Bilvosita qizdirish usulining afzalligi va kamchiliklari
Qizdirish usullarining sanoat pechlarida amalga oshishi
1.Bevosita qizdirish usuli haqida tushuncha Bilvosita amalga oshiriladigan va yo’naltirilgan issiqlik almashuvi qizdirish pechlarida tashqi radiatsion- konvektiv issiqlik almashuvini jallashtirishning yangi usuli hisoblanadi. Ushbu usul qo’llaniladigan pechning sxemasi keltirilgan.
Pechning shipida yuqori samarali yassi alangali radiatsion yoqish moslamalari o’rnatilgan. Alanga va yonish mahsulotlari ship yuzasi bo’yicha katta tezlik bilan harakatlanadi. Buning natijasida qizigan gazlardan ship qoplamasiga jadal konvektiv issiqlik berilishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu paytda alanganing qizigan yuza bilan bevosita to’qnashishi natijasida yoqilg’ining tez va to’la yonishi ta‘minlanadi. Ship qoplamasi tomonidan qabul qilingan issiqlik amalda faqat nurlanish yo’li bilan material yuzasiga beriladi. Shuning uchun bu xolatda alangadan materialga to’g’ridan to’g’ri konvektiv issiqlik berilishini nolga teng deb hisoblash mumkin.demak, qizdirilayotgan materialga berilayotgan issiqlik miqdori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
bunda: Cквл- keltirilgan nurlanish koeffitsienti, u quyidagi tenglamadan aniqlanadi:
φк.м. – qoplamadan qizdirilayotgan yuzaga yo’nalgan nurlanishning burchak koeffitsienti; εм- materialning qoralik darajasi;Tг va Tгn - gazlarning yonish zonasidagi va issiqlik almashuvi zonasidagi (material yuzasi yaqinidagi ) haroratlari ;
εгva εгn – gazlarning tegishli qoralik darajalari ;
Tк va Tм –shipning qoplamasi va materialning haroratlari ;
αк – alangadan qoplamaga konvektiv issiqlik berilishi koeffitsienti.