Mavzu: Navoiy-Uran korxonasi Reja: Navoiy-Uran korxonasi tarixi Korxonaning asosiy faoliyat yo’nalishlari



Yüklə 190,7 Kb.
səhifə1/3
tarix20.09.2023
ölçüsü190,7 Kb.
#145412
  1   2   3
Navoiy kon-metallurgiya kombinati”ning yaratilish tarixi va tark-fayllar.org



Mavzu: Navoiy-Uran korxonasi
Reja:
1. Navoiy-Uran korxonasi tarixi
2. Korxonaning asosiy faoliyat yo’nalishlari
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar
KORXONA TARIXI
“Navoiyuran” davlat korxonasi 2022-yil yanvar oyida “Navoiy KMK” davlat korxonasini isloh qilish natijasida tashkil etilgan. “Navoiyuran” DKni tashkil etishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasining Qizilqum hududida tabiiy uran qazib olish va uran oksidini eksport qilishdir. 
Ma’lumki, birinchi bo‘lib markaziy Qizilqum hududida uran konlarini o‘zlashtirish 1958-yilda Uchquduq konida ochiq va yer ostidan qazib olish yo‘li bilan boshlangan. Keyinchalik sohaning yanada rivojlanishi natijasida, vodorodli qumtosh konlarida yer ostida ishqorlash usuli joriy etildi. Shunday qilib, 1994-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasida barcha uran yer ostida ishqorlash usuli bilan qazib olina boshladi.
“Navoiyuran” DK faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
1. Tabiy uranni qazib olish va uni U3O8 azot oksidigacha qayta ishlash;
2. U3O8 uran oksidini eksport qilish;
3. Yer ostida ishqorlash usulida qazib olingan eritmalaridan reniyni ajratib olish bilan
AR-0 markali NH4ReO4 ammoniy perrenati tayyor mahsulotini ishlab chiqarish;
4. O‘zbekistonning ichki va korxonaning o‘z ehtiyoji uchun sulfat kislota ishlab chiqarish;
5. “Navoiyuran” DK va “NKMK” AJ ehtiyojlari uchun polietilen va polivinilxloriddan quvur mahsulotlari ishlab chiqarish.
“NAVOIYURAN” DK JAMOASI - bu korxona oldida turgan strategik vazifalarni amalga oshirishda asosiy bo‘g‘in va eng muhim manba, muvaffaqiyat asosi va kelajakda uning barqaror rivojlanishining kaliti bo‘lgan professionallar jamoasidir. “Navoiyuran” davlat korxonasi uran va nodir metallarni uzoq muddatli mineral xomashyosi bazasini yaratish, yangi konlarni ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish, ularning samaradorligini va natijadorligini oshirish vazifasini bajarib kelayotgan Respublikadagi eng yirik va yagona korxonadir. 
Bugungi kunga kelib uranning asosiy tasdiqlangan va tahlil qilingan zaxiralari Markaziy Qizilqum va Ziyavutdin-Zirabuloq mintaqalarida to‘plangan. Uran uchun mavjud mineral-resurs bazasi o‘nlab yillar davomida yer ostida ishqorlash usuli orqali barqaror ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zaxiralarni o‘z ichiga oladi.
Uran narxlarining barqaror o‘sishi urandan tashqari eng qadimiy mahalliy jinslari bilan qoplangan va noyob tuproq elementlari majmuasiga boy noan’anaviy konlarni o‘zlashtirishni boshlashga imkon beradi.

Navoiyuran” DKda uran qazib olish bo‘yicha asosiy istiqbolli konlar:


Shimoliy Kuxnur, Aqtau, Janubiy-Sharqiy Jingeldi, Shimoliy Bukinoy, Ingichki, Agron, Nurkan, Ziyokon, Tuvaktau va boshqalar.
Respublikaning uran qazib olish uchun mineral-resurs bazasini mustahkamlash ishlari tarkibida uchta Bukantau, Nurato va Zirabuloq geologiya-qidiruv ekspeditsiyalari bo‘lgan "Uranredmetgeologiya" AJ tomonidan amalga oshiriladi. Bu ekspeditsiyalar tomonidan uran rudali Bukantau, Bukinay va Ziyavutdin-Zirabuloq maydonlarida geologiya qidiruv ishlari olib borilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati (Navoiy KMK) - "Qizilqumgidrometalloltin" davlat konserni tarkibidagi yirik sanoat korxonasi. 1958 yilda tashkil topgan. Kombinatda uran, oltin, kumush, qurilish materiallari, marmar mahsulotlari, fosforitlar qazib olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota, zargarlik, trikotaj va toʻqimachilik buyumlari, mashinasozlik va maishiy texnika ishlab chiqariladi. Qidiruv-razvedka ishlari, maʼdanni qazib olish va uni qayta ishlashdan boshlab to uran oksidi va chala oksidi, sof (999,9) oltin olishgacha boʻlgan tugallangan jarayonni amalga oshiruvchi sanoat korxonasi hisoblanadi.
Kombinat tarkibida respublikaning 5 ta viloyatida joylashgan 5 ta kon boshqarmasi va ular negizida qurilgan Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod, Muruntog’ konidan oltin rudalari qazib olish shaharlari, Zafarobod, Krasnogorsk shaharchalari hamda boshqa sanoat, madaniy-maishiy obʼyektlar bor.
Shimoliy kon boshqarmasi (Uchquduq shahri) 1958 yilda barpo etilgan. Uchquduq koni negizida uran maʼdanini ochiq va yer osti usulida, yer ostida tanlab eritmaga oʻtkazish usulida qazib olish va qayta ishlash; "Ko’kpatas" konining tarkibida oltin bo’lgan maʼdanlarini qazib olish va qayta ishlash korxonaning asosiy faoliyat yo’nalishini tashkil etadi. Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) — Muruntog’ noyob oltin konini o’zlashtirish uchun 1964 yilda barpo etilgan. 1967 yilning mart oyidan boshlab ochiq usulda kon ishlarini olib boradi; Janubiy kon boshkarmasi (Nurobod shahri) — Sobirsoy uran konini o’zlashtirish maqsadida 1964 yilning yanvar oyida tashkil etilgan (uran qazib olish; Zarmiton va Marjonbuloq konlaridagi tarkibida oltin boʻlgan maʼdanlarni qazib olish; marmar qazib olish va undan silliqlangan, pardozlash taxtachalarini ishlab chiqarish; turli diametrga ega boʻlgan polivinilxlorid va polietilen quvurlarni va boshkalar ishlab chiqarish). 5-kon boshqarmasi (Zafarobod shahri) — Buxoro viloyati hududida joylashgan. 1971 yilning fevralida Bukinoy uran konlari guruhini sanoat usulida o’zlashtirish uchun Leninobod kon-kimyo kombinatining bo’linmasi sifatida tashkil etilgan. 1993 yilda Navoiy KMK tarkibiga uning tarkibiy boʻlinmasi xuquqi bilan kirgan (yer ostida tanlab eritmaga o’tkazish usulida uran qazib olinadi); 2-kon boshkarmasi (Krasnogorsk shaharchasi) — Toshkent viloyatining Parkent tumani hududida joylashgan. 1954 yilda Chovli uran konini o’zlashtirish uchun kon qazish korxonasi sifatida tashkil etilgan. 1995 yildan esa Navoiy KMK tarkibida (pardozlovchi gabbro toshini sanoat usulida qazib olish; fosforit xom ashyosini qayta ishlash); "Navoiy mashinasozlik zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi — 1963 yilning oktyabrda kombinat bo’linmalarining ish faoliyatini taʼminlash uchun taʼmirlash bazasi sifatida tashkil etilgan; Zargarlik zavodi (Zarafshon shahri) — 1992 yilda O’zbekiston — Amerika qo’shma korxonasi sifatida tashkil qilingan. 1996 yildan kombinat b’linmasi (zargarlik buyumlarini yasash); "Agama" davlat trikotaj firmasi — 1990 yilda xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarish va sotish bo’yicha qo’shma korxona sifatida tashkil etilgan. 1997 yildan boshlab ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, Navoiy KMKning shoʼba korxonasi; Zarafshon qurilish boshkarmasi — 1967 yilda tashkil topgan. 7 qurilish montaj boshqarmasi, temir-beton buyumlari zavodi, mexanizatsiyalashtirilgan ishlar boshqarmasi, ishlab chiqarishtexnologik-butlash boshqarmalarini oʻz ichiga oladi, sanoat va fuqarolik qurilishini amalga oshiradi, avtomobil va temir yo’l yo’llari qurilishini olib boradi; Qizilqum fosforit majmuasi — maʼdan kazib olish va fosforit unini ishlab chiqarish bo’yicha korxonaning 1navbati 1998 yilda ishga tushirildi. 2001 yilning avgust oyidan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqaradi va uni Samarqand kimyo zavodi hamda Olmaliq "Ammofos" aksiyadorlik jamiyatiga yetkazib beradi.
Muruntog’ koni ma’danlarini qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish uchun 1969 yilda 2- gidrometallurgiya zavodi – 2 - GMZ ishga tushirildi. Zarafshon oltin qazish kompleksi yangi ilmiy g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ishlab chiqarish bazasi bo‘lib xizmat qiladi. Muruntog’ koni ma’danlarini qayta ishlash uchun dunyo amaliyotida birinchi marta sianli quyqadan oltin ajratishning sorbsiyali- filtrsiz texnologik sxemasi qo‘llanildi, “MMS” tegirmonlarida nam usulda o‘z-o‘zidan yarim maydalanish sxemasi ishlatildi, affinaj kumush va palladiyni yo‘ldosh usulda olish ishlab chiqildi va joriy etildi.
NКMКning oltin ishlab chiqarish tuzilmasida 2 - GMZ yetakchi o‘rinni egallaydi. Zavodda ma’danni qayta ishlashning to‘liq davri amalga oshiriladi- boshlang‘ich ma’danni maydalashdan tortib yuqori namunali tayyor mahsulot - quyma ko‘rinishidagi oltinni olishgacha. Texnik qayta jihozlash, yangi quvvatlarni kiritish, NКMК va MКB mutaxassislari tomonidan texnologik jarayonlarni takomillashtirish borasida ilmiy tadqiqotlar natijasini tadbiq etish bo‘yicha komplekslar doimiy asosida o‘tkazilayotgan ishlar hisobiga ma’danni qayta ishlash bo‘yicha zavoddagi yillik unumdorlik 1991 yilga nisbatan 86, 7 foizga (20, 0 dan 37, 3 mln.t. gacha) ortdi.
2- GMZ da kombinat oltin qazish bo’linmalaridan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotdan oltinni ajratish amalga oshiriladi. 2009 yilda London Quymalar Bozori Assosiatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan monitoring natijalariga ko‘ra Muruntog’ oltiniga “Optimal yetkazib berish” maqomi berildi. Oltin quymalaridagi O’zbekistonning tovar belgisi yuqori sifatli mahsulotni ifodalovchi sifatida butun dunyoda tan olinadi.
Uran ma’dan bazasining kamayishi bilan bog’liq holda, 1994 yilda 1-GMZ da ma’danni qayta ishlash sxemasi uranli ma’danlarni qayta ishlashdan tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlashga o’zgartirildi, yarim mahsulotli oltin ishlab chiqarish boshlandi. Texnik qayta jihozlash va amaldagi texnologik bo’linmalarni qayta qurish tufayli to’rtta oltin tarkibli ma’dan konlari qayta ishlashga jalb etildi, ma’danni qayta ishlash darajasi, shunga ko‘ra zavod unumdorligi ham ortdi.
Mustaqillikka erishilganidan soʻng mamlakatda oltin va uran qazib olish sanoatining rivojlanishida yangi tarixiy bosqich boshlandi. Bu davr mobaynida Navoiy KMKda Uchqudukda oltin ajratib olish majmuasi,3-gidrometallurgiya zavodi va Koʻkpatas hamda Davgʻiztovda oltin konlarining qurilishi nihoyasiga yetkazildi va ular ishga tushirildi, "Zarafshon-Nyumont" qoʻshma korxonasi barpo qilindi, emulsiyali portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavod qurildi.
3-GMZ ish boshladi. 3-GMZning ishga tushirilishi Shimoliy kon boshqarmasi va Navoiy mintaqasi hayotida yangi bob ochib berdi.
Oksidlangan ma’danlar zaxirasi chegaralanganligi bois (aniqlangan zaxiralar 15-20 foiz), NКMКda Кo’kpatas va Dovg’iztov konlarida ajralishi qiyin oltin-sulfidli ma’danlarni qayta ishlashga jalb etishga yo’naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularni qayta ishlashga samarali texnologiyani joriy etish ishlari olib borildi. Olib borilgan ishlar natijasiga ko’ra oltin sulfidli flotasiyali boyitilgan ma’danlarni bakterial oksidlantirish texnologiyasi – “BIOX” qo’llaniladigan eng maqbul variant sifatida tanlandi.
Ajralishi qiyin oltin sulfidli ma’danlarni qayta ishlash kompleksi qurilishi 2005 yilda boshlandi va qisqa muddatda yakunlandi. Кompleks birinchi navbatini ishga tushirish 2008 yilda amalga oshirildi. 2008 yildan 2010 yilgacha dunyoda eng yirik oltin sulfidli flotasiyali boyitilgan ma’danlarni bakterial oksidlantirish texnologiyasi – “BIOX” qurilmasining ikkinchi va uchinchi navbati bosqichma-bosqich foydalanishga topshirildi. 2012 yilda 3-GMZda sorbsiya texnologiyasining yangi sorbent-aktivlashtirilgan ko‘mirga o‘tishi amalga oshirildi, qisqa muddatlarda desorbsiya, elektroliz, ko‘mirni reaktivlash bo‘linmalari qurildi va foydalanishga topshirildi.
2002 yilda Zarmitan va Marjonbuloq oltin qazib olish konlari, Marjonbuloq oltin ajratib olish sexi (MOAS) NКMК tarkibiga qo‘shildi.
2009 yilda Marjonbuloq oltinli ma’dan koni bazasida qurilishi boshlangan Кon-ma’dan kompleksining ikkinchi bosqich qurilishi 2010 yilning uchinchi choragida
4-GMZ ishga tushiruvchi kompleksni foydalanishga topshirish imkonini berdi. 4-GMZ respublikada mustaqillik yillarida qurilgan ikkinchi gidrometallurgiya zavodidir. 2013 yilda 4-GMZ to‘liq ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi. 4-GMZda ma’danlarni qayta ishlash NКMКda oldin qo‘llanmagan jadal gravitasiya va oltinli konsentratlarni jadal suyuqlikda ajratib olish texnologiyasini qo‘llash bilan amalga oshirilmoqda.
Marjonbuloq ochiq konida sulfidli ma’danlar zaxirasi yetarli ekanligini hisobga olib, bu ma’danlarni qayta ishlashga jalb etish maqsadida, MOASda yangi loyihalar doirasida 2012 yilning iyunida sulfid rudalarini qayta ishlash yo‘nalishi foydalanishga topshirildi.
Bugungi kunda yangi konlar ochilishi natijasida 5-GMZ,6-GMZ va 7-GMZ ya’ni Gidrometallurgiya zavodalari qurilib ishlatishga topshrilidi.7-GMZ Muruntog’ yonida joylashgan SKVZ dan qolgan qayta ishlangan rudalardan oltin ishlab chiqaradi.5-GMZ esa yangi ochilgan Auminzo-Amantov konidan ruda oladi.
Auminzo-Amantov koni sochma konlar sirasiga kiradi ya’ni oltin rudalari ayni bir tomirga ega emas (ular har qayerda uchraydi ya’ni bir qatlam bo’yicha yoyilmagan).
5-GMZ da oltinini qayta ishlash boshqa gidrometallurgiya zavodlariga o’xshamaydi undagi oltinni olish asosan bakteriya orqali amalga oshiriladi ya’ni rudaga bakteriya yuborish orqali ruda tarkibidagi oltin olinadi.Qo’pol qilib aytganda Bakteriya oltinni yeydi va ruda tarkibida oltin qolmaydi shundan so’ng bakteriyadan oltinni oladilar, qolgan norudalar esa ag’darmalar hosil qilingan joyga tashiladi.
Kombinatda ishlab chiqarilgan oltin yombilar. Tarkibida oltin mavjud boʻlgan maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Navoiy KMK koʻp yillar mobaynida yuqori texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan barqaror ishlab kelmoqda. Mamlakat mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravar koʻpaydi. Ishlab turgan korxonalarni texnik qayta jihozlash, yangi navbatlarni qurish, shuningdek, oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish imkonini beruvchi eng yangi ilmiy-texnik tadqiqotlar joriy etildi.
Kombinat Oʻzbekistondagi yirik ilmiy markazlar va muassasalar, oʻquv yurtlari, jahondagi konchilik va rangli metallurgiya sanoatidagi eng yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi. Mashhur firmalar bilan uzok muddatli mustahkam aloqalar oʻrnatgan. Navoiy KMK "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000). Kombinat direktori Nikolay Kucherskiy, ekskavator mashinisti Anatoliy Panin, Quvondiq Sanaqulovga Oʻzbekiston Qahramoni unvoni berilgan, koʻpgina xodimlar mehnatdagi yutuqlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari bilan mukofotlangan.
2.

Yüklə 190,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin