MAVZU : GAZ QATLAMI ORQALI ISSIQLIK UZATUVCHANLIKNI HISOBLASH
REJA: KIRISH:
I BOB ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK
1.1 ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.2 Issiqlik o‘tkazuvchanlikning differentsial tenglamasi. Chegara shartlari
II BOBPECHDA NURLANISH ORQALI ISSIQLIK ALMASHUNIVINI HISOBLASH
2.1 . CHEGARA SHARTLARINING BIRINCHI TURIDA STATSIONAR ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIK. YASSI BIR QATLAMLI DEVORNING ISSIQLIK O‘TKAZUVCHANLIGI
2.2. ISSIQLIK UZATISHNI JADALLASHTIRISH
KIRISH: Yurtboshimiz Islom Abdug'aniyevich Karimov «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli asarida ta'kidlaganlaridek, O'z-bekiston zaminida mavjud bo'lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko'p emas. O'zbekiston yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi — bu yerda Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar topilgan.
Har qanday mamlakatning iqtisodiy va mafkuraviy salohiyati unda mavjud tabiiy boylik, energiya resurslari va shu mamlakat egasi bo'lgan har bir insonning bu boyliklardan oqilona foyda-lanishga yo'naltirilgan munosabati bilan belgilanadi, desak mubolag'a bo'lmaydi.
Bugungi kunda Respublikamiz o'zida ishlab chiqarilayotgan rangli, qimmatbaho, noyob va qora metallari bilan dunyo bozorida yetakchi o'rinlardan birini egallab kelmoqda.
Qadimdan ma'lumki, insoniyat tosh (ruda)dan metall ajratib olishda issiqlikdan foydalanib kelgan. Texnika va texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda ham metallurgiyani issiqlik energiyasisiz tasawur etish qiyin. Chunki har qanday metallurgik (pirome-tallurgik, gidrometallurgik) jarayon issiqlik yutish yoki chiqarish bilan boradigan fizik-kimyoviy o'zgarishlar orqali amalga oshiri-ladi. Metallurgik jarayonlar katta miqdorda issiqlik talab etadigan, yuqori haroratlar (800°C—1500°C)da ishlaydigan agregatlarda olib boriladi. Metallurgiyada issiqlik xomashyodan metall olishda, ulardan turli qotishma mahsulotlar tayyorlashda, shuningdek, shu mahsulotlarning tannarxini belgilashda asosiy omillardan biri hisoblanadi, chunki metallurgik jarayonlarni issiqlik bilan ta'min-lash uchun juda katta miqdorda yoqilg'i (tabiiy gaz, mazut, ko'mir) va elektr energiyasi sarflanadi. Shuning uchun ham bu sohada issiqlik energiyasidan unumli foydalanish mutaxassisdan metallurgiyada issiqlik bilan boradigan jarayonlar, issiqlik man-balari, ularni jarayonlar boradigan agregatlarga yetkazib berish, agregatlarda issiqlik almashuvi, issiqlik sarfi, agregatlarda issiqlikga chidamli materiallarning qo'llanilishiga oid va boshqa bilim va malakalarga ega bo'lishni talab etadi.