9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja


Taqirlarning klassifikatsiyasi



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə46/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Taqirlarning klassifikatsiyasi. Taqir tuproqlar sho‘rlanish, namlanish xarakteriga va qatqalog‘ining rivojlanish darajasiga qarab ikki tipchaga: tipik taqirlar va cho‘llashgan taqirlarga bo‘linadi.
Tipik tuproqlar: (suv o‘tlari o‘sadigan taqirlar) quyidagi avlodlarga: oddiy taqir tuproqlar, sho‘rxoqli, sho‘rtobsimon, sho‘rtobsimon zich quyma (xok), taqirlar yuzasini bosgan va eski partov taqirlarga ajratiladi. Oddiy taqirlar 20-30 sm chuqurlikda 1 foizdan ko‘p tuz saqlaydi, (sho‘rxoqsimon). SHo‘rxoqli tuproqlarda tuz bevosita qatqaloq ostida joylashgan bo‘ladi. SHo‘rtobsimon taqirlarda tuz ancha chuqurgacha yuvilgan va zich qatqaloq ѐki qatqaloq ostki qatlami bo‘ladi. Tuproq eritmasi yuqori ishqoriy xarakterga ega. Cho‘llashgan (lishaynikli) taqirlar davriy ravishda (har yili emas) suv bosib turadigan yer yuzasida rivojlanadi.
Taqirlarning tarkibi va hossalari. Taqirlar asosan og‘ir mexanik tarkibli gilli, soz tuproqlar jumlasiga kiradi. Taqirlar qatqalog‘ining pastki qismi ancha qum aralashgan yengil mexanik tarkibi bilan xarakterlanadi. Zarrachalar orasida mayda qum fraksiyalari ko‘proq. Taqir quriganda zichlanadi va qatqaloq hosil qiladi. Tuproq profilida kalsiyga nisbatan magniy oksidining ko‘proq bo‘lishi, tuproqdagi gilli minerallarning magniyli alyumosilikatlarga boy ekanligini ko‘rsatadi.
Taqirlarda gumus 0.5 chamasida bo‘lib 0.4 dan 0.7 gacha yetadi. O‘tmishda o‘tloq tuproqlar bilan qoplangan taqirlarda gumus miqdori 1-15 foizni tashkil qiladi. Gumus tarkibidagi fulvokislota ko‘proq bo‘lib Сst:Сfq nisbati o‘rtacha 0.4-0.5 ga teng. Eskidan sug‘oriladigan taqir tuproqlari ustida paydo bo‘lgan taqirlarning gumusli qatlami ancha kam (yupqa) bo‘ladi.
Taqir tuproqlarida azot ancha kam (0.03-0.06% o‘rtasida), lekin ularning uglerod va azotning 5-6% ni tashkil etadi. Yalpi fosfor miqdori 0.107-0.137 foiz bo‘lib, issiqlik o‘zlashtiradigan harakatchan fosfor tuproqning usti qatlamida ko‘proqdir. Karbonatlar tuproq qatlami bo‘yicha deyarli bir xil miqdorda tarqalgan bo‘lib, pastki (50-60 sm) gorizontlarda biroz ko‘payadi.
Taqirlar ham har xil darajada sho‘rlangandir, ko‘pincha qatqaloq tagidagi qatlamlar sho‘rlanishiga chalingandir. Bularning sho‘rlanish darajasi bu qatlamlarning mexanikaviy tarkibiga bog‘liq, ya’ni shunchalik yuqori bo‘ladi.
Taqir tuproqlarning sho‘rlanish tipi ko‘pinchilik hollarda sulfatxlorid bo‘lib, faqat Qarshi cho‘lidagi taqirlar xlorid-sulfatlidir.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin