltlar o’rnatilgan, prujinaning ostki uchi esa 5 valikning o’qini pastga ezib turadi. Agar valiklarning orasiga qattiq predmet tushib qolsa, bu prujinalar qisilib, valik ko’tariladi va predmet valiklar orasidan o’tib ketadi. Bunday moslama valiklarni sinishdan va ishchi yuzalarning buzilishidan saqlaydi.

Yanchilayotgan maxsulotni valiklar orasiga yo’naltirish uchun stanokning old va orqa tomonida 2 tadan yo’naltiruvchi to’siq qo’yilgan. To’siqlar 4-6 mm li po’lat varaqlardan yasaladi va ular stanokning ustunlariga o’rnatilgan, burchakli metalldan yasalgan tirqishga qo’yilib, to’siqlarning bir yoni valikka tegib turadi.

Valiklar yuzasiga yopishib qolayotgan yanchilma zarrachalarini ko’chirib olish uchun stanokda tomchisimon pichoqlar o’rnatilgan. Ular asimmetrik o’rnatilganligi uchun o’tkir qirrasi bilan valikning yuzasiga o’z og’irligi bilan bosib turadi va yopishgan maxsulotni qirib olib turadi.

Stanok valiklari kuchli elektr motor yordamida aylantiriladi. Asosiy valning aylanishi motor, mufta va uzatish soni 1:6,4 bo’lgan ikki bosqichli reduktor orqali bo’lib, aylanma xarakat tekis qayish yordamida 3 va 5 valiklarga uzatiladi. 2 va 4 valiklar ishqalanish xisobiga aylanadi.

Etaklovchi valiklar 150-160 aylG’min xarakat qiladi, etaklanuvchilari esa 3-5 aylG’min sekinroq aylanadi. Shuning uchun mag’iz faqat ezish xisobiga emas, balki qisman ishqalab ezish xisobiga xam yanchiladi.

Valiklar yuzasini doimo soz ushlab turish uchun 2-4 oyda bir marta sayqallash lozim. Bu ish maxsus valiksayqallash stanogida bajariladi. Yaxshi sayqallangan valiklar aniq tsilindrik shaklda bo’lib, valiklar orasidagi ba’zi-bir tirqishlar 0,06-0,09 mm dan oshib ketmasligi kerak.

Yaxshi yanchilma xosil qilish uchun mag’izning namligi 8,5-9,5% bo’lishi kerak; namlik yuqori bo’lsa stanokning unumdorligi pasayadi, uning ish sifati yomonlashadi, energiya sarfi oshadi.



Afzalligi: Texnologik talablarga rioya qilinganda maxsulotning ichki strukturasini maksimal ravishda buzib beradi.

Kamchiligi: Stanokni yasash uchun metall sarfi katta.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin