Cho‘l tuproq mintaqalari
|
Tuproq turlari
|
Tasniflashda inobatga olinadigan tuproqlarning o‘ziga xos tomonlari
|
O‘ta quruq cho‘l
|
Karbonatli sur-qo‘ng‘ir tusli
|
Tuproq yuzasida qatqaloqli gorizontning hosil bo‘lishi, organik va mineral moddalarning yuqori dispers holati va tuproqni gidrotermik rejim bilan bog‘liqligi, eritmaning o‘ta ishqoriyligi.
|
Oz karbonatli sur qo‘ng‘ir
|
Taqirli
|
Taqir
|
Qumli cho‘l
|
Daryo sohillari va delta tuprqolari
|
O‘tloq
|
Yer osti suvlarining yaqinligi, suvda yengil eruvchan tuzlar miqdorining yuqoriligi, qatlamlashganligi
|
O‘tloq-botqoq
|
Sho‘rlangan gidromorf
|
Sur-qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlar uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan, bo‘z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. S.S.Neustruev va N.A. Dimo uni dastlab strukturali och tusli tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo‘z tuproqlari, B.V.Gorbunov primitiv bo‘z tuproq deb, bo‘z tuproqlarning tipchasi sifatida qarab keldilar. Keyinchalik I.P.Gerasimov sur-qo‘ng‘ir tusli cho‘l tuproqlarni alohida mustaqil tipga ajratishni tavsiya etadi.Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlari asoslash, ularni har tomonlama o‘rganish va alohida tipga ajratish sohasida N.V.Kimberg, S.A.Shuvalov (1949), G.I.Dolenko (1953) va YE.V.Lobova (1960) larning olib borgan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardagi cho‘l o‘simliklari biomassasida 200 kg/ga miqdorida har xil kimyoviy elementlar to‘planadi. Bunda kalsiy va magniy bilan bir qatorda natriy ham ancha ko‘p to‘planadi. Natriy miqdorining ko‘payishi bilan tuproq eritmasining ishqoriyligi oshadi va sho‘rtoblanish jarayoni ham rivojlanadi. Sho‘ra o‘simliklari tarkibida natriy bilan bir qatorda xlor va oltingugurt ham ancha ko‘p saqlanadi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar ikki tipchaga: karbonatli tipik sur-qo‘ng‘ir tusli va oz karbonatli sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarga bo‘linadi (YE.V.Lobova, 1966). Ularning kesma ko‘rinishi bir-biridan keskin farq qiladigan gorizontlardan iborat: tuproqning yuzasi 2-4 sm, ba’zan 5 sm qalinlikdagi sarg‘ishbo‘z tusli mayda g‘ovak, teshiklardan iborat qatqaloq (Aq) bilan qoplangan. Qatqaloqqa ba’zan chag‘irtosh yoki qum yopishgan bo‘ladi. Qatqaloq ostida deyarli shunday tusli tangacha-qatlamli (5-7 sm) A gorizont ajralib turadi. Bu gorizont ko‘pincha juda g‘ovak bo‘lib, nafaqat qatlamli, balki plastinkasimon strukturaga ham ega. Bu gorizontdan pastda rangi to‘qroq, ko‘pincha och jigarrang tusli zich ba’zan temirga boy va gil ko‘p to‘plangan, uvoqli, prizmatik-uvoqli gorizont (V) joylashgan. Zichlashgan gorizontning yuqori qismida (ba’zan barcha profil bo‘ylab) karbonatlarning oqish dog‘lari, konkresiyalari ajralib turadi. Karbonatlar tuproq profilining yuqori va o‘rta qismlarida ko‘proq to‘planadi. Zichlangan gorizont qumoq tarkibli tuproqlarda 25-30 sm chuqurlikka qadar bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |