9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


-MAVZU- O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi tuproqlari



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə41/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

11-MAVZU- O‘zbekistonning cho‘l mintaqasi tuproqlari.
Reja:

  1. Sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlari.

  2. Taqir, taqirli va qumli tuproqlar.



Sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarining kelib chiqishi. Bu cho‘l zonasining avtomorf tuproqlari bo‘lib, uzoq yillar davomida alohida tipga ajratilmasdan, bo‘z tuproqlar bilan birga qarab kelindi. Yirik tuproqshunos olimlarimizdan S.S.neustruyev va N.A.Dimo uni dastlab strukturali och bo‘z tuproq, A.N.Rozanov esa qir bo‘z tuprog‘i, B.V.Gorbunov va boshqalar kam rivojlangan – ѐsh (primitiv) bo‘z tuproq deb, bo‘z tuproqlarning tipchasi sifatida nomlanib keldi keyingi yillarda I.P.Gerasimov sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarni alohida mustaqil tipchagaajratishni tavsiya etadi. Faqatgina N.V.Kimberg, S.A.Shuvalov, YE.V.Lobovalarning ko‘p yillik tadqiqotlari Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning genetik xususiyatlarini har tomonlama o‘rganishlari natijasida, bu tuproqni alohida tipga ajratishga erishildi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar asosan Ustyurt platosi, Qizilqum (Malik cho‘li), Qarshi cho‘lining janubi va cho‘l zonasi bilan tutashgan qadimgi tog‘ osti baland tekisliklarida keng tarqalgan. Bu tuproqlarning maydoni 11488 ming ga ѐki 25,60 % tashkil qiladi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning kelib chiqishi asosan juda quruq cho‘llarning kserofit-efemerli o‘simliklari ta’sirida kechadi va shunday sharoitda biologik jaraѐnlarni sekin kechishi, tuproqda gumusning to‘planishi qisqa va davriy xarakterga ega bo‘lishiligi ya’ni tuproqda biologik protsesslarni asosan bahor va kuz oylarida kechishi bilan tavsiflanadi. Shuni taxkidlash lozimki, bu davrda tuproqda mikroorganizmlarning ko‘p va aktiv bo‘lishi organik qoldiqlar minerallashini bilan harakterlanadi.
Shunday qilib sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarni paydo bo‘lishi o‘ziga xos belgilari qatlamsimon g‘ovak qatqaloq qatlam, loylashgan va zichlashgan temirli qatqaloq osti qatlami, chirindi miqdorining sozligi, tuproq qatlamlarining kichik bo‘lishi, tuproqning yuqori qatlamlarida biologik jaraѐn ta’sirida hosil bo‘lgan ikkilamchi karbonatlarning ko‘payishi tuproq ostki qatlamlarida gips mineralining to‘planishi, iqlimning quruqligi sababli tuproqlarning sho‘rxoqlik va sho‘rtoblikka moyilligi, nixoyat tuproq hosil qiluvchi ona jinslarning juda oz nuraganligi kabi hozirgi zamon cho‘l zonasi tuproq hosil bo‘lishi jaraѐning eng asosiy belgilari sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda boshqalarga nisbatan juda yaxshi rivojlangandir.
Cho‘l zonasini iqlimi quruq o‘ta kontinental. Yog‘ingarchilik miqdori bir yilda 80-100 mm, bog‘lanish esa 1500 mm yetadi. Namlanish koeffitsiyenti 0,1 ѐg‘ingarchilik qisqa muddatli (qish-bahor fasli). Bahor davrda kunlarning isishi va tuproq qatlamlarida namlanishi ko‘proq bo‘lganligi tufayli, aynan shu paytda tuproq hosil bo‘lish jaraѐnlari keskin rivojlanadi, o‘simlik va mikroorganizmlar shu jaraѐnlarda faol ishtirok qilib, turli biokimѐviy va nurashish jaraѐnlarini vujudga keltiradi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin