Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism. Qizilqum tabiiy geografik okrug. Qizilqum sharoitida tabiiy suv resurslaridan samarali foydalanish. Qizilqum okrugi uran konlari tarixi. III. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish


Qizilqum okrugi uran konlari tarixi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə4/5
tarix24.06.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#134753
1   2   3   4   5
Bobonazarov Jorabek

3. Qizilqum okrugi uran konlari tarixi

XX asrning 40-50-yillarida sobiq Ittifoq va AQSH o’rtasida yadro qurolini yaratish bo’yicha raqobat vujudga kelganligi maʼlum. Bu to’g’risida ko’plab ilmiy maqolalar va kitob yozilgan. Olimlar tomonidan atom energiyasi olish uchun keng ko’lamli tadqiqotlar olib borildi. Rus olimi V.I. Vernadskiy 1922 yilda Kimyo-texnik ilmiy nashriyoti tomonidan chop etilgan “Insholar va nutqlar” kitobida atom energiyasi to’g’risida o’zining qarashlarini bayon etadi.


Sovet hukumati tomonidan O’rta Osiyo hududida tabiiy radioaktiv xomashyoni qidirib topish bo’yicha geologik qidiruv ishlari boshlab yuboriladi. 1922 yilda S.P. Aleksandrov boshchiligida Tuyamuyin konida qidiruv ishlari qayta boshlanib, 1923 yilda undan ruda qazib olish ishlari boshlanadi. 1925 yilda geolog olim S.F. Mashkoves tomonidan Taboshar hududidagi qadimgi konlarda olib borilgan qidiruv ishlari natijasida radioaktiv minerallar mavjudligi aniqlanadi. 1926 yilda esa bu hududda yana bir geolog olim B.N. Nasledov tomonidan qidiruv ishlari davom ettiriladi. Natijada 1927 yilda uning partiyasidagi I.P. Novoxatovsiy
tomonidan uran koni topiladi. Shuningdek, Shimoliy Farg’onaning Moylisoy daryosi bo’ylarida geolog Y.K. Pisarchik tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida yuqori radioaktiv maʼdanlar topiladi. Bu esa bu yerda uran borligiga ishora edi. Keyinchalik bu joyda yirik uran konlar topilib, uni qazib olish ishlari boshlandi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning olimlari uran bo’yicha tadqiqot ishlarini to’xtovsiz olib borishgan. 1943 yilning boshlarida Tojikistoning Taboshar konida (Taboshar – IX-X asrlarda Iloq konlari guruhidagi metall koni. Qurama tizmasi janubiy-g’arbiy yon bag’ridagi Qoramozor tog’ining Tabosharsoy havzasida joylashgan) uranni qazib olish va qayta ishlash ishlari boshlanadi.
Sobiq Ittifoq Davlat mudofa qo’mitasining 1945 yil 15 maydagi qarori bilan Tojikistondagi Tuyamuyin va Taboshar, Adrasman va Moylisoy hamda Uyg’ursoy va uran konlari negizida NKVD tizimiga kirgan 6-sonli kon-kimyo kombinati tashkil etiladi [2] (keyinchalik Leninobod kon-kimyo kombinati). Kombinat tashkil etilgandan so’ng uning xom-ashyo bazasini yanada kengaytirish maqsadida yangi konlarni ochish ishlariga katta eʼtibor qaratildi. Jumladan, 1949 yilda Alatanga va Kattasoy, 1952 yilda Chovli, 1953 yilda Chorkesar, 1954 yilda Moylikatan, 1955-yilda Rizak va 1956 yilda Jekindek konlari ochildi. Mazkur kombinat ko’p yillar
davomida Ittifoq atom sanoati uchun uran yetkazib beradi. Shu bilan bir qatorda uran bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlariga katta eʼtibor berila boshlandi. Jumladan, 1943 yilda Ittifoqda uran bilan bog’liq ilmiy-tadqiqotlarni olib borish maqsadida Davlat mudofaa qo’mitasining “Uran qazib olish va ishlab chiqarish bo’yicha geologik qidiruv ishlarni tashkil etish haqida”gi farmoyishida Ittifoq Fanlar akademiyasiga uning O’zbek filialida uranni aniqlab beradigan radiometrik laboratoriyani tashkil etish bo’yicha topshiriq beriladi.
Maʼlumki, XX asrning 30-50 yillarida geologlar tomonidan Qizilqum sahrosida ham keng ko’lamli geologik qidiruv ishlarini olib boriladi. 1930-yilda Qizilqumning Aminzatov hududida uran borligi haqidagi dastlabki maʼlumotlarni bu yerda tadqiqot olib borgan geolog Y.M. Golubkova qayd etib o’tadi. 1931-yilda geolog A.Sosedko Tomditov, Bukantov va Altintov hududida uran mavjudligi to’g’risida o’z qarashlarini aytadi. 1938-yilda T.Myastovskiy Altintov hududida uran borligini topadi. Bu boradagi ishlar keyinchalik boshqa geologlar tomonidan ham davom ettiriladi.
O’zbekiston hududida olib borilgan dastlabki geologik qidiruv tadqiqotlari natijasida Uchquduq hududida yirik uran konlari topildi. O’sha paytda sobiq Ittifoqning atom sanoati uchun zarur bo’lgan uranni qazib olish ishlarini tezlashtirish maqsadida boshqa respublikalardan bu yerga ko’plab soha mutaxassislari yuborildi. Uchquduqda uran konlarini o’zlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

_______________________


Petruxin N.P. Uran qazib olish tarixi. – Moskva, 2020. 10-11, 109 betlar.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati Uchquduq hududida uran rudasini qazib olish va qayta ishlash maqsadida tashkil etilgan edi [5]. 1958-yil 20- fevralda sobiq Ittifoq hukumatining qarori bilan Navoiy kon-metallurgiya kombinati (1967 yil 1 yanvarga qadar korxona O’rta mashinasozlik vazirligining 2-sonli kombinati deb nomlangan) tashkil etildi.
1958 yilda Uchquduq uran konlarining bir qismini sanoat usulida o’zlashtirish boshlandi. Vaholanki, uranni qazib olish ishlari bu yerda ancha murakkab bo’lgan. Bu esa o’z navbatida ilmiy tadqiqot ishlarida va konni o’zlashtirishda yangi texnologik usullar, eng samarali uslublarini qo’llashni talab qilar edi. Shu sababli, uranni ochiq va yer osti usulida qazib olish ishlari bir vaqtda olib boriladi.
XX asrning 50-yillarida sobiq Ittifoqning maxsus ilmiy tadqiqot instituti xodimlari olib borgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Uchquduq urani fizik-kimyoviy xususiyatining o’ziga xosligi, texnik tuzilishi (sxemasi) bilan boshqa uran konlaridan ajralib turishi aniqlanadi. Uchquduqda uran konlarini izlab topish maqsadida tajriba sexi tashkil qilindi. Shu bilan bir qatorda uranni qayta ishlaydigan zavodni ham barpo etish zarur edi. Yangi gidrometallurgiya zavodi qurilishi uchun qulay joy kerak edi. Mutaxassislarning o’rganishlari natijasida mazkur zavodni qurish uchun temiryo’lga yaqin bo’lgan Karmana (hozirgi Navoiy
shahri) hududi tanlandi. Buning uchun bir qancha omillar, yaʼni birinchidan, bu yerda Karmana temiryo’l stansiyasining mavjudligi, ikkinchidan, Zarafshon daryosiga yaqinligi, uchinchidan, yangi issiqlik elektr stansiyasini barpo etish uchun imkoniyat mavjud edi. 1964 yilda 1-gidrometallurgiya zavodining birinchi navbati ishga tushirildi.
Konchilar tomonidan rudani qazib olish uchun ochiq va shaxta usullaridan keng foydalanildi. Natijada o’n bitta karyer va yerosti qazish ishlarini olib borish uchun o’n to’rtta shaxta ishga tushirildi. 1962-yilda “Uchquduq” geotexnologik koni tashkil etildi. Uranga bo’lgan ehtiyojning ortib borishi sababli “Uchquduq”
geotexnologik konidagi sayoz va og’ir kon-geologik sharoitlarida joylashgan uran rudasini qazib chiqarishda anʼanaviy ochiq va yerosti usulidan ko’ra uranni yerostida eritma hosil qilish yo’li bilan olish samarali edi. Buning uchun shu kabi konlarni ishga tushirishning yangi texnologik usulini yaratish bo’yicha tajriba-sinov ishlari olib borildi.
Mazkur yangi texnologik usulda – uran yerosti quduqlarida eritib saralanadi. Yaʼni bu usul bilan qattiq material tarkibidagi elementlar eritmalar yordamida ajratib olina boshlandi. Uran qazib chiqarishning mazkur ilg’or usuli kombinat mutaxassislarining saʼy-harakatlari bilan amaliyotga joriy etildi. 1969-yildan boshlab mazkur texnologiya keng tatbiq etilishi natijasida oldinlari ochiq kon usulida ishlash uchun yaroqsiz hisoblangan “Aytim” konida yangi uchastkalar ishga tushirildi.
Yangi tashkil etilgan kombinatni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida “Taboshar” (Tojikiston) va “Moylisoy” (Qirg’iziston) uran konlaridan sohaning tajribali mutaxassislari jalb etildi. Qizilqumda uran konlari topilishi, o’z navbatida, bu yerda aholi yashash joylari ham barpo etilishiga olib keldi. Uchquduq shahrining tarixi bu yerda uran konining ochilishi bilan bog’liq. Uchquduq shahrining qurilishi 1956-yil bahorida boshlanib, dastlabki uy-joylar harbiylar tomonidan baraklar shaklida barpo etildi.
O’zbekiston hukumatining 1959 yil sentyabrdagi 343-sonli qarori bilan Uchquduqqa shahar tipidagi posyolka maqomi berildi. Mazkur hududga 1960-61 yillarda 290 kmlik Karmana-Uchquduq temir yo’li qurildi, 60 km bo’lgan Mingbuloq-Uchquduq suv quvuri va 320 km.elektr liniyasi olib kelindi.
O’zbekiston hududida uran qazib oluvchi asosiy bo’linmalaridan biri bu 5-kon boshqarmasi edi. Mazkur uran qazib oluvchi korxona 1971-yil 1 fevralda Leninobod kon-metallurgiya kombinatining tajriba–sanoat uchastkasi sifatida tashkil etilgan.
____________________________
Kuznetsov A.A. Atom davri. Xronika va fotosurat. – M.: ROSATOM, 2020. – 19 bet.
Uchquduqdagi uran konining ochilishidan keyin hudud bo’ylab olib borilgan geologik qidiruv ishlari yana ko’plab konlar ochilishiga sabab bo’ldi. Mazkur boshqarmaga qarashli “Istiqlol” (“Tohumbet”) koni 1958-yilda topilgan. Keyinchalik, yaʼni 1959-yilda “Shimoliy Bukinoy” va 1961-yilda Qoratog’dagi “Janubiy Bukinoy”, 1978-yilda “Beshkak”, 1976-yilda “Sugrali” uran konlari ochildi.
So’nggi 20 yilda “Shimoliy Konimex”, “Aulbek”, “Kuhnur”, “Aksay-1”, “Terequduq”, “Janubiy Sugrali” kabi uran konlari ishga tushirildi. 1975yilda hozirgi Konimex tumani hududidagi Kokcha ovuli yonida Zafarobod qo’rg’oni barpo etildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida kon boshqarmasi faoliyatida qiyinchiliklar paydo bo’ldi. Iqtisodiy tanglik vujudga keldi.
Negaki, mazkur boshqarma sobiq Ittifoq davrida O’rta mashinasozlik vazirligiga qarashli Leninobod kon-kimyo kombinati tarkibida edi. 1993-yilda 5-kon boshqarmasi Tojikistoning Leninobod kon-metallurgiya kombinatidan Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga o’tkazildi.
Kon boshqarma tarkibida o’n to’rtta uran konlarini o’zlashtirayotgan 4 ta geotexnologik konlar mavjud. 1- va 2-geotexnologik konlarida tayyor mahsulot chiqarish bilan birga mahsuldor eritmalardan AR-0 markasidagi ammoniy perrenati shaklida reniy olinmoqda. Boshqarmaga qarashli “Yog’du”, “Kuhnur”, “Janubiy Sugrali”, “Shimoliy Konimex”, “Teriquduq” kabi yangi konlarda oksidlanish reagentlarini tanlash, yangi uskunalarni sinab ko’rish hamda noqulay kon-geologik sharoitlardagi (qatlamlarning katta chuqurlikda joylashgani, yuqori
karbonatlilik, yer osti suvlari haroratining yuqoriligi va boshqalar) uranni qazib chiqarishda kon ustini ochish va yer ostida eritib olishning samarali texnologiyalarini aniqlash maqsadida sinov va tajriba-sanoat ishlari olib borildi.
Yana bir uran koni bu - Samarqand viloyatining Nurobod tumani hududidagi “Sobirsoy” konidir. Mazkur kon 1964-yilda tashkil topgan. Bu yerda keyinchalik Sharq, Agron, Nurbuloq, Ulus kabi kichik uran konlari ishga tushirilgan.
1-gidrometallurgiya zavodi bugungi kunda mamlakatimizda uran chala oksidini ishlab chiqaradigan yagona zavoddir. Mustaqillik yillarida zavodda jismonan va maʼnan eskirgan asbob-uskunalar yangilandi hamda zamonaviy texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari va nazorat-o’lchov asboblari o’rnatildi. Natijada, uran chala oksidini ishlab chiqarish hajmi 30 foizga oshdi.
Tayyor mahsulot sifati jahon standartlariga javob beradi va dunyoning turli mamlakatlariga eksport qilinadi. Mahsulot raqobatbardoshligi va uni yetkazib berishning ishonchliligi kombinatga jahon uran bozoriga kirishga hamda uran ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinni egallashga imkon berdi. Butunjahon yadro assotsiyatsiyasining maʼlumotlariga ko’ra bugungi kunda uran zaxiralari 6 mln 142 ming tonnadan ortiqroqdir. O’zbekiston o’zining 139 200 tonna uran zaxirasi bilan o’ninchi o’rinda. Uran chala oksidini ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatimiz 5-o’rinda turadi.

O’zbekistonda ishlab chiqarilgan uran chala oksidi “Itochu Corporation” (Yaponiya), “Marubeni Corporation” (Yaponiya), “Cameco Corporation” (Kanada), “Korea Hydro & Nuclear Power Co.Ltd.” (Koreya Respublikasi), “CGNPC Uranium Resources Co.Ltd.” (Xitoy) kabi xorijiy kompaniyalar va boshqa bir qator yirik qayta ishlash zavodlariga yetkazib beriladi. 2022 yil 1 yanvardan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi transformatsiya qilindi. Mamlakatimizda tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish bo’yicha “Navoiyuran” davlat korxonasi tashkil etildi. Bu korxona kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyoti ravnaqi yo’lida muhim ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni amalga oshiradi.



_____________________
Navoiy kon-metallurgiya kombinati. Yaratilish va rivojlanish tarixi. – T.: IPAK "Shark", 2002. – 11 bet.
XULOSA
Qizilqum okrugi o`z navbatida L.N.Babushkin, N.A.Kogay (1964) ning rayonlashtirish tizimi bo`yicha Sultonvays, Shimoliy Qizilqum, Bo`kan-Yetimtog`, Janubiy Qizilqum, Tomdi-Kuljiqtog` kabi tabiiy-geografik rayonlarga bo`linadi.
Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi tabiiy resurslari, ularning holati, bir-bog`liqligi, tabiiy boyliklari, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza ostiga olish haqida bilim berish bilan birga O`zbekiston tabiatidagi tafovutlarni tushuntirish.
1. Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi yer usti tuzilishining xilma-xilligi, geologik tuzilishi va rivojlanish tarixi,tektonikasi hamda uning tabiatning boshqa unserlariga ta`sirini o`rganish;
2. Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi rel`efining asosiy turlari, ularning genetik kelib chiqishi hamda rel`efning shakllanishida erning tashqi dinamik jarayonlarini ishtirokini aniqlash;
3. Qizilqum tabiiy geografik o`lkasining iqlimiy xususiyatlari, iqlim hosil qiluvchi omillar, iqlim unusurlari(harorat, yog`in, namlik, shamol)ning hududiy taqsimlanishi va ichki suvlari, ularning gidrologik xususiyatlarin o`rganish va tahlil qilish;
4. Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi tuproq, o`simlik va hayvonot dunyosi, ularning turlari va tarqalishini o`rganish;
5. Qizilqum tabiiy geografik o`lkasi tabiati va tabiiy resurslarining holati, ularga ta`sir etuvchi omillar, ulardan oqilona foydalanib, muhofaza ostiga olishga qaratilgan chora tadbirlarni aniqlash va o`rganish;


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin