9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


O‘tloq-allyuvial to‘qay tuproqlar-



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə38/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

O‘tloq-allyuvial to‘qay tuproqlar- mexanik tarkibi yengil bo‘lgan keltirilmalar bilan qoplangan, suv bosmaydigan yoki qisqa vaqt davomida toshqin suvi bosadigan o‘zan bo‘yi balandliklarda, daraxt-butali to‘qaylar bilan egallangan va o‘tloqi o‘simliklar bilan qoplangan yerlarda o‘tloqi-to‘qay tuproqlari rivojlanadi. To‘qay daraxtzorlari, butazorlari ko‘pincha daryo bo‘yi marzalarda, baland orollarda va daryo tirsaklarida ko‘p uchraydi.
Tuproq paydo qiluvchi jinslar yengil mexanik tarkibli (changli qumoqlar, qumloqlar) va qumli keltirilmalardan iborat bo‘lib, ularning ostida 1-1,5 m chuqurlikda yirik qum qatlam yotadi. Sizot suvi 2 m dan chuqurlikda joylashgan. O‘tloqi-to‘qay tuproqlar yuzasi yupqa o‘rmon to‘shamasi bilan qoplangan. Yengil mexanik tarkibli, havo kirib turadigan sharoitda organik moddalar tez parchalanadi va natijada tuproqlarda gumus (1,5-2,5 foiz) va azot uncha ko‘p emas. Ko‘pincha har xil chuqurlikda ko‘milgan chirindili tuproq qatlami uchraydi. Karbonatlar miqdori 7-9 dan 11 foizgacha bo‘ladi. Bu tuproqlarda yaxshi shakllangan karbonatli gorizont yo‘q. Singdirish sig‘imi ham uncha yuqori emas (100 g tuproqda 5-6 mg/ekv). Singdirish sig‘imida kalsiy va magniy asosiy o‘rinni egallaydi.
Allyuvial chimli-o‘tloq tuproqlar- cho‘l zonasining Amudaryo va Sirdaryo irmoqlarida, ularning o‘rta oqimidagi quyi terrasalarda, Zarafshon, Surxandaryo, Vaxsh, Murg‘ob shuningdek, Atrek daryolarining etaklarida katta maydonlarni egallaydi. Sug‘oriladigan dehqonchilik rivojlangan chimli o‘tloq tuproqlar turli mexanik tarkibli qatlamli allyuvial keltirilmalarda paydo bo‘ladi. Sizot suvlari sathi 1-3 m chuqurlikda bo‘lib, minerallashuv darajasi daryo va uning tarmoqlari uzoqlashgan sayin ortib boradi.
Zich chim hosil qiladigan o‘tloq o‘simliklari yaxshi rivojlangan. Doimiy ravishda suv bosadigan o‘tloqi tuproqlarda zang va ko‘kimtir (zangori) dog‘lar ifodalangan botqoqlanish alomati bor.
Allyuvial chimli o‘tloq tuproqlarda gumus 1-3 foiz atrofida, azot –0,17-0,14 foiz. Fosfor va kaliy miqdori ona jinslar tarkibiga bog‘liq bo‘lib, umumiy fosfor 0,12-0,13 foiz, kaliy 1,70-2,15 foizni tashkil etadi. Bu tuproqlarda struktura ancha yaxshi ifodalangan va 0,25 mm dan katta makrostrukturalar miqdori 25 foizga yetadi. Sho‘rlangan yerlarda struktura yomonroq bo‘ladi. tuproqlarda suv o‘tkazuvchanlik yaxshi va nam sig‘imi ham yuqori.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin