Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Qizilqum tabiiy geografik okrug. Qizilqum sharoitida tabiiy suv resurslaridan samarali foydalanish. Qizilqum okrugi uran konlari tarixi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
REJA: I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1. Qizilqum tabiiy geografik okrug.
2. Qizilqum sharoitida tabiiy suv resurslaridan samarali foydalanish.
3. Qizilqum okrugi uran konlari tarixi.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Qoraqalpog‘iston Respublikasining sharqida joylashgan Qizilqum cho‘li tabiati o‘ziga xos bo‘lib uning asosiy qismini baland va o‘rtacha tekislikdagi qumlar tashkil qiladi. Hududning okean sathidan balandligi 80-200 metr atrofida.
Qizilqum iqlimi kontinental, qishi sovuq, yozi issiq quyoshli va quruq bo‘ladi. Cho‘lning shimoliy qismi ochiq bo‘lganligidan Arktika va Sibir tomonlardan keladigan sovuq havo massasi ta’sirida ancha salqin bo‘ladi. Qish paytida havo harorati minus 31, 33 darajagacha pasayib ketadi. Yozda esa harorat 48 daraja issiq bo‘ladi. Lekin qumlarning usti +75, +80 darajagacha qiziydi. Bu yerda yog‘ingarchilik kam bo‘ladi.
Cho‘lda saksovul, quyonsuyak, qum akatsiyasi, selin, kavrak, yulg‘in kabi qurg‘oqchilikka chidamli tabiiy o‘simliklar o‘sadi. Shuningdek, bu joylarda cho‘l mushugi, bo‘ri, tulki, kiyik, quyon, toshbaqa, chayon, qum sichqoni, kaltakesak, oq ilon, qora qurt kabi hayvon va jonzotlarni uchratish mumkin.
Turon tekisligidagi eng katta cho`llardan biri bo`lgan Qizilqum asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida joylashgan. Lekin Qizilqum okrugiga Qizilqum cho`lining O`zbekiston hududida joylashgan qismi kiradi.
Qizilqum okrugi shimoli-g`arbda Quyi Amudaryo okrugi bilan, janubi-sharqda Quyi Zarafshon okrugi bilan, sharqda esa Toshkent-Mirzacho`l okrugi bilan chegaralanadi. Okrugning janubi-g`arbiy Turkmaniston, shimoli-sharqi Qozog`iston bilan bo`lgan davlat chegarasiga to`g`ri keladi.
O`rta Osiyoning geolgik tuzilishi, geomorfologiyasi va qazilma boyliklarni
o`rganishda K.K.Markov, I.P.Gerasimov, X.Abdullaev, I.Hamraboev, O.Akramxo`jaev, G.O.Mavlonov, V.I.Popov, Yu.A.Skvortsov, M.Mamatkulovlar va boshqalarning xizmatlari katta. O`rta Osiyo iqlimini o`rganishda L.N.Babushkin, V.A.Bugaev, V.O.Jorjio, F.A.Mo`minov, daryo va ko`llarni o`rganishda esa V.L.Shults, O.P.Sheglova, R.Alimov kabi olimlarning xizmati katta.
O`rta Osiyo yer osti suvlari, ularning xususiyatlari va miqdorini o`rganish ishi bilan G.O.Mavlonov, M.A.Kenesaren, S.Sh.Mirzaev, N.Xojiboev kabi olimlar shug`ullanganlar. R.I.Abolin, K.Z.Zokirov, T.Z.Zoxidov, I.I.Granitov, D.M.Kashkarov, E.N.Karovin, A.I.Formozov, M.Orifxonova, S.N.Rijov, Genosov A.Z, A.Rasulov, X.Abdullaevlarning O`rta Osiyoning tuproq, o`simlik qoplamini, hayvonot olamini har tomonlama o`rganishlarda xizmatlari katta. O`rta Osiyo tabiati va tabiiy boyliklarni o`rganish tarixi bilan H.Hasanov, A.Azatyan, R.Raximbekov, R.Yugay, Z.N.Dontsova, I.Inog`omov kabi mutaxassislar shug`ullanganlar. O’zbеkiston tabiiy gеografiyasini yaxlit va uning ayrim qismlarini o’rganishda hamda tabiiy gеografik rayonlashtirishda N. L. Korjеnеvskiy, E. M. Murzaеv, V. M. Chеtirkin, L. N. Ba-bushkin, N. A. Qog’ay, N. D. Dolimov, M. Qoriеv, M. Umarov,S. Nishonov, L. Alibеkov, A. Abilqosimov, A. Rafiqov, P. G’ulomov, Sh. Zokirov, Yu. Sultonov kabi olimlarning qilgan ishlari muhim axamiyatga ega.
Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi hududida atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, ekologik vaziyat eng yomon mintaqa va shaharlarda muhit holatini tubdan yaxshilashga erishish, aholi salomatligi uchun o`ta xavfli moddalar miqdorini yo`l qo`yiladigan darajaga tushirishni ta`minlash;