9-mavzu- tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari. Reja



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə36/91
tarix07.09.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#141874
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
9-MAVZU- Tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari

Na2SO4+ Ca(HCO3)2→Ca SO4+2NaHCO3
Bundan tashqari soda tuproqda singdiruvchi kompleksdagi natriy va tuproq eritmasidagi kalsiy karbonat va ko‘mir kislotasidagi vodorodlar ishtirokida sodir bo‘ladigan almashinish reaksiyasi tufayli hosil bo‘ladi:


Na+
Sk│ Ca(NCO3)2 = Ck │Ca+ + 2NaHCO3
Na+
yoki
Na+ N +
Sk│ + N2 CO3 = Ck │ + Na 2CO3
Na+ N +

N.P.Panov, N.A.Gorcharova, P.U.Uzoqov va boshqalarning ma’lumotlariga ko‘ra singdirilgan magniy miqdori singdirilgan asoslar yig‘indisidan 40 foiz va undan ko‘p bo‘lganda, tuproqlarning sho‘rtoblanishi sodir bo‘ladi. Singdirish kompleksidagi magniy natriyga nisbatan kuchsizroq bo‘lsa ham, kolloidlar dispersligini oshiradi, tuproq zichligi va ishkoriyligi ko‘tariladi, kolloid zarrachalarning pastki qatlamga siljishi sodir bo‘ladi va natijada pastki sho‘rtobli qatlam hosil bo‘ladi. Bunday tuproqlarning suv-fizik xossalari yomonlashadi.


Shunday qilib, tabiatda sho‘rtob tuproqlar turli sharoitlarda hosil bo‘ladi. Sho‘rtoblanish darajasi singdirilgan natriy miqdoriga ko‘ra quyidagi 5 guruhga ajratiladi (8.2.9-jadval).
8.2.9-jadval
Sho‘rtoblanish darajasiga ko‘ra yerlarni tasniflash,%



T/r

Sho‘rtoblanish darajasi

Singdirilgan natriy miqdori


Sho‘rtoblar

>30


Kuchli sho‘rtoblar

20-30


O‘rtacha sho‘rtoblar

10-20


Kuchsiz sho‘rtoblar

5-10


Sho‘rtoblanmagan tuproqlar

<5



Gidromorf tuproqlar-sizot suvlari yaqin (0,5-3,0 m ) bo‘lgan sharoitda, minerallashganlik darajasi va shuningdek, davriy ravishda bo‘lib turadigan toshqin suvlari rejimiga bog‘liq. Tuproqning namlanib turish holati tuproq paydo qiluvchi ona jinslarning mexanik tarkibi va fizikaviy xossalariga bog‘liq. Jumladan, yer osti suvlari lyosslarda 3-4 m bo‘lganida, gilli va qatlamli guruntlarda 1,5-3 m, da tuproq gorizonti doimiy kapillyar namlanib turadi.
Markaziy Osiyoning cho‘l zonasi va bo‘z tuproqlar zonasi sharoitida o‘tloq tuproq paydo bo‘lish jarayoni faqat gurunt (sizot) suvlarning kapillyarlar orqali ustki gorizontgacha ko‘tarilib, tuproqlarning qo‘shimcha namlanishi mavjud bo‘lgan sharoitda sodir bo‘ladi. O‘tloq jarayon tuproq va guruntlarning xarakteriga, birinchi navbatda ularning kapillyarlik xossalariga bog‘liq bo‘lib, gurunt suvi 1-2-3 m chuqurlikda bo‘lganda yuzaga keladi.
O‘tloq jarayonning yuzaga kelishi uchun tuproqning kapillyarlar orqali namlanishi doimiy bo‘lishi shart emas. Bahorda va yozda kuchli namlanishning bo‘lishi o‘tloq o‘simliklarning rivojlanishiga sharoit tug‘diradi, natijada o‘tloq tuproqlarning rivojlanishi uchun sharoit vujudga keladi. Avtomorf tuproqlardagiga nisbatan o‘tloq tuproqlarda o‘simliklar qoldig‘i ancha ko‘p to‘planadi.
O‘tloq jarayonning ikkinchi belgisi – organik qoldiqlarning anaerob tipda chirishining ustunligidir. Shuning uchun har yili kuzda quriydigan o‘simlik qoldiqlari tamomila minerallashib ketmasdan, balki ularning ko‘p qismi gumusga aylanadi va tuproqqa to‘q-sur tus beradi.
Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasida o‘tloq jarayon karbonatlar ishtirokida boradi, bu O‘rta Osiyodagi o‘tloq tuproqlarning xarakterli belgilaridan biridir. Tuproqning karbonatli bo‘lishiga sabab jinslarda karbonatlarning ko‘pligi va gurunt suvlarining tarkibida ohak va magniy tuzlarining (qattiq suv) ko‘p bo‘lishidir. Gurunt suvlari yuqoriga ko‘tarilayotganda biroz isiydi va natijada pastki gorizontlarda ohak (kalsiy karbonat) cho‘kmaga tushadi, karbonatli «sho‘x», ohakchil (mergel) va turli o‘lcham va shakldagi konkresiyalar (har xil shakldagi yangi hosilalar) holidagi qatlamlar vujudga keladi.
Kuchsiz minerallashgan gidrokarbonatli gurunt suvlari uchraydigan xududlarda o‘tloq jarayon tuproqlarning karbonat kalsiyli va karbonat magniyli sho‘rlanishi bilan birgalikda kechadi. Bu tipdagi sho‘rlanishni Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida birinchi bo‘lib D.M.Kuchuchkov (1951) aniqlagan.
Gidrogeologik sharoitlariga qarab sizot suvlarining rejimi, minerallanishi va tuproqlarning tuz rejimlari keskin farq qiladi. Shuning uchun gidromorf tuproqlar orasida ularning namlanish sharoitlariga qarab allyuvial rejimdagi va soz rejimli tuproqlar ajratiladi. Allyuvial rejim daryo vodiylarida sizot suvlari barqaror bo‘lmagan sharoitda yuzaga keladi. Soz rejimi tog‘oldi qiya tekisliklarda va yoyilmalarda tog‘lardan sizib oqayotgan bosimli sizot suvlarining barqaror bo‘lgan sharoitida hosil bo‘ladi. Har ikkala rejimda ham o‘tloq, botqoq-o‘tloq, botqoq tuproqlar va sho‘rxoklar hosil bo‘ladi.
Yer osti suvlari yaxshi oqib ketadigan sharoitda sizot suvlari odatda kam minerallashgan bo‘lib, bo‘z tuproqlarning yuqori zonalari uchun va tog‘ viloyatlariga xosdir. Odatda bunday sharoitda sho‘rlanmagan gidromorf tuproqlar hosil bo‘ladi. Yer osti suvlari kam oqib ketadigan joylarda sizot suvlarining minerallashuvi yuqori bo‘lganligi sababli, cho‘l zonasidagi va kisman bo‘z tuproqlarning quyi zonalaridagi gidromorf tuproqlar turli darajada sho‘rlangandir. Sug‘orib dehqonchilik qilinadigan maydonlarda, sug‘orish suvlari ta’sirida yer osti sizot suvlarining qayta ko‘tarilishi va kam oqib ketishi ro‘y beradigan sharoitda avtomorf tuproqlardan gidromorf tuproqlar ham hosil bo‘ladi. Bunda bo‘z tuproqlarning o‘tloq tuproqlarga o‘tishi uchun ancha uzoq vaqt kerak bo‘ladi. Yer osti suvlari pasaygan sharoitda gidromorf tuproqlar zonal – taqir va bo‘z tuproqlar singarilarga aylanadi. Bu ham uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, gidromorf tuproqlardan avtomorf tuproqlarga o‘tuvchi turoqlar jumlasiga o‘tloq-bo‘z, o‘tloq-taqir tuproq kabilar kiradi.
Turli tuproq zonalarining gidromorf tuproqlari bir-biridan farq qiladi. Chunki bu tuproqlarning rivojlanishiga sizot suvlaridan tashqari har bir zonaning tabiiy sharoitlari- iqlimi, tuproq paydo qiluvchi ona jinslar tarkibi, o‘simliklar qoplami va boshqalar katta ta’sir etadi. Shuning uchun ham zonal joylashuviga ko‘ra, cho‘l zonasining va bo‘z tuproqlar zonasining gidromorf tuproqlariga ajratiladi.
Har ikkala zonaning gidromorf tuproqlari namlanish sharoitiga ko‘ra allyuvial va soz rejimli bo‘lishi mumkin. Cho‘l va bo‘z tuproqlar zonasi asosiy gidromorf tuproqlarining tiplari – o‘tloq, botqoq va sho‘rxok tuproqlari bo‘lib, ular botqoq-o‘tloq, o‘tloq (tipik), sho‘rxok va botqoq-sho‘rxok singari tipchalarga ajratiladi. Gidromorf tuproqlar quyidagi avlodlarga: 1-allyuvial, 2 –uncha rivojlanmagan shag‘alli allyuvial; 3-sho‘rlangan allyuvial; 4- sozli tuproqlar; 5- sho‘rlangan soz; 6-sho‘rtobli soz tuproqlar kabilarga bo‘linadi.
Sho‘rlanish darajasiga qarab: sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, o‘rtacha sho‘rlangan va kuchli sho‘rlangan tuproqlarga ajratiladi. Gumus miqdoriga ko‘ra och tusli (2 foizgacha gumus bo‘ladi) va to‘q tusli (2 foizdan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Sug‘oriladigan yerlardagi gidromorf tuproqlar orasida sug‘oriladigan o‘tloq, botqoq-o‘tloq va botqoq (sholipoya) tuproqlari va ular ham yangidan sug‘oriladigan va qadimdan sug‘oriladigan (voha) tuproqlariga ajratiladi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin