9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Mexanik va mineralogik tarkibi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə43/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Mexanik va mineralogik tarkibi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar turli tarkibli ona jinslarda shakllanganligi sababli, ularning mexanik tarkibi har xil bo‘lib, ko‘proq va yengil qumloq xillari tarqalgan. Bu tuproqlar yuzasida ko‘pincha qirrali toshlar uchraydi. Tuproq yuqori qatlamlarida mayda qum va yirik chang fraksiyalarning, illyuvial ―В‖ gorizontida esa 0,001 mm kichik loyqa zarrachalarning ko‘p (11-28) foiz bo‘lishi, hamda tuproq qatlamining o‘rta qismida sozning ko‘p bo‘lishi tuproqdagi nurash jaraѐnining natijasidir.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar tarkibida yirik fraksiyalarda dala shipatlari, slyudalar, kvars, rogovaya va karbonatlar ko‘proqdir.
Loyqa fraksiyalarda gidroslyudalar va montmorillonitlar gruppasiga mansub minerallar ko‘pyadi. Ba’zan gematit va gibbsid aralashgan. Qo‘shimcha minerallardan turli amorf moddalar, kvars, kamroq kaolinit uchraydi.
Kimyoviy tarkibi. Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar tarkibida oksidlar tuproq profili bo‘yicha deyarli bir xilda tarqalgan, faqat kalsiy oksidi yuqori qatlamlarda, temir va allyuminiy oksidlari miqdori tuproqning pastki qatlamlarida ko‘proq.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlar tarkibida gumus miqdori kam (0,3-0,8 %), o‘simliklar birmuncha qalin o‘sadigan joylarda ba’zan 1-1,2% ga yetadi. Gumuslik qatlamining qalinligi 10-20 sm, ba’zan 30 sm gacha yetadi.
Gumus tarkibida fulvokislotalar gumin kislotalariga nisbatan ko‘p S:N nisbatan ancha kichik. Umumiy azot 0,03-0,07, fosfor 0,07-0,15, kaliy 1,20-1,40 foizni tashkil etadi.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning singdirish sig‘imi uncha katta emas, chunki ularda kolloidlar kam. Yengil mexanik tarkibli tuproqlarning singdirish sig‘imi ayniqsa kichikdir (100 g tuproqda 5-8 mg.ekv). tipik sur qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning sindiruvchi kompleksida Са+2 va Mg+2 бўлиб, Mg+2 nisbatan ko‘proq.
SHo‘rtobli sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarda natriy miqdori 9-11 foiz, ba’zan undan ham ortiq bo‘lishi mumkin.
Sur-qo‘ng‘ir tusli tuproqlarning (rN) reaksiyasi ishqoriy. Karbonatlar asosan tuproqning yuqori gorizontlarida to‘planib, uncha chuqur bo‘lmagan qatlamida gips saqlanadi, gipsli jinslarda paydo bo‘lgan surqo‘ng‘ir tusli tuproqlarda gips tuproq profilini 40-50 sm da ko‘p miqdorda (29-38 foizgacha) bo‘ladi. Bu tuproqlarda xloridli-sulfatli sho‘rlanish xarakterlidir.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin