9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə44/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Suv-fizik xossalari. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda donadorlik (struktura) yaxshi ifodalanmagan tuproqning qatqaloqligi qatlami va sho‘rtobsimon gorizonti ancha zich bo‘lib, suvni kam o‘tkazgan. Tuproqning yuqori gozizontlarida zichlik ancha yuqori (1,4-1,5 g/sm3 ) bo‘lganidan umumiy va aeratsiya kovakligi ham past. Tuproqning illyuvial gorizontida maksimal gigroskopiklik 3-5 foiz bo‘lib, shunga ko‘ra solish namligi ham yuqori. Eng kam nam sig‘imi 13-15 foiz atrofida.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning suv-fizik xossalari umuman zonaning o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish. O‘zbekistonda tarqalgan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan 112,3 ming gektari sug‘oriladigan dehqonchilikda foydalanib kelmoqda. Bu tuproqlar asosan malikcho‘l, Qarshi cho‘li, Farg‘ona vodiysida o‘zlashtirilib foydalanilmoqda.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning suv-fizik va agrokimѐviy xossalari ancha noqulay, tuproq va ona jinslarida gipsning ko‘p va yaqin joylashganligi, relyefning murakkabligi singarilar sababli bu tuproqlarni o‘zlashtirish ancha qiyin. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlaridan dehqonchilikda foydalanish tajribalari ham juda kam. Artezian suvlardan foydalanish sug‘orish, bu tuproqlardan qishloq xo‘jalik ekinlaridan, yuqori hosil olish mavjudligini ko‘rsatadi, ammo bunday maydonlar uncha ko‘p emas.
O‘zbekistondagi malikcho‘l, Qarshi cho‘llaridagi qalin va g‘ovakli to‘rtlamchi davr ѐtqiziqlarda shakllangan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda olib borilgan tajribalar yaxshi natija bergan. Bunday tuproqlardan qishloq xo‘jaligida foydalanish samaradorligi ko‘pincha gips qatlamining joylashuv chuqurligiga tuproq ustki qatlamining unumdorligiga, jumladan toshloqlik darajasiga bog‘liq.
Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishga tayѐrgarlik davrida ikki xil elyuviy va prolyuviy ona jinslarda rivojlangan sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarni, ishlab chiqarish qobilyatini unumdorligini vegetatsion idishlarda va dala sharoitida g‘o‘za o‘stirib, hosildorligini o‘rganib, yaxshi natijalarga erishgan. Elyuviy ona jinslarda paydo bo‘lgan tuproqda 14,8 prolyuviyda esa 16,09 s/ga paxta hosili yetishtirishga erishgan.
Keyinroq xuddi shunday tajriba Qarshi cho‘lida o‘tkazilgan, tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, gips qatlami. Yaqin (30-50 sm) va gips miqdori 40-60 foiz bo‘lgan, sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda paxta hosili o‘rtacha 19,2 s/ga, poliz ekinlari 185 s/ga, kunga boqar 10,2 s/ga, kartoshka 72, sabzi 132, piѐz 650-700 s/gani tashkil etgan.
Bu tuproqlarni biologik aktivligi va energetik holatini yaxshilash uchun organik o‘g‘itlar bilan ta’minlash kerak.
Ishlardan keng foydalanish, dastlabki yillarda beda ekib bu tuproqlarni o‘zlashtirish, yashil massasini o‘rib yerga qoldirish maqsadida sideratlardan foydalanish yaxshi samara bergan. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarni sug‘orish jaraѐnida suffoziya (o‘pqon) singari uyilib ketishini oldini olish maqsadida sug‘orish texnologiyasiga e’tibor berish lozim. Ayniqsa bunday yerlarda o‘simliklarni tomchilatib, (ѐmg‘irlatib) sug‘orish yaxshi samara beradi. Yerni otvalsiz pluglar bilan 70-80 sm chuqurlikda yumshatish tavsiya etiladi. Ushbu tavsiyalar amalga oshirilganda tuproq qatlamlarining suv-fizik xossalari ancha barqarorlashadi, yerlar sekin cho‘kib yuzasi tekislanadi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlardan foydalanish va unumdorligini oshirishda xalq tajribalaridan kengroq foydalanish, tajribalar olib borish lozim.
Hozirgi kunda sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar bilan band bo‘lgan Qizilqum, Ustyur, Devxona baland tekisliklarda chorvachilikda va birinchi navbatda Qorakulchilikda foydalanilmoqda.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin