AKEDEMIK ANATOLIY SAGDULLAYEVICH SAGDULLAYEVNI TARIX FANIDA YUKSAK O’RNI HAQIDA
Samadov Ulug’bek
O’zMU tarix fakulteti, tarix yo’nalishi 22-05-guruh talabasi Toshkent, Ozbekiston
Ko’plab tarixiy asarlar, maktab va Oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar muallifi Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev haqida. Akademik Anatoliy Sagdullayev tarix faniga kata xissa qo’shgan olimdirlar. Bu ism bizga maktabning 6-sinf tarix darsligi bilan juda yaxshi tanish. Tarixga qiziqqan har bir o’quvchi bu olim haqida oz bo’lsa ham eshitgan va bilgan . U nafaqat tarixchi olim balki taniqli arxeolog hamdir. Chunki u ko’plab qazishma ishkarida qatnashgan va ko’plab manzilgoh va tarixiy qo’rg’onlarni topib tekshirishda shaxsan qatnashgan olim akademikdir. Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev 1951-yil 15-iyunda qashqadaryo viloyatining kitob tumadagi qaynar qishlog’ida tavullud topgan. Tarix fanlari doktori, professor; Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi. Kitob shahri oʻrta maktabida oʻqigan.so’ng esa tahsilini 1968–1973-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tarix fakultetining Oʻrta Osiyo arxeologiyasi kafedrasida ta’lim olgan. Mehnat faoliyatini universitetda boshlagan. 1975-yilda San’atshunoslik institutining sirtqi boʻlimi aspiranturasiga kirgan.Toshkent davlat universiteti tarix va sharqshunoslik fakultetlarida “Arxeologiya asoslari”, “Ibtidoiy jamiyat tarixi”, “Qadimgi Sharq tarixi” kabi fanlardan ma’ruzalar oʻqigan, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida arxeologik ishlarni olib borgan. Anatoliy Sagdullayevning ilmiy rahbarlari atoqli olimlar, akademiklar G.A. Pugachenkova va V.M. Massonlar boʻlishgan. Arxeologik tadqiqotlar materiallari asosida 1979-yili “Soʻnggi bronza va ilk temir davri Shimoliy Baqtriya madaniyati” mavzusida Leningrad ya’ni hozirgi Sant-peterburg shahrida Arxeolgiya institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1989-yilda qadimgi davrga oidPomir, Hindiqush va Kaspiy oraligʻidagi (Baqtriya, Sugʻd, Margʻiyona, Shimoliy Parfiya) ulkan hudud arxeologik ma’lumotlari talqinini qamrab oluvchi doktorlik dissertatsiyasini esa Moskva davlat universitetida himoya qilgan.
Ilmiy tadqiqotlar bilan birga, Anatoliy Sagdullaev turli yillarda katta oʻqituvchi, Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani, professor va arxeologiya kafedrasi mudiri vazifalarini bajarib, samarali pedagogik faoliyatga bagʻishlagan. Bundan oʻzi ishlab chiqqan maxsus kurslar hamda chop etgan koʻp sonli oʻquv-uslubiy ishlar, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari darak beradi. Bu borada olim nafaqat oliy oʻquv yurtlar talabalari, balki oʻrta umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun ham yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish tashabbuskori boʻlgan. Uning muallifligida Oliy oʻquv yurtlari uchun ko’plab darlik qo’llanmalar yaratildi. Bularga quyadigal kirgan:“Oʻrta Osiyo arxeologiyasi” (A.Kabirov bilan); “Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda”; “Oʻzbekiston tarixi” (hammualliflikda);“Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi tarixi” (Oʻ.Mavlonov bilan) va boshqa oʻquv qoʻllanmalari chop etilgan. Bundan tashqari akademik oʻquvchilar uchun 6-sinf “Qadimgi dunyo tarixi” darsligini yaratishda qatnashgan. Shuningdek, oʻqituvchi-metodistlar bilan hammualliflikda ishlab chiqilgan imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlar 6–7-sinflari uchun “Oʻzbekiston tarixi” darsliklari, “Jahon tarixi” va “Oʻzbekiston tarixi” boʻyicha maktab oʻquvchilari uchun yaratilgan tarixiy atlaslari alohida ahamiyatga egadir. Bu va boshqa qo’llanmalar tarix fanini o’rganishda imkonyati cheklanganlarga ham qulay foydalidir.
Anatoliy Sagdullayev hozirgi kunda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti arxeologiya kafedrasi professori lavozimida ilmiy-pedagogik faoliyatini amalga oshirmoqda. Magistratura yoʻnalishi talabalariga “Oʻrta Osiyo sivilizatsiyasi va davlatchiligining dolzarb muammolari”, “Tarixiy rekonstruksiya masalalari” va boshqa maxsus kurslardan ma’ruzalar oʻqib, magistrlik, PhD va tarix fanlari doktori dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilmoqda. Akademik Anatoliy Sagdullayev 1987–1992-yillar davomida Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan davrida fakultet bitiruvchilaridan 22 ta iqtidorli yosh tarixchilar, arxeologlar va tarixchi-san’atshunoslar oʻqituvchi lavozimiga ishga qabul qilindi. Ulardan 15 nafar tarix fakulteti oʻqituvchilari turli yillarda nomzodlik, 5 nafari esa doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. Oʻsha paytlarda Anatoliy Sagdullayev tashabbusi bilan Oʻzbekiston tarixini maqsadli keng oʻqitish va oʻrganish masalasiga alohida e’tibor berildi. Tarix fakulteti Oʻzbekiston tarixi kafedrasining shtat jadvali 20 nafar professor-oʻqituvchilarini tashkil etdi. 1989-yilda Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimi tarixida ilk bor Toshkent davlat universitetining barcha fakultetlari oʻquv rejasiga “Oʻzbekiston tarixi” fanini oʻqitish joriy qilindi. Keyinroq mazkur fan Oʻzbekistonning barcha oliy oʻquv yurtlarida ham oʻqitila boshlandi. Olim 1998–2012-yillar mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oʻzbekistonning yangi tarixi markazi direktori lavozimida faoliyat olib borgan. Bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 19-sentyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoyishiga muvofiq vazifalarni bajargan, shuningdek, akademiya tinglovchilariga ma’ruzalar oʻqigan.
Anatoliy Sagdullayev Oʻrta Osiyo arxeologiyasi, madaniyati va davlatchiligi tarixi boʻyicha yirik mutaxassis. Olim ilgari Oʻrta Osiyo arxeologiyasi faniga noma’lum boʻlgan yodgorliklarni kashf etgan va qadimgi Baqtriya, Sugʻdiyona hududlarida koʻp yillik dala arxeologik tadqiqotlari natijasida topgan muhim ilmiy materiallarni ilk bor tarix faniga kiritgan. Bu ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlar xorijda tan olingan. Oʻz ilmiy maktabini yaratgan olim. Anatoliy Sagdullayev 3 nafar doktorlik dissertatsiyasi, 14 nafar nomzodlik, 5 nafar tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) va bir qator magistratura talabalarining dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Akademikning ilmiy failiyati davomida Shahrisabz shahrining 2700 yilligini asoslab berish maqsadida Kesh–Shahrisabz vohasida keng koʻlamdagi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkilotchisi va ilmiy rahbari ham bo’lishi kata ahamiyatga molik hodisa. Tadqiqotlar natijalari “Qadimgi Kesh–Shahrisabz tarixidan lavhalar”, “Shahrisabz. Ming yilliklar merosi” hammualliflikda yozilgan monografiyalarda va Shahrisabz oʻlkashunoslik muzeyi ekspozitsiyalarida oʻz aksini topgan hamda YUNESKO va jahon ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan. Anatoliy Sagdullayev Arxeologiya Milliy markazi hamda Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarning a’zosi sifatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonida faol ishtirok etadi. Shuningdek, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi boʻlgan. Olim turli ilmiy va ijtimoiy-ma’rifiy jurnallar tahrir hay’ati, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va targʻib qilish Umumjahon jamiyati Ilmiy kengashining a’zosi.
Anatoliy Sagdullayev Markaziy Osiyo xalqlari tarixini asotirlashtirish, soxtalashtirish va boʻrttirib talqin qilish, alohida xalqlarning tarixda tanlanganligi va madaniy afzalligi haqidagi gʻoyalarga hamda mintaqada u yoki bu zamonaviy xalqning davlatchiligini asossiz va sun’iy ravishda qadimiylashtirishga qarshi ommaviy axborot vositalari va ilmiy nashrlar orqali, oʻz dolzarbligi bilan ajralib turgan amaliy ishni izchil olib boruvchi olim. Anatoliy Sagdullaev Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zosi Edvard Rtveladze bilan hamkorlikda chop etgan “Современные мифы о далеком прошлом народов центральной Азии” risolasida Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarix fanining rivoji va tarixiy-madaniy merosga munosabat masalasiga dahl qiluvchi muammolar yoritilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Hay’ati va tegishli fan ixtisosliklari boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan haqiqiy a’zolarining tavsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zolarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan Anatoliy Sagdullayevich Sagdullayev Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi etib tasdiqlandi. Akademik shu o’rinda ko’plab yutuq mukofatlar bilan taqdirlangan. Ularni eng sermahsuli 2020-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlanishidir.bu prezdentimizning akademik olimizga ko’rsatilgan yuksak e’tiroflaridir.
2021-yil 19-iyun kuni tarix fanlari doktori, professor, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Аnatoliy Sagdullayevning 70 yillik yubileyiga bagʼishlangan “Markaziy Osiyo tarixi va arxeologiyasi: anʼanalar, innovatsiyalar va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi. Unda Oʼzbekiston Fanlar akademiyasi vakillari, akademiklar, yetakchi arxeolog olimlar, OʼzMU tarix fakulteti jamoasi, akademikning shogirdlari, yosh tadqiqotchilar, shuningdek, Ispaniya, Xitoy, Tojikiston, Gretsiya, Rossiya, Chexiyadan soha mutaxassislari ishtirok etdi. Аnjumanda soʼzga chiqqanlar А.Sagdullayevning arxeologiya sohasidagi uzoq yillik faoliyati, erishgan natijalari haqida gapirar ekan, olimning faoliyati koʼpqirrali ekanligini, 48 yil ish stajiga ega mohir pedagog, ijodkor va oʼtkir qalam sohibiligini alohida taʼkidlashdi. Sagdullayev Аnatoliy Sagdullayevich Oʼrta Osiyo arxeologiyasi, madaniyati va davlatchiligi tarixi boʼyicha yirik mutaxassis. Olim ilgari Oʼrta Osiyo arxeologiyasi faniga nomaʼlum boʼlgan yodgorliklarni kashf etgan va qadimgi Baqtriya, Sugʼdiyona hududlarida koʼp yillik dala arxeologik tadqiqotlari natijasida topgan muhim ilmiy materiallarni ilk bor tarix faniga kiritgan. Bu ilmiy kashfiyotlar va tadqiqotlar xorijda tan olingan. Oʼz ilmiy maktabini yaratgan olim. А.S.Sagdullayev 3 nafar doktorlik dissertatsiyasi, 14 nafar nomzodlik, 5 nafar tarix fanlari boʼyicha falsafa doktori (PhD) va bir qator magistratura talabalarining dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilgan. Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki Anatoliy Sagdullayev haqiqiy tarixchi olimdir. Chunki u faqat nazariy bilimlar va ularni tahlil qilish bilan cheklanmasdan ularni amalda ham qo’llay olgan olimdir. Olimning hayot yo’li izchil ko’plab sayohat va izlanishlar bilan o’tgan. U qadimgi Baqtriya ,So’g’diyona va boshqa qadimgi davlat qoldiqlarini topib tekshirishda qatnashgan, ularni izlarini hozirgi kungacha etkazishda munisib xissa qo’shgan yukasak isdedotli olim Akademdir. Anatoliy Sagdullayev hozirda hayotlar va bizning O’zbekiston Milliy Universitetida ish faoliyatini davom ettirmoqda. Yoshlarga tarix saboqlarini ulashmoqda.
Foydalanilagan qo’llanmalar:
- Академик Анатолий Сагдуллаев. Библиография / Тузувчи Ж.Э.Тоғаев. – Тошкент, 2021.
- B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik.-T."Sano standandart"nashiriyoti. 2017.
-I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, - Toshkent.2008.
-O’zbekiston Milliy ensklopediyasi.(2000-2005)
-Hamid Ziyoyev. “Tarixning ochilmagan sahifalari”, - Toshkent mehnat nashriyoti- 2003.