Qizilqum sharoitida tabiiy suv resurslaridan samarali foydalanish
Dunyo suv resurslari instituti taxminlariga ko'ra 2040 yillarga kelib, jaxonning o'ttizdan ortiq davlatida suvning o'ta darajada tanqisligi vujudga keladi, bu davlatlar orasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining barchasi mavjud. Shuning uchun suv resurslaridan foydalanish va barqaror amaliyotini ishlab chiqish mamlakatlarni kelajakdagi iqtisodiy, ijtimoiy rivojlantirish uchun juda muximdir. O'zbekiston hududidagi barcha suv manbalari davlat mulki hisoblanadi u umummilliy boylikdir. Mamlakatimizdagi barcha suv resurslari davlat tomonidan himoyalanadi. Mavjud tabiiy suv manbalaridan to'g'ri oqilona foydalanish maqsadida xukumatimizning maxsus qaror va farmonlari qabul qilingan. Prezidentimizning 2020 yil yanvar oyida Oliy Majlisga yo'llangan murojaatnomasida suv xujaligi ob'ektlarini boshqarish, suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish tizimini avtomatlashtirish hamda ushbu soha xizmatini takomillashtirish zarurligiga e'tibor qaratdi. Bu masala suv xujaligini rivojlantirish kontseptsiyasida o'z aksini topishi kerakligini ta'kidlandi (1).
Suv tiriklik nishonasidir. Qadimgi sharq xalqlari bekorga «Suv –hayot manbai» deb e'tirof etmaganlar. Ayniqsa suv tanqis bo'lgan yerkurrasining sahro va cho'l hududlarida, suv insonga in'om etilgan tabiat nematidir. Suv bor joyda hayot bo'ladi tiriklik bor joyda ishlab chiqarish tashkil etilib moddiy ne'mat yaratiladi va ertangi kunga ishonch paydo bo'ladi. To'kin-sochinlik va tinchlik bor joyda hayot o'z mi'yorida davom etadi. Aslida hur fikrli insonlar uchun hayot mazmunini osoyishtalik va xotirjamlik tashkil etadi.
Planetamizda suv ko'p bo'lgani bilan ularni barchasini ishlatib bo'lmaydi ya'ni istemolga yaroqsiz. Tabiatda suvning aylanish jarayonlaridan biri er sathidagi mavjud bo'lgan chuchuk suv bo'lib, u erdagi barcha hayot turlari uchun o'ta muximdir. Hozirda istemol qilinadigan suvning 90 % yaqini asosan qishloq xo'jaligida ishlatiladi. Ishlatiladigan ichimlik suvimiz esa doimiy muzliklardan, yomg'ir qor va buloq suvlari bilan to'yinadigan traschegaraviy daryolar orqali etib keladi. Bizda suvga bo'lgan munosabat tarbiyaning bir qismi hisoblanib juda qadimdan shakllanib bo'lgan. Ota-bobolarimiz oqar suvni iflos qilmaslik, suvga tupurmaslik va suvdan to'g'ri oqilona foydalanish to'g'risidagi pandu-nasihatlar bilan avlodlarni uzliksiz tarbiyalab kelishgan. Yozma manbalarda esa qadimgi sharq donishmandlari ichimlik suvi haqida juda ko'p hikmatli so'zlarni keltirib o'tishgan. Buyuk sharq mutafakiri tibbiyot ilmining otasi Ibn-Sino suvning shifobaxshligi to'g'risida to'xtab «Toza zilol buloq suvi o'zida oltin zarrachalarini saqlab, osmon va hayotning bir qismini tashkil etadi, uni ichgan odam kuchli va dono bo'ladi» deb izohlagan. Jaloliddin Rumi hazratlari esa o'z asarida yomg'ir suvi haqida fikrlab «Kuzgi yomg'ir suvidan ehtiyot bo'l u seni erta xazon barg singari kuchsiz qiladi, baxor yomg'iri esa o'yg'onayotgan tabiat singari navqiron qiladi» deyilgan jumlalarni keltirgan. Baxorgi yomg'ir suvini olib qo'yish odati qadimgi turk xalqlarida saqlanib qolgan uning muqaddasligi va turli kasalliklarga shifo bo'lishi aytilgan. Hatoki bu odat yaqinlargacha Turkiyada saqlanib kelgan 15 apreldan 15 may oralig'ida yoqqan yomg'ir suvidan oltin yoki kumush idishlarga olib qo'yilgan «aprel kosasi» suvi nomi bilan ulug'lanib hattoki «zam-zam» suviga tenglashtirilgan. Ko'p miqdorda ichimlik suvini yaxshi saqlash maqsadida qadimda turli inshootlar qurilgan. Jumladan ichimlik suvi kam bo'lgan cho'l va dasht hududlarda barpo etilgan maxsus gidrotexnik inshootlar sardobalar mavjud bo'lgan. Sardoba forscha so'zdan olingan bo'lib «Sard» – yaxshi, mutadil, salqin, «ob» -esa suv manosini anglatgan. Sardoba salqin toza ichimlik suvi saqlash uchun mo'ljallangan gidrotexnik inshoot bo'lib, muxandislik ilmi asosida mohirlik bilan yaratilgan o'ziga xos jozibador me'moriy echimga ega bo'lgan hovuz qurilmasidir. Bu tipdagi inshootlar Markaziy Osiyo, Eron, Turkiya va arab mamlakatlarida qadimdan foydalanib kelingan.
___________________________
Xoliqova R. Abdallaxon ijodi va sardobasi // SANAT, 2003 yil. – № 1. 35-38 betlar.
Sardobada saqlangan suv ichimi yaxshi, odam va tirik organizm uchun fizologik ahamiyati katta bo'lgan. Sardobalar asosan suvsiz kengliklarda barpo etilib o'zoqdan ko'zga tashlanib turganligi uchun o'tayotgan karvonlar mo'ljalni to'g'ri aniqlagan va u erda tuxtab dam olishgan hamda karvonga kerakli suv jamg'arishgan. Ularni barpo etishda aholi punktlaridan ma'lum bir o'zoqlikda bo'lishini hisobga olib o'rtacha bir karvon yo'li oralig'ida bunyod etilgan. Tarixiy manbalarga qaraganda ulkamizda 44ta katta-kichik sardobalar mavjud bo'lgan.
Jumladan eng ko'pi Buxoro, Qarshi dashtlarida 28ta, Toshkent, Quqon atroflarida 4ta, Mirzachulda 5ta va Ustyurt kengliklarida esa 7ta sardoba qoldiqlari aniqlangan, hozirda ularning bir qismi tarixiy manba sifatida saqlanib qolgan xolos. Bulardan biri Karmana yaqinidagi Malik rabot karvon saroyida barpo etilgan sardobadir. Sardoba hovuzi devorining qalinligi bir yarim metrni, chuqurligi 13 m diametri esa 12 m tashkil etgan. Barpo etilgan sardoba hovuzining ust qismi sharqona an'anaviy gumbaz shaklida bo'lib, uning tepasida suvni bug'lanishi hisobida suvni salqin saqlash hamda yorug'likni ta'minlash maqsadida o'ziga xos me'moriy echimga ega bo'lgan maxsus tuynuklar bo'lgan. Ushbu tipdagi
gidrotexnik inshootlarini qurishda yomg'ir va qor suvlarini yig'ish imkoni bor joy tanlangan. Yog'ingarchilik kam bo'lgan yillarda Zarafshon daryosidan suv keltiriladigan qadimgi quvur ham mavjud bo'lgan. Sardoba hovuzi devori mustahkamligini ta'minlash maqsadida suvga chidamli va suvning sifat ko'rsatgichlarini yaxshi saqlaydigan materiallardan foydalanilgan. Buning uchun maxsus tanlangan joydan olingan qum elanib bir yil davomida alohida joyda saqlangan va undan g'isht o'ziga xos texnologiya asosida tayyorlangan, tayyorlanish texnologiyasi esa maxfiy saqlangan. G'isht tayyorlashda quritib elangan soz tuproqga suv bilan oz miqdorda sut va tuya yungi aralashtirib loy tayyorlangan. Tayyorlangan loy ma'lum muddat saqlanib tindirilgan so'ngra yana qo'shimcha ishlov berilib 11х11х2,2 dyum (279,4*279,4*55,88 mm) o'lchamli g'ishtlar qo'yilgan. Tayyorlangan g'ishtlar yil davomida quyoshda qizdirilib quritiladi so'ngra uning sifati va chertganda chiqaradigan ovoziga qarab tanlab ajratib olinib saralangan so'ngra maxsus xumda asta sekin qizdirilib pishirilgan. Sardoba qurilishida uning katta kichikligiga qarab 400-600 minggacha maxsus tayyorlangan g'ishtlar ishlatilgan. Saqlanadigan suvning ichimlilik mazasi, sifati yaxshi bo'lishi uchun suv saqlanadigan hovuzning o'ziga xos texnologiya asosida barpo etish muhim hisoblangan. Buning uchun dastlab hovuz tayyorlanib osti soz g'isht va ganch bilan tekislanib, uning ustiga saksovulni chala yoqib tayyorlangan pista kumir bir qavat tashlanib kumir ustidan esa tuya yungi tushalib tekislanib mol terisi bilan qoplangan va yana uning ustidan maxsus ganch-gil qorishmali g'ishtlar bilan tekislanib yopilgan. Sardoba hovuzlaridan suv olishda ham o'ziga xos tartib o'rnatilgan bo'lib, suvning yuzasi ko'p to'lqinlantirilmay olish tavsiya etilgan. Sardoba suvining sifati va miqdori doimo nazorat qilib borilgan hamda yilida bir marta tozalangan. Suvni yaxshi saqlash uchun ba'zi sardobalar hovuzida suv ancha chuqurda saqlanib shamolatish uchun maxsus moslama “bad-gir” bilan jihozlangan ya'ni bug'langan suvni yuqoriga chiqarib yuboradigan muri ko'rinishidagi qurilmalar mavjud bo'lgan. Bunday tipdagi sardobalar asosan Eronda barpo etilgan bo'lib, jumladan Kazvindagi “Sardori Bozorg” sardoba hovuzidan suv olish uchun hattoki ellik zina pastga tushish kerak bo'lgan.
Ma'lumotlar taxlil qilib o'rganilganda Markaziy Qizilqumda ichimlik suviga ehtiyoj kuchli bo'lsa ham qadimda sardobalar barpo etilmaganligiga guvoh bo'lamiz. Bu holatni Markaziy Qizilqum o'ziga xos geografik o'rniga ega bo'lib tabiiy yog'ingarchilik kam, sahro esa qumliklardan iborat bo'lgani uchun mukammal gidrotexnik inshootni qurish imkoni bo'lmaganligi bilan izohlashimiz mumkin.
XX asrning ikkinchi yarmigacha inson izmiga bo'ysunmagan asriy Qizilqumda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilib yirik sanoat majmualari barpo etilishi barobarida sahro bag'rida zamonaviy shaxarlar qad ko'tardi.
______________________
Karimov Z.T. Qizilqumning oltin poytaxti. // Bukhoro mavjlari, – №4, 2017 yil. 16-19 betlar.
Bu ulkan ishlab chiqarish korxonalar va yangi borpo etilgan shaharlarda yashayotgan insonlarni suvga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun ancha olisdan dunyoda tengi yo'q bo'lgan inshoot orqali suv olib kelinib sanoat korxonalari hamda hudud flora va faunasini suv bilan ta'minlanib kelindi.
Jumladan keyingi yillarda jadal rivojlanayotgan Qizilqum sanoat hududiga yirik investatsiyalarni jalb etish evaziga rejalashtirilgan investitsion loyihalarni amalga oshirishda, yangi gidrometallurgiya zavodlari, kimyo va engil sanoat korxonalarining ishga tushishi munosabati bilan hamda shaxarlarda yashaydigan aholi sonining kupayishi hisobidan ushbu hududning suvga bo'lgan ehtiyoj keskin
oshdi. Suvga bo'lgan talabni bir qismini qoplash uchun asrlar davomida ota-bobolarimiz foydalangan usullardan ya'ni suv taqchil bo'lgan ulkalarda yog'ingarchilik natijasida hosil bo'ladigan tabiiy suv resurslarini yig'ib undan unumli foydalanishni davrning o'zi taqoza qilmoqda. Tabiiy suv resurslarini turli usullarda yig'ib sanitar-epidimologik me'yorlariga ega bo'lgan yangi mukammal gidrotexnik inshootlarini barpo etish maqsadga muvofiqdir. Yig'ilgan ekologik toza texnik suvdan foydalanish ancha samaralidir.
Qizilqum hududida qor yomg'ir suvlarini yig'ib olishni eng oddiy va tejamkor usuli shahar va ishlab chiqarish korxonalar joylashgan hududda mavjud bo'lgan qattiq qoplamali yoki asfaltlangan joylar hisobidan yoki mavsumiy soy suvlarini damba yordamida yig'ish hisobidan amalga oshirish mumkin. Buning uchun asfaltlangan yoki qattiq qoplama bilan qoplangan joylardan yog'ingarchilik paytida hosil bo'layotgan suvni bir tomonga yo'naltirib ma'lum joylarga yig'ish mumkin. Zarafshon shahri misolida tahlil etsak samarasi yanada yaqqolroq namoyan bo'ladi. Yog'ingarchilik asosan qish va bahor oylarida bo'lishini hisobga olgan holda suvni bir yoki bir necha joyda yig'ish mumkin. Shaxar kuchalari joylashishi va er tuzilishiga e'tibor bersak bir tomonga qarab tekis qiyalikdan iboratligini, shaxarni yuqori qismi bilan pastki qismi orasidagi balandlik farq ellik metrdan ko'proqni tashkil etishi bu yumushni muammosiz hal etilishini bildiradi. Shaharning umumiy hududidan yillik yog'in miqdori asosida yig'ilishi mumkin bo'lgan suvning o'rtacha miqdori hisoblanganda 500 000 m3 ni tashkil etadi albatta bu miqdordagi suvni yig'ish imkoni yo'q, ammo astoydil harakat qilinsa 10% suvni yig'ish imkonini yaratiladi bu esa 50 000 m3 suvni tashkil etadi. Yog'ingarchilikdan hosil bo'lgan suv tarkibini kimyoviy taxlil qilganda suvning umumiy qattiqligi qor suvida 0,4 mg-ekv/l ni yomg'ir suvida 1,2 mg-ekv/l ni, minerallashish esa mos ravishda 40 mg/l va 170 mg/l ni tashkil etadi.
Ishlatish uchun yig'ilgan suv miqdorini ko'paytirish maqsadida shahar hududidagi er osti suvi taxliliy o'rganilganda uning sathi joyiga qarab 5 metrdan boshlanib ba'zi joylar 100 metrgacha etishi aniqlangan va kuzatilgan tashlama quduqlarning quvvati esa yilida o'rtacha 10-80 ming m3 suvni tashkil etadi (2-jadval). Kuzatilgan tashlama quduqlarda suvning miqdori yilning birinchi yarim yilligida 60 foizni tashkil etishiga sabab bahor mavsumida nisbatan yog'ingarchilikni ko'p bo'lishi bilan izohlashimiz mumkin.
Yer osti suvlari tarkibi kimyoviy taxlil qilinganda minerallar miqdori ko'p bo'lib istemolga yaroqsizligi aniqlandi. Ushbu suv tarkibini asosan ishqoriy va ishqoriy yer metallarining sulfat-xloridli tuzlari tashkil etadi (miqdori 1,4-6,9 g/l), suvning umumiy qattiqligi esa quduqlar joylashishiga qarab 11-49 mg-ekv/l gacha bo'lishi ko'rsatilgan (3-jadval).
Shahar yer osti suvlarining ifloslovchi komponentlardan temir ionlari tekshirilganda 0,35-3 mg/l (REChK = 0,3 mg/l), ammoniy ionlari 2,94-10 mg/l (REChK= 2 mg/l) va nitrat ionlari esa 48-78 mg/l (REChK = 45 mg/l) tashkil etishi aniqlandi.
Keltirilgan taxlil natijalari xulosa qilinganda hududda mavjud bo'lgan
er osti suvi inson uchun istemolga yaroqsiz bo'lgani bilan texnik suv sifatida sug'orish ishlarida foydalanish, ayniqsa uning tarkibida azot saqlagan komponentlar miqdori nisbatan ko'p bo'lishi yanada istiqbolli ekani ko'rinadi. Foydalanish uchun muljallangan er osti suvlarini ma'lum bir miqdorini kimyoviy ko'rsatgichlarini yaxshilash maqsadida yog'ingarchilik paytida yig'ilgan suvga qo'shish mumkin. Tabiiy qor va yomg'ir suvlarini yig'ishga muljallangan gidrotexnik inshootga, er osti suvlaridan olinib teng miqdorda aralashtirilsa foydalanish uchun jami 100 000 m3 suv zahirasi hosil qilinadi bu esa yanada ko'proq maydonlarni sug'orish imkoniyati paydo bo'ladi. Suv taqchil bo'lgan xududlarda tabiiy suv resurslaridan oqilona foydalanish uchun targ'ib etilayotgan “Aqlli suv tizimi” tadbiq etilsa, gidrotexnik inshootlar barpo etilib ularni texnik holati va ishlash xafsizligi ta'minlansa hamda ularni sug'orishda suv yo'qotishi kamaytirilib aniq joylarga yo'naltirilsa uning iqtisodiy samaradorligi yanada katta ekanligiga ishonch hosil qilamiz.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarni joylarda
to'liq bajarish uchun tabiiy boyliklardan biri bo'lgan tabiiy suv resurslardan ham tejab-tergab foydalanish jamiyatimizning ustuvor siyosati bo'lib qolmog'i kerak. Tabiiy suv resurslaridan foydalanish tizimini joriy etish buyicha ta'sirchan ragbatlantirish mexanizmlarini yaratish va suv tejaydigan zamonaviy texnalogiyalarni joriy etish maksadga muvofikdir.
Olib borilgan kuzatishlar natijasida qilingan taxlillar shuni ko'rsatdiki, chul sharoitida tabiiy suv resurslaridan unumli foydalanish va uning
iqtisodiy samarasini yanada oshirish maqsadida quyidagi takliflarni amalga oshirish mumkin:
1. Shaharda ekilib parvarishlanayotgan maysa va daraxtlarni imkon darajasida obi-hayot bilan ta'minlash hamda ekologik muhitni yaxshilash.
2. Toza yumshoq suvga ehtiyoji bo'lgan kichik korxonalarni va tadbirkorlarni ekologik toza suv bilan ta'minlash.
3. Suv havzasi sifatida qiziquvchan yoshlarni suv sporti bilan mavsumiy shug'ullanish imkoniyatini yaratish.
4. Suv yo'llaridagi turli qurilmalar va avtomobil yo'llariga etkazilayotgan zararni kamaytirish.
5. Toza ekologik suv qumga besamar singib ketishini oldini olish.
_______________________
Markaziy kon boshqarmasi LOOS TsLKUT hisoboti. – Zarafshon, 2016 yil. 6-9 betlar.
Dostları ilə paylaş: |